Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


Download 66.09 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1518989
  1   2   3
Bog'liq
IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR

To`ldiruvchi va uning ifodalanishi.

Xoliyorov Lazizbek

Grammatik topishmoqlar

1. Gap mazmunin to`ldirar,

O`z ishini do`ndirar.

Kesimga ergashadi,

Ergash bo`lakdir o`zi.

2. To`ldiruvchidir gapda.

Bir-birini izohlar.

Izohlagani gapda,

Vergul-la ajratilar.

Bundayin to`ldiruvchi,

Qanaqa to`ldiruvchi.

3. Belgisi chiziqchalar.

Kesimlarga ergashar?

4. Yegin sholg`om, ismaloq,

Sog`liq sen bilan mutloq,

Sholg`om, ismaloq gapda

Kelgan qaysi bo`lakda?

Takrorlash - bilimlarning onasi

  • 1. To’ldiruvchi deb nimaga aytiladi?
  • 2. Nima sababdan to’ldiruvchini ikkinchi darajali bo’laklarga kiritamiz?
  • 3. To’ldiruvchi gapda qanday vazifa bajaradi?
  • 4. To’ldiruvchi gapda qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi?
  • 5. To’ldiruvchi qanday turlarga ajratiladi?
  • 6. Vositali to’ldiruvchilar qaysi ko’makchilar bilan birgalikda keladi?
  • 7. Mustaqil va nomustaqil to’ldiruvchi deganda nimani tushunasiz?
  • 8. Birikmali holda keluvchi to’ldiruvchilar to’g’risida gapiring.

To`ldiruvchi

  • Ko`pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so`zlar bilan ifodalangan bo`lakka boshqaruv yo`li bilan bog`lanib, uning ma’nosini to`ldirib keladigan ikkinchi darajali bo`lak to`ldiruvchi deyiladi.
  • To`ldiruvchi boshqaruvchi so`zning talabiga ko`ra kelishik affikslari (qaratqich kelishigidan tashqari) yoki ko`makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o`xshaydi, ular dog`larni bekitadi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). To`g`rilik bilan xiyonat, yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).

To`ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:

  • To`ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:
  • 1. Ot bilan: Nodon kishi o`zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o`zining ilm va adabiga tayanadi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Oy to`lmagan bo`lmasa ham, juda yorug`, shabadada silkinayotgan terak barglarini bitta-bitta sanab chiqish mumkin. (P.Qodirov).
  • 2. Olmosh bilan: SHaharliklar... o`zlarini tog`da yashayotganday his qilishadimi? (SH.Xolmirzaev). O`g`il ham otaga shunchalik o`rgandiki, u bilan birga yotadigan bo`ldi. (SH.Xolmirzaev).
  • 3. Harakat nomi bilan: Xalqning hurmat qilishini tilasangiz, avval o`zingiz hammani hurmat qiling. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Olim kishi... maqtashlar va olqishlarga uchib, o`zini yuqori tutmaydi, kamtar bo`ladi («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Erali maqtovlarni eshitib erib ketgan ekan... (S.Ahmad).
  • 4. Otlashgan sifat bilan: YOmondan qoch, yaxshiga quloch och. (Maqol). Aziz o`g`lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo`lma, ulardan arslondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko`zi bilan qara. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Botirdan yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so`z. (Maqol).
  • 5. Otlashgan son bilan: CHiqmasa... bittasini menga ber, bir-ikki oy boqay... (P.Qodirov). Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas. (Maqol).
  • 6. Otlashgan olmosh bilan: Manmanlik yaramas odat ekanini anglang, hamisha buni yodingizda tuting. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Katami, kichikmi - har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko`ra muomala qiling. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
  • 7. Otlashgan sifatdosh bilan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er. (Maqol).
  • 8. Otlashgan ravish bilan: Ko`kka boqma, ko`pga boq. (Maqol). Ko`pni bilgan oz so`zlar, oz bo`lsa ham soz so`zlar. (Maqol).
  • 9. Otlashgan taqlid so`z bilan: To`g`ri, studentlar allaqachon paxtadan qaytib, yomg`irdan ivigan parklar yana oshiq-ma’shuqlarning shivir-shiviriga to`ldi. (O`.Hoshimov).

Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling