Magnoliyadoshlar oilasi


Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi


Download 429.18 Kb.
bet4/6
Sana22.02.2023
Hajmi429.18 Kb.
#1220282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Magnoliyadoshlar oilasi

Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi


Magnoliyatoifalarni klassifikatsiyalashning turli taksonlar orasidagi filogenetik qimmatini olimlar turlicha talqin etishadi va o’z sistemalarini qabila va oilalargacha yetkazishadi, xolos. Faqat A. Engleming filogenetik sistemasi (tizimi) turkumlargacha, ba’zan hatto turlargacha aniqlik bilan tuzilgan. Ayrim noaniqliklari bo’lishiga qaramasdan bu sistema hozirgacha ham o’z ilmiy qiymatini yo’qotgani yo’q.

21- Rasm. Morfologik evolyutsiya: A – mevabarg, Б – changchi (Taxtadjyan bo’yicha)
Yer yuzidagi aksariyat mamlakatlardagi yirik gerbariylar, shu jumladan O’zR FA “Botanika” institutidagi Gerbariy ham Engler sistemasi asosida joylashtirilgan va u 1 million 400 mingga yaqin nusxadan iborat gerbariyni o’z ichiga oladi (S.A. Shostakovskiy, 1971). Ammo sodda yoki murakkab, qadimiy yoki paydo bo’lishiga ko’ra yosh belgilarni ba’zan bir sistematik guruh yoki takson chegarasida, hatto bir tur doirasida ham kuzatish mumkin. Masalan, ko’pchilik Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga xos turlarning gullari aktinomorf, ammo isfarak (Delphinium) da, akonit (Aconitum) da, aksincha zigomorf; Nilufardoshlar (Nymphaeaceae) ning ayrim vakillarida tugunchasi ustki, shoxona viktoriya (Victoria regia) da esa tugunchasi ostki; Ra’nodoshlardan (Rosaceae) qulupnay (Fragaria) va maymunjon (Rubus) da tuguncha ustki, olma (Malus), nok (Pyrus), na’matak (Rosa) turkumlarida esa tuguncha ostkidir. Gavzabondoshlar (Boraginaceae) oilasining aksariyat turlarining gullari to’g’ri, ammo qiyagul (Lycopsis) da, ko’ztikan (Echium) ning gullari zigomorf va hokazo. Bundan tashqari, ko’pchilik hollarda sodda tuzilganlik birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin va uni aniqlash ancha qiyin. Masalan, oddiy gulqo’rg’onning umuman bo’lmasligi A. Engler va R. Vettshteyn bo’yicha birlamchi belgi hisoblansa, G. Gallir va A. Taxtadjyanlar uni ikkilamchi belgi deb hisoblaydilar.
Anemofiliya ham huddi shunday, R. Vettshteyn, A. Engler, N. Bush uni birlamchi hisoblasalar, G. Gallir va A. Taxtadjyanlar fikricha bu ikkilamchi holdir. Ikki jinsli gullar va bir uyli o’simliklarning paydo bo’lishini A. Engler va R. Vettshteynlar ikkilamchi deb hisoblaydilar, ammo G. Gallir va A. Taxtadjyanlarning fikricha u birlamchi hisoblanadi (21-rasm).
Gulli o’simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistcmalari orasida rus olimi akademik A.L. Taxtadjyanning sistemasi o’zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so’nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 oila, 13000 turkum va 250000 atrofida turdan iborat ekanligi ko’rsatilgan.

  1. Magnoliyasimonlarning urug’lari ikki urug’pallali, Lolasimonlarniki esa bir urug’pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug’lari bir urug’pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria) da, Navro’zguldosh (Primulaccac) lardan siklamen (Ciclamen) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan esa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug’larning ikki urug’pallali ekanligi aniqlangan. Ba’zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi eng muhim belgidir.

  2. Magnoliyasimonlarda urug’pallalar lateral (ikki yon tomonda), Lolasimonlarda esa terminal, ya’ni poyachaning uchida o’rnashgan.

  3. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo’g’onlashishga ega, kambiy halqasi bor va o’q ildiz sistemasi shakllanadi; Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo’ladi, kambiy halqasi yo’q, qo’shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi shakllanadi.

  4. Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yo’g’onlashuv sodir bo’ladi; Lolasimonlarda esa kambiy yo’q, poya ikkilamchi yo’g’onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylina) larda ikkilamchi yo’g’onlashuv mavjud, u poyaning periferik qismida yangi nay-tolali boylamlar hosil bo’lishi hisobiga sodir bo’ladi. Ammo ba’zi liliyalar (Lilium), makkajo’xori (Zea mays), qo’g’alar (Typha) va boshqalarda dastlab kambiy bo’ladi, ammo tezda uning faoliyati to’xtaydi. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan podofillum da (ikki urug’pallalilar) kambiy butunlay yo’q.

  5. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy, murakkab bandli, o’troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun, kesilgan, bo’lakli; asosan to’rsimon va patsimon tomirli, ba’zan bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy, bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan, yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo’lakli barglarni faqat palma va aronniklardagina ko’rish mumkin. Ammo ikki urug’pallalilardan Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) va Zupturumdoshlar (Plantaginaceae) ning barglari ensiz, qinli, parallel yoki to’rsimon tomirlangan.

  6. Magnoliyasimonlarning gul qismlari asosan 5 tadan, qisman 4 tadan, ya’ni 4-5 doirali, changchilari ba’zan 2-3 doira hosil qilib o’rnashadi, umumiy gul formulasi: Ca5Co5A5+5G(5). Lolasimonlarda esa gullari 4 doirali va 3 a’zoli, umumiy gul formulasi: Ca0Co3A3G(3). Har bir oila va turkum doirasida gul qismlarining soni, doiralari soni qisman o’zgarishi mumkin. Masalan, Magnoliyasimonlardan zirklarda (Berberis), lavrda (Laurus) gul qismlari har doirada uchtadan; Lolasimonlardan qarg’ako’z (Paris), rdest (Potamogeton) da esa gul qismlari 4 tadan.

  7. Nihoyat bu ikkala ajdod vakillari changlarining hosil bo’lishi va joylashuv tartibiga ko’ra ham farq qiladi. Ikkala ajdod ajdod belgilarini taqqoslash, ularni ajratish uchun ayrim olingan bir belgi emas, balki belgilar majmualaridan foydalanish va ularga asoslanish lozimligini ko’rsatadi. Ayrim darsliklarning mualliflari (Kuznetsov, Bush, Lotsi) bir urug’pallalilar (Lolasimonlar)ni mustaqil sinf deb qaramaydi va bu o’simliklarning oilalarini ikki urug’pallali (magnoliyasimon) lar sistemasining turli qismlariga joylashtiradilar. Ammo bu tabiiy haqiqatni unchalik aks ettirmaydi, chunki bir urug’pallalilar o’ziga xos guruh bo’lib, ikki urug’pallalilardan ko’p jihatdan farq qiladi.

Magnoliyatoifalarni magnoliyasimonlar va lolasimonlar ajdodlariga ajratish eng yangi sistemalarda ham qabul qilingan va asosli deb hisoblangan (V. Simmerman, A. Taxtadjyan). Umuman olganda, magnoliyasimonlar va lolasimonlarni o’zaro farq qiladigan eng muhim belgi urug’pallalarining sonidir.
Hozirgi vaqtda bir urug’pallalilarning kelib chiqishi to’g’risida 4 xil nazariya mavjud:

  1. Bir urug’pallalilardan ikkita urug’pallaning birlashib o’sishidan bitta urug’palla hosil bo’lgan.

  2. Urug’pallalardan biri endospcrmdan oziq moddalarni so’rib oladigan organga (bug’doydoshlar urug’ida) aylangan, ikkinchisi esa reduksiyalangan (bug’doydoshlar urug’idagi epiblast).

  3. Urug’pallalardan biri endospcrmdan oziq moddalarni so’rib oluvchi organga, ikkinchisi tuproq yuzasiga chiqib, dastlabki yashil bargga aylangan.

  4. Urug’pallaning poya uchida terminal joylashuvi va uchki kurtakning yon tomonida hosil bo’lishiga ko’ra ayrim olimlar ikkinchi urug’palla umuman bo’lmagan deb hisoblaydilar. Ammo A. Taxtadjyan buni mutatsion jarayonda paydo bo’lib, irsiy mustahkamlanish natijasida kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu nazariyalarning birontasi ham to’liq isbotlangan emas, balki ikkinchi yoki to’rtinchi nuqtayi nazar haqiqatga yaqinroqdir. Bir urug’pallalik va ikki urug’pallalikni sistematik belgi sifatida dastlab Jon Rey (XVIII asr) qabul qilgan



Download 429.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling