Sud sudlanuvchi B. ning jinoiy harakatlarining yuridik kvalikasiyasiga baxo berib, o’g’rilik, yani xavli
Download 145.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Islomova Madinabonu Jinoyat huquqi....
13 – Kazus. Sud sudlanuvchi B.ning jinoiy harakatlarining yuridik kvalikasiyasiga baxo berib , o’g’rilik , yani xavli residivist tomonidan o’zganing mol – mulkini yashirin ravishda talon – taloj qilishda ifodalangan jinoiy harakati O’zbekiston Respeblikasi JKning 169 – moddasi 3 – qismi “a” bandi bilan ,talonchilik , ya’ni o’zganing mol – mulkini xavfli residivist tomonidan ochiqdan – ochiq tolan – taroj qilishda ifodalangan jinoiy harakati O’zbekiston Respublikasi Jkning 166 – moddasi 3 – qismi “a” bandi bilan alohida jazo tayinlab , so’ngra ushbu jazolarni JK 59 - moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo’shish yo’li bilan uzil – kesil 7 ( yeti) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. 1. Vaziyatga xuquqiy baho bering.Xavfli residivist deb topish asoslarini yoriting. 2. O’zbekiston Respublikasi JK 59 - moddasi asosida tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yohud yengilroq jazoni og’irroq jazo bilan qoplash yo’li bilan uzil - kesil jazo tayinlash masalalarini taxlil qiling. Javob. Avvalombor,Jinoyat kodeksi 59 – moddasida bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashni uchta usuli nazarda tutilgan ; yengilroq jazoni tayinlash, to’la qo’shish va jazolarni qisman qo’shish.Yengilroq jazoning og’irog’I bilan qoplanishi jinoyatlar majmui uchun qa’tiy jazo tayinlashadi,uchun taylanadigan jazo miqdori va muddatlar bo’lishi lozimki,sodir etilgan jinoyatlar majmui katta ijtimoiy og’ir bo’lmagan hollarda jazoni og’irog’I bilan almashtiriladi.Qolgan hollarda to’la yoki qisman qo’shish prinsipi og’rilik darajasini aniqlashda , Jinoyat kodeksida ko’rsatilgan jinoyatlar kvalikatsiyasiga tayinlanadi. Jazolarni to’la qo’shish deganda , jinoyatlar majmui uchun tayinlangan alohida jazolarni to’liq qo’shishdir. Jazolarning qisman qo’shish deganda , ikki yoki undan ortiq jazo bo’yicha jazo belgilashda sud muayyan jinoyat uchun qisman qo’shishga majburligi to’g’risidagi qoida va turlarining yengil – og’irligi darajasi Jinoyat kodeksi 43 moddasining 1 – qismida ko’rsatilgan ketma – ketlik bilan belgilanishini e’tiborga olinishi lozim. Jinoyatlarni kvalikatsiya qilish. Kvalikatsiya qilish tushunchasini keng va tor ma’noda kvalikatsiya qilish jinoiy - huquqiy normalarga muvofiq keluvchi ijtimoiy xavfli qilmishning huquqiy bahosidir. Keng ma’noda kvalikatsiya muayyan mantiqiy jarayon bo’lib, Jinoyat jodeksi Maxsus qismida nazrda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlash bo’yicha muayyan shaxslarning faoliyati hisoblanadi. Boshqacha qilib etganda jinoyatlarni kvalikatsiya qilish sodir etilgan qilmishga huquqiy baho berishni anglatadi.Kvalikatsiya – jinoyat qonuni normalarini qo’llash ussularidan biri hisoblanadi. Jinoyat qonuni jinoyalarini kvalikatsiya qilishning huquqiy asosi bo’lib hoisoblanadi.Bu holat jinoyatlarni kvalikatsiya qilishning mazmun – mohiyatidan kelib chiqadi, chunki jinoyatlarni kvalikatsiya qilish deganda , aniq ijtimoiy xavfli qilmish belgilari bilan jinoiy – huquqiy normalarning belgilari o’rtasida moslikni aniqlash tushuniladi.
Kazusdagi savollarga javob berib o’tsak. 169 – modda . O’grilik , yani o’zganing mol- mulkini yashirin ravishda talon – taroj qilish – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish yoki bir yildan uchyilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikadan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’g’rilik : a)o’ta xavfli retsidivist tomonidan ; b) juda ko’p miqdorda c) uyushgan gurux tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa- sakkiz yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 166 – modda.Talonchilik Talonchilik , yani o’zganing mulkini ochiqdan – ochiq talon – taroj qilish – uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Talonchilik; A) Hayot va sog’liq uchun xavfli bo’lmagan zo’rlik ishlatib yoxud shundayzo’rlik ishlatish bilan qo’rqitib; B) Ancha miqdorda; C) Bir gurux shaxslar tomonidan oldindan tili biriktirilib sodir etilgan bo’lsa Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklsh yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Talonchilik –n takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan,uy – joyga , omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirb,ko’p miqdorda sodir etilgan bo’lsa – besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Yana juda ko’p miqdorda biror bir narsani olsa, o’ta xavfli retsidivisit yoki uyushga gurux tomonidan yoki uni manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa - ularga o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’zgalar mulkini og’rilik,talonchilik va bosqinchilik bilan talon – taroj qilish jinoyat ishlari bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi 1999 – yil 30 aprelidagi qarori: 8 – bandi,” Masalan , jinoyat Jk – 169 – moddasi 4 – qismi bilan juda ko’p miqdorda talon – taroj qilish belgisi bo’yicha kvalikatsiya qilinganda , Jk mazkur moddasining 1, 2 va 3 – qismlari bilan qo’shimcha kvalikatsiya talab etilmaydi”; 12 – bandidagi Qoraqolpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha Oliy sudi”so’zlari”Qoroqolpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudi”so’zlari bilan almashtirilsin;
9 – bandi, “Qilmshni Jk77 – moddasi ikkinchi va uchunchi qismlari bilan kvalikatsiya qilishda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to’grisidagi qarorda , ayblov dalolatnomasi (ayblov xulosasi) va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgiga ko’ra javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topilganligi aks ettirilishi shart.Bunda shuni inobatga olish lozimki , ancha miqdorda sodir etigan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazish jinoyatni JK 177- moddasi ikkinchi qismining “a” va “v” va uchunchi qismining “b”bandi bilan kvalikatsiya qilishda mmuqaddam shunday harakatlari uchun ma’muriy jazo qo’llanilgan bo’lishi talab etilmaydi. Ikkinchi savolga javob bersak. Jinoyatlar majmuiy bo’yicha jazo tayinlashda ; Jinoyatlardan hech bo’lmaganda bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzul- kesil jazo JK59 –moddasi to’rtinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi. Jinoyatlardan hech bo’lmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil kesil jazo JK59 - moddasi beshinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yoxud yengilroq jazoni og’irroq bilan qoplash orqali , biroq yigirma besh yildan ortiq bo’lmagan muddatga tayinlanadi. Agarda jinoyatlar majmuiga kiruvchi Jk97 - moddasi ikkinchi qismi yoki 155 – moddasi uchunchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlardan birortasi bo’yicha ham uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmagan bo’lsa , uzil – kesil jazo jazolar to’la yoki qisman qo’shilganda ham , yengilroq jazo og’irrog’I bilan qoplangan holda ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati yigirma yildan oshmasligi kerak. Shuni nazarda tutish lozimki,JK 59 - moddasida belgilangan jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlash qoidalari quydagi hollarda qo’llaniladi: Qilmish Jinoyat kodeksining turli moddalari bo’yicha kvalikatsiya qilinganida; Qilmish Jinoyat kodeksi muayyan moddasining bir necha qismlari bilan kvalikatsiya qilinganda , basharti ushbu qismlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa (masalan JK228,248 va 273 – moddalari) Shaxs aynan bir necha o’xshash qilmishni sodir etgan bo’lib, ulardan ayrimlarini tugallangan jinoyat , boshqalari esa – jinoyatga tayyorgarlik suiqasd tariqasida kvalikatsiya qilinganida yoki ayrimlari mustaqil , boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda; Ish bo’yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo’yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda; Shaxs jinoyat kodeksi maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan o’xshash qilmishni sodir etganlikda aybdor deb topilganda jazo shu moddaning og’irroq jazo belgilangan qismi bo’yicha tayinlanadi.(Jk33 – moddasi) Jinoyat kodeksi 59 – moddasi va jinoyat - protsessual kodeksi 468 – moddasida belgilangan sudning har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlab , so’ngra jinoyatlar majmui bo’yicha uzil – kesil jazo belgilashi shartligi to’g’risida talablar ham asosiy , ham qo’shimcha jazo tayinlashga talluqlidir. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo’yicha asosiy jazo belgilashda , sud , alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarning yengilrog’ini og’irog’I bilan qoplash yoki ularni qisman qo’shish qoidasi bo’yicha uzil – kesil jazo tayinlanadi.Bunda , agar jinoyatlar majmui faqat ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar tashkil etsa , sud jazotayinlashning umumiy asoslariga rioya etgan holda yengilroq jazoni og’irog’I bilan qoplash yoki jazolarni to’la to’la yoki qisman qo’shish qoidasini birini tanlashga haqli; Agar jinoyatlar majmui tashkil etuvchi jinoyatlardan loqal bittasi og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat bo’lsa,sud jinoyat kodeksi Umumiy qismida muayyan jazo turi uchun belgilangan doirada jazolarni to’la yoki qisman qo’shish qoidasiga amal qialadi. Jazoni to’la yoki qisman qo’shish qoidasi alohida jinoyatlar uchun har hil turdagi jazolar tayinlanganda ham qo’llaniladi.Bunda sudlar Jinoyat kodeksi 61 - moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazolarni qo’shib hisoblanmaydi va alohida ijro qilinadi. Ikki yoki undan ortiq jinoyalar majmui bo’yicha qo’shimcha jazo belgilashda , agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir turga mansub bo’lsa , sud ushbu qo’shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning yengilrog’Ini og’irog’I bilan qoplashi yoki ularni to’la yoki qisman qo’shish qoidasi bo’yicha uzil – kesil jazo tayinlanadi. Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmuiga kiruvchi jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazo turlicha bo’lsa , ular alohida ijro etiladi. Sudlar shuni e’tiborga olish lozimki, qo’shimcha jazolarni qoplash qoidasini qo’llash imkoniyti qounda jinoyatning og’irligi bilan cheklanmagan. Sudlar shuni nazarda tutish lozimki, jinoyatlar majmui uchun Jk59 – moddasining sakkizinchi qismi bo’yicha jazo tayinlanganda , uzil – kesil jazo, qoida tariqasida , Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan tartib va miqdorda tayinlanib, birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazodan kam bo’lishi mumkin emas.Bunday hollarda birinchi hukm bo’yicha ta’yinlangan jazoning o’talmagan qismidan emas, balki uning to’liq miqdoridan kelib chiqish shartligiga e’tibor qaratilsin. Jk59 – moddasida uzil- kesil jazo muddatini belgilashda birinchi hukm bo’yicha o’talgan jazo hisobga olinadi. Ayblov hukmi e’lon qilingan shaxs tayinlangan asosiy qo’shimcha jazoni to’liq o’taguniga qadar yangi jinoyat sodir etsa va ushbu jinoyat uchun jazo tayinlash paytiga kelib ,avvalgi hukm bo’yicha tayinlangan jazoni to’liq o’tab bo’lsa , uzil – kesil jinoyat kodeksining 60 – moddasi tartibida tayinlanmaydi.Bunday holda, sud ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangandan keyin Jinoyat kodeksining 56 – moddasining n bandiga asosan sodir etilgan jinoyatni takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etilishi deb ,jazoni og’irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinadi.
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sud ayblanuvchiga Jkning 166 – moddasi 3- qismi “a” bandi bilan alohida jazo taynlab va Jknining 59 – moddasida tayinlangan jazolarni qisman qo’shish yo’li bilan uzil – kesil 7 ( yeti) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangani to’g’ri deb o’ylayman. Jk ning 59 moddasida ham yozilgan, ya’ni Jinoyatlar majmui tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazolarni ham qo’shishi mumkin.Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo’shimcha jazoning uzil – kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45 – moddasida nazarda tutilgan eng ko’p muddatdan ortiq bo’lmasligi lozim. 29 – Savol.
Jioiy javobgarlikka tortishda muddatlar tushunchasi hamda ushbu muddatlar o’tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish tartibi qanday? Javob. Jinoyat qonuniga muvofiq sodir etgan qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo’lgan,shuningdek ,jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institute sodir etilgan qilmish Jinoyat kodeksida javobgarlik bellgilangan jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ,muayyan jinoyat tarkibi mavjud bo’lgan,ammo kam ahamiyatli qilmish ,zaruriy nudofaa ,oxirgi zarurat,ijtimoiy xavli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish ,buyruq yokivazifani ijro etish ,kasb yoki xo’jalik foaliyati bilan bog’liq bo’lgan aasosli tavakkalchilik kabi jinoyat huquqiy munosabatlarda qilmishning jinoiligini istisno etuvchi holatlar tushunchasi bilan ifodalanuvchi holatlardan farq qiladi.Chunki jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi momalar sodir etgan qilmishi jinoyat bo’lmagan shaxslarga nisbatan qo’llanilmaydi.Boshqacha qilib etganda bunday qilmishlar aybsizlik mezoni bilan baholanadi. Jinoyat huquqida muddatining o’tishi deganda,jinoyat qonunida belgilangan jinoyat sodir etilganidan so’ng shaxsning javobgarlikka tortilishini istisno qiluvchi muddatning o’tganligi tushuniladi. Jinoyat kodeksida u yoki bu jinoyatini sodir etgan shaxsni sodir etilgan jinoyatlar og’irlik darajasidan kelib chiqib,jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo’ladigan muddatlar o’tishining to’rt turi mavjud.Jinoyat kodeksning 64 – moddasiga muvofiq: a) Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab - ikki yil; b) Uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab - to’rt yil; c) Og’ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab - sakkiz yil; d) O’ta og’ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab - o’n to’rt yil o’tgan bo’lsa,shaxs jaavobgarlikdan ozod qilinadi. Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa ,muddatning o’tishi to’xtatiladi.Aybdor ushlangan yoki aybini bo’yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o’tishi qaytadan tiklanadi. Agar og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodi etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o’tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa ,muddatning o’tishi uziladi.Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.Qolgan hollarda ,agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o’tmasdan yangi jinoyat sodir etsa ,bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hiisoblanadi. Agar ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o’n yil ,og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o’tgan bo’lsa ,shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan , javobgarlikka tortish muddatlarini qo’llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi.Agar sud jabobgarlikka muddatini qo’llashni lozim topmasa,umrbod ozodlikdsn mahrum qilish jazosi o’rniga ozodlikdsan mahrum qilish tayinlanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu kodeksning 150- 157 moddalarida ,158 – moddasining birinchi qismida ,159 - moddasining uchunchi va to’rtinchi qismlarida ,160 , 161 va244 – moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’llanilnaydi. Shaxs butun umri davomida jinoiy javobgarlikka tortilishdan xavsiramasligi lozim,shuning uchun muddatningb o’tishi bilan obyektiv jihatdan sodir etilgan qilmish o’zining ijtimiy xavliligini yo’qotmagan bo’lsada,javobgarlikka tortish umumiy va maxsus nuqtai nazardan ma’no ma’zmunini yo’qotadi.Muayyan muddatni o’tishi bilan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning notog’riligi , shaxs shu davr davomida yangi jinoyat sodir etmasa , u ijtimoiy xavfliligini yo’qotadi yoxud bu ijtimoiy xavf kam ahamiyatli bo’lib qoladi, degan prezumiyadan kelib chiqadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ,vakolatlari davlat orgoninin sudlov yoki ayblovni belor qilish ,shuningdek , jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan davlat mahburlov chorasini qo’llashni belor qilish haqidagi aktidir. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan har qanday asoslarga ko’ra ozod qilish qilmishning huquqoy tabiatini o’zgartirmaydi.Shaxsni oqlash yoki qilmishning jinoiy ekanligini istisno qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladgan shart – sharoitni farqlash lozim. Jinoiy javobgarlikka tortilish muddati o’tishi deganda jinoyat sodir etilgan vaqtdan , to sud xukm chiqargan yoki jinoiy ish tugatilishi haqidagi qaror qabul qilinguniga qadar jinoiy qonunchilikda ko’rstilgan muayyan muddatlar o’tiob tugashi tushuniladi.Aynan ana shu muddatlarning o’tishi shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 69 – modda.Jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab : a) Uch yildan ortiq bo’lmagan muddatda ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoga hukm qilinganda – uch yil; b) Besh yildan ortiq bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda - besh yil;
c) O’n yildan ortiq bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda – o’n yil d) O’m yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda - o’n besh yil ichida ijro etimagan bo’lsa ,mahkum asosiy va qo’shimcha jazolardan ozod qilinadi. Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni otashdan bo’yin tovlasa,jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko’payadi va jazoni o’tshdan bo’yin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi,lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak. Agar shaxs ushbu moddada ko’rsatilgan muddatlar o’tmasdan qasddan yangi jinoayt sodir etsa ,muddatlarning o’tishi uzuladi.Bunday holda muddatlarning o’tishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi. Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh o’tgan bo’lsa ,jazoni ijro etish mumkin emas. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar o’tishini qo’llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi.Agar sud muddatlar o’tishini qo’llashni lozim topmasa,umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi. XIII bobga kiritilgan normalarni ko’rib chiqishda jazodan ozod etishni jazoni o’tashdan ozod etishdan farqlanishi kerak.Ushbu institutlarni farqlanishi to’g’ri tushunish shaxsni javobgarlikka tortish bilan bog’liq jinoiy xuquqiy oqibatlarni o’rnatishda katta ahamiyatga egadir. Jazodan ozod etish jinoiy javobgarlikdan ozod bo’lish deganni emas,balki sudlanganlik kelb chiqmasdan ,bu ushbu javobgarlikni amalda qo’llash sahkklaridan biridir. Jazoni o’tashda ozod qilish bu sudlangan shaxsning to’liq yoki qisman ( shartli) xukumda tayinlangan jazo ( boshqasiga almashtirilmagan holda) tarkibiga kiruvchi ma’lum bir mahrumliklardan yoki huquqlari cheklanishidan ozod bo’lish deganidirr,ammo bu holda sudlanganlik saqlanib qoladi.Muddatning o’tishi muayyan vaqtning o’tishida ifodalanadi.Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun jinoyat sodir etish vaqti muayyan ahamiyatga ega bo’lsa ,jinoiy jazodan ozod qilish muddati o’tishining boshlanishida esa sud hukmning qonuniy kuchga kirishi ahamiyatli hisoblanadi.
6 – Savol. Jinoyatlarning predmeti nima va jinoyat obyektidan farqi nima?Amaliy misollar bilan farqli jihatlarini tushunyirib bering. Javob. Har bir huquq sohasining predmeti va metodlari uning boshqa huquq sohalaridan farqlarini ko’rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. Jinoyat huquqi predmeti - jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Jinoyat huquqining predmeti deganda , shaxs , jamiyat va davlat manfaaatlariga xavf soluvchi jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat huquqi predmetini aniqlash ,bu – jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilash demak. Jinoyatning obyekti jinoyat tarkibining elementlaridan biridir.Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu tajavuz qilish bilan sodir etiladi.Jinoyat huquqi nazariyasi deganda , jinoyat qonuni bilan qo’rqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.Jinoyat qonuni bilan qo’rqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Jinoyat obyekti uch turga bo’linadi: a)jinoyatlarning umumiy obyekti; b) jinoyatlarning maxsus obyekti; d)jinoyatning bevosita obyekti; Jinoyatning umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo’rqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Maxsus obyekt – jinoyat qonuni bilan qo’rqlanadigan ,o’zaro bir – biri bilan bog’liq va o’xshash bo’lgan ijtimoiy munosabatlardir. Umumiy obyekt deyilganda ,O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bilanqo’rqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning yig’indisi tushuniladi. Jinoyat predmeti jinoyat qonuni bilan qo’rqlanadigan obyektning ijtimoiy xavfli harakat to’g’ridan – to’g’ri ta’sir qiladigan elementdir. Jinoyatning obyekti va predmeti aynan bir xil bo’lmaydi.Biroq, shuni hisobga olish kerakki ,predmet har doim ham jinoyatning doimiy belgisi bo’lib hisoblanmaydi.Jinoyat kodeksida shunday jinoyat tarkiblari uchun jaavobgarlik ko’zda tutilganki ,ularning predmetini ko’rsatish qiyin,chunki predmet deyilganda moddiy ( ko’z bilan ko’riladigan , o’lchovi , sifati va o’ziga xos belgilariga ega bo’lgan) narsani tushunamiz. Jinoyat predmetini to’g’ri aniqlash jinoyatni tasniflashda , uni boshqa o’xshash jinoyat tarkibining belgilardan ajratish,jazoni og’irlashtiruvchi holatlarda mavjudligini aniqlash va kvalikatsiya qilishda muhum ahamiyatga ega. .
Asosiy adabiyotlar: 1.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi Umumiy Qism 2. M.H.Rustamboyev.Jinoyat huquqi umumiy qism.Toshkent – 2006. 3. Rustamboyev M.X.,Toxirov F. Jinoyat huquqi.( Umumiy qism).O’quv uslubiy qo’llanma. -Toshkent 2002; 4.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx.M.Rustamboyev. Normativ – huquqiy hujjatlar: 1.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 – yil 30- apreldagi, 6 – sonli “O’zgalar mulkini o’grilik,talonchilik va bosqinchilik bilan talon – taroj qilish belgisi bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi qarori.
2.O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “ Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi qarori. Elektron ta’lim resurslari:
1. http://www. kutubxona.adu.uz 2.
http://www.lex.uz
Download 145.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling