22-rasm. Yuksak o’simliklarning geoxronologik shajarasi (Taxtadjyan bo’yicha)
va keyinchalik A. Braun o’zining tabiiy sistemasida, R. Varming, A. Engler, R. Vettshteyn, I. Gorojankin, M. Golenkin va A. Taxtadjyanlar Magnoliyatoifalarni bir urug’pallalilar (Lolasimonlar) va ikki urug’pallalilar (Magnoliyasimonlar) ajdodlariga bo’lishgan (22-rasm).
Ajdod - Magnoliyasimonlar yoki ikki urug’pallallar - Magnoliopsida yoki Dikotyledones. I. Kichik ajdodlar:
Magnoliyakabilar - Magnolidiae
Ayiqtovonkabilar - Ranunculidae
Chinnigulkabilar - Caryophyllidae
Temirdaraxtkabilar - Hamamelilidae
Dilleniyakabilar - Dilleniidae
Ra’nokabilar - Rosidae 7 . Yalpizkabilar - Lamidae
Qoqio’tkabilar - Asteridae.
Ajdod Bir urug’pailalilar - Liliopsida yoki Monocotyledones.
II. Kichik ajdodlar:
Bulduruqo’tkabilar - Alismatidae
Triuriskabilar - Triurididae
Lolakabilar - Liliidae
Palmakabilar – Arecidae
Xulosa
O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar aloxida o'rin egallaydi. Ular butun o'simliklar dunyosining yarmidan ko'progini o'z ichiga oladi. Gulli o'simliklar yer sharining deyarli hamma zonalarida uchraydi. Ularni cho'ldan yaylovlargacha bo'lgan joylarda uchratish mumkin.
Gulli o'simliklarning evolyusiyasida oddiydan murakkabga qarab yo'nalishni kuzatish mumkin.
Devon va toshkumir davrida qirqbugimlar, plaunlar va qirqqo'loqlar (paporotniklar) keng tarqalgan va sporali o'simliklar, o'simliklar dunyosida xukmronlik kilgan.
Dastlabki urug'li o'simliklar esa devon davrining oxirlarida paydo bo'lib, mezozoy erasida keng tarqalgan.
Mezozoy erasining oxirlari va bur davrining boshlarida yopik urug'li o'simliklar vujudga kelib, keyinchalik ular yer sharidagi asosiy xukmron o'simlikka aylangan. Umuman yopik urug'li o'simliklarning yoshi taxminan 120-130 mln yilgan to'g'ri keladi.
Yopik urug'li o'simliklarning yer sharida qisqa vaqtda, quruqlikda keng tarqalishiga baxo berib, M.I.Golenkin «Gulli o'simliklar yashash uchun ko'rash goliblaridir» deb ta'rif bergan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |