Magnoliyadoshlar oilasi


Download 429.18 Kb.
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi429.18 Kb.
#1220282
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Magnoliyadoshlar oilasi


Magnoliyadoshlar oilasi

Mundarija:


Kirish

  • Gulli o’simliklarning kelib chiqishi

  • Gulli o’simliklarning asosiy evolyusion yo’nalishlari

  • Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

MAGNOLIYATOIFA (YOPIQ URUG’LI) O’SIMLIKLAR BO’LIMI – MAGNOLIOPHYTA (ANGYOSPERMAE)


Ba’zi ilmiy adabiyot va darsliklarda bu bo’lim urug’chili yoki ginetseyli o’simliklar deb ham yuritiladi. Magnoliyatoifalar deb atalishi esa so’nggi yillarda (A.L. Taxtadjan, 1966, 1980, 1987, 1997) qabul qilingan, gulli o’simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan. Magnoliyatoifalar urug’li o’simliklarning ikkinchi bo’limi bo’lib, tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko’payishining o’ziga xosligi (gulning bo’lishi), turlar sonining va turlicha muhit sharoitiga moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo’lganligi tufayli Yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug’li o’simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o’simliklar orasida filogenetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib rivojlanishi mezozoy erasi bo’r davrining ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. XX asrning boshida gulli o’simliklarning turlar soni 160 mingtagacha deb hisoblangan, asr o’rtalarida 200 mingdan ko’proq va hozirgi kunda esa 533 oila, 13000 turkumga mansub 250000 atrofida turlar mavjudligi aniqlangan.

Gulli o’simliklarning kelib chiqishi


Gulli o’simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yo’q. Shu bois, gulli o’simliklar qachon va qaerda paydo bo’lgan va eng qadimiy gulli o’simliklarning dastlabki vakillari qaysi o’simliklar degan savollar paydo bo’ladi. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, gulli o’simliklar bo’r davrida paydo bo’lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi bir qator dalillar mavjud. Demak, gulli o’simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo’lgan. Ayrim olimlar gulli o’simliklar Mezozoy erasining trias davrida hattoki, Paleozoy erasining Perm davrida paydo bo’lgan deb hisoblaydilar.
Gulli o’simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.


  1. Download 429.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling