P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
boshqalar) hisoblanadi. SHistosomalar qon parazitlari bo’lib, odam va hayvonlarda
ichak, jigar va siydik pufaklarining qon tomirlarida yashaydi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. Erkagining tanasi ancha yo’g’on, 10-15 mm uzunlikda bo’ladi, ularning qorin tomonida maxsus tarnovsimon chuqurchasi bo’lib, unga uzun (20 mmdan ortiq) va ingichka urg’ochisini joylashtirib birga yashaydi. Bularning so’rg’ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay bo’lmaydi. SHistosomalar odamning qorin bo’shlig’idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida yashaydi. SHistosomalar, ya’ni qon ikki so’rg’ichlilari biogel’mintlar bo’lib, ularning rivojlanishida oraliq xo’jayin sifatida planorbis avlodiga mansub mollyuskalar qatnashadi. Urg’ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini emirib, qovuq devorining biriktiruvchi to’qimasiga tuxum qo’yadi. Buning natijasida qovuq yallig’lanadi va kasallanadi. Mirasidiy lichinkasi bo’lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini 37 teshib, uning bo’shlig’iga, undan xo’jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan mirasidiy chiqib, oraliq xo’jayini - qorinoyoqli mollyuskalar tanasiga kirib oladi. SHundan so’ng mollyuskalar jigarida dastlab ona sporosistalar, keyin qiz sporosistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon harakatchan serkariylar xosil bo’ladi. Mollyuska organizmida bitta mirasidiydan 200 mingtagacha serkariylar etishadi. Serkariy asosiy xo’jayinga, ya’ni odamga cho’milish paytida yoki serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti yordamida xo’jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o’tadi va butun organizm bo’ylab migrasiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga etib tuxum qo’ya boshlaydi. SHistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda er yuzida 700 mln dan ortiq odam shistosomoz kasalligidan azob chekadi. Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schistosoma japonicum turlari ko’proq parazitlik qiladi. Braziliyada shistosoma mansoni turi bilan 4 milliondan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida SHistosoma gematoibium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50-70% axoli ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda axolining 60- 95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. SHistosomalar bemorlar tanasida 5-10 yilgacha parazitlik qiladi. SHistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jaroxatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning yallig’lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to’planishi tufayli qovuqda tosh xosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan odmalarga ambil’gar, antiomalin, mirasil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar qo’llaniladi. Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so’rg’ichlilardan yana biri Orientobilgarsiyadir (Orientobilharzia turkestanica). Bu parazitni birinchi marta 1913 yili akademik K.I.Skryabin topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgarsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Xindiston, Pokiston, Turkiya va Mongoliya davlatlarida keng tarqalgan. MDXda esa Markaziy Osiyo mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq SHarqda uchraydi. O’zbekistonda bu parazit asosan Xorazm viloyati va qoraqalpog’iston respublikasida keng tarqalgan. Boshqa qon ikki so’rg’ichlilariga o’xshab uning ham rivojlanishi ikkita xo’jayinda ketadi. Uning oraliq xo’jayini chuchuk suv shilliqqurtlari (Lymnaea auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo’jayini chorva mollari hisoblanadi. Orientobilgarsiya tuxumlari qon tomirlari devorini teshib ichakka va undan hayvonlar tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tuxumlarda tayyor lichinkalar - mirasidiylar bo’ladi. Suvda tuxumdan chiqqan mirasidiylar o’z oraliq xo’jayinlari - shilliqqurtlarni faol ravishda axtarib topib, uning organizmiga kirib oladi va ona sporosistaga aylanadi. Ona sporosista o’z navbatida partenogenetik yo’l bilan ko’payib 100-200 ta qiz sporosistalar va har bir qiz sporosistada kelgusida 100 tadan serkariylar xosil bo’ladi, ya’ni bitta mirasidiydan kelgusida 20 mingdan ortiq 38 serkariylar shakllanadi. Mollyuskalar tanasida serkariylar 18-21 kunda paydo bo’ladi va mollyuskalardan suvga chiqadi. Bunda serkariylar asosiy xo’jayinlari tanasiga terini teshib kiradi. yosh parazitlar jigar, oshqozon, charvi, oshqozon osti bezining qon tomirlariga o’tib 2 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va yana tuxum qo’ya boshlaydi. Ular asosiy xo’jayini organizmida 7 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikka qarshi ambil’gar, mirasil-D, dronsit kabi dorilar qo’llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo’jayinlari orasidagi biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko’proq og’ilxonalarda boqish zarur, buzoqlarni aloxida saqlash, xo’jaliklarda mollarni sug’orishni to’g’ri yo’lga qo’yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Trematodalar sinfidan yana prostogonimuslar, exinastomatidalar oilalari vakillari parrandalar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. So’rg’ichlilar sinfi o’z navbatida digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar kenja sinflariga bo’linadi. Digenetik so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta so’rg’ichi bo’ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo’lib, nasl gallanishi orqali boradi. So’rg’ichlilar sinfining ko’pchilik turlari digenetik so’rg’ichliliar kenja sinfiga kiradi. Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so’rg’ich chuqurchalariga bo’lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin rivojlanish siklida nasl gallanishi bo’lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola - ikki pallali mollyuskalardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling