Amaliy mashg‘ulot Nematodalarning ayirish, nerv va jinsiy sistemalarining tuzilishi. Ekskretor nayi, ekskretor bez va ekskretor teshigi. Nerv xalqasi, tuyg‘u aʼzosi. Urg‘ochilik va erkaklik jinsiy sistemasi, va ularning vazifasi


Download 10.69 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi10.69 Kb.
#1836354
Bog'liq
8-amaliy mashg\'ulot (2)


Amaliy mashg‘ulot 8.
Nematodalarning ayirish, nerv va jinsiy sistemalarining tuzilishi. Ekskretor nayi, ekskretor bez va ekskretor teshigi. Nerv xalqasi, tuyg‘u aʼzosi. Urg‘ochilik va erkaklik jinsiy sistemasi, va ularning vazifasi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: fitonematodalarning ayiruv, nerv va jinsiy organlar sistemalari haqida maʼlumot berish.
Kerakli jixozlar: MBR-3 mikroskopi tarqatma materiallar, slaydlar va fitogelmintlarning mikropreparatlari, binokulyar va boshqalar.
Ishning mazmuni: fitogelmintlarning ayiruv va nerv sistemasini farqlash qiyinroq. Ularning ayirish sistemasi bo‘yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali gipoderma (teri) bezlaridan iborat. Ko‘pchilik turlarida bo‘yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida joylashgan. Chiqarish naylari uzun bita hujayradan iborat. Ekskretor ayiruv teshiklari tananing qorin tomonida o‘rta bulbus va nerv halqasining orqa tomonida joylashgan (5.1.-rasm).

5.1.-rasm. Fitonematodalarning ayirish sistemasining tuzilishi.


Fitonematodalarda nerv sistemasi primitiv shakllangan bo‘lib, qizilo‘ngach metakarpal bulbusining yuqorigi qismida joylashgan nerv xalqasidan va gavdaning oldingi va orqa qismiga yo‘nalgan 6 ta nerv stvoli mavjud nerv zanjiridan iborat.
Tanada sezgi va tuyg‘u vazifasini papillalar bajaradi. Tuyg‘u papillari og‘iz atrofida, erkak nematodalarida dum qismida joylashgan (5.2.-rasm).
Tashqi muhit tasirotlarini xemoretseptor, tangoretseptor, proretseptor hamda termoretseptorlar bajaradi. Nematodalarda gaz almashinuvi tananing sirtqi qismi orqali amalga oshiriladi. Ularda maxsus nafas olish va qon aylanish organlar sistemasi yo‘q.
F itogelmintlarning urg‘ochilarining jinsiy organlari juft bo‘lib, ikkita jinsiy naychadan tashkil topgan. Ular jinsiy teshikdan qarma-qarshi tomonga yo‘nalgan. Baʼzi bir turlarida esa, jinsiy nay toq bo‘lib, bunday holat esa oldingi naychaning yaxshi taraqqiy etib, orqa nayning rivojlanmay qolganligi kuzatiladi. Jinsiy teshik nematodalarda tananing qorin tomoni o‘rta qismi, baʼzan esa dum qismiga yaqin joyda joylashgan bo‘ladi. To‘liq rivojlanmagan jinsiy naycha bachadon yoki postvulvar xaltacha deyiladi. To‘liq rivojlangan jinsiy naycha tuxumdon, ingichka va uzu nyuqori qismi, undan keyin urug‘ qabul qiluvchi qismi, preuteral bezlar, bachadon va qinga o‘tuvchi tashqi jinsiy teshik (vulva)ga ochiladigan tuxum yo‘lidan iborat.
5.2.- rasm. Fitonematodaning morfo-anatomik tuzilishi.
1-og‘iz teshigi, 2-stilet teshigi, 3-bosh kapsulasi, 4-nayzaning muskulli moslamasi, 5-stiletning konussimon qismi, 6-stilet naychasi, 7-stilet, 8-stilet boshchasi, 9-prokorpus, 10-qizilo‘ngachning metakarpal bulbusi, 11-qizilo‘ngach metakarpal bulbusining klapani, 12-istmus, 13-nerv halqasi, 14-ekskretor teshik, 15-qizilo‘ngach bezi, 16-qizilo‘ngach bezining yadrosi, 17-ichak, 18-jinsiy lab, 19-oldingi sefalid, 20-keyingi sefalid, 21-gemizonid, 22-gemizonion, 23-vulva, 24-chiqaruv teshigi, 25-kutikula halqalari, 26-dum, 27-spikula, 28-rulyok, 29-spikulani harakatga keltiruvchi muskul, 30-bursa, 31-dum papillalari, 32-kloaka.
Fitonemadolarning erkaklarining jinsiy organi, jinsiy naydan iborat bo‘lib, u urug‘don urug‘ yo‘li va urug‘ chiqarish kanalidan iborat. Klaokasida baʼzan juda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan bir juft spikula va toq sondagi rulyoklardan tashkil topgan kopulyativ apparati joylashgan. Juda ko‘pchiligida deyarli erkak nematodalarda qo‘shilish vaqtida urg‘ochilarini ushlab turadigan kutikula o‘simtasi yaʼni bursa yoki bursa qanoti mavjud bo‘lib, baʼzi turlarida so‘rg‘ich deb ham ataladi. Fitonematodalarning jinsiy organlar sistemalari turlarda bir-biridan farqlanib bu esa ularning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.


Topshiriqlar
Mikroskop yordamida mikropreparatlardan foydalanib fitogelmintlarning ayiruv, nerv va jinsiy sistemalarini ko‘rib o‘rganish, quyidagi rasmlarni ko‘rgazmalardan albomga chizib olish:
1.Fitonematodalarning ayiruv naylari va nerv sistemasi.
2.Fitonematodalarning urg‘ochilik va erkaklik jinsiy sistemalari.
Download 10.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling