Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


Download 66.09 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1518989
1   2   3
Bog'liq
IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR

To`ldiruvchi

  • To`ldiruvchi o`z vazifasi va shakliga ko`ra ikki turga ajratiladi: vositasiz to`ldiruvchi va vositali to`ldiruvchi.
  • Vositasiz to`ldiruvchi harakatni o`ziga qabul qilgan, harakat o`ziga bevosita o`tgan predmetni bildiradi. SHu bois u odatda o`timli fe’l bilan ifodalangan bo`lakka bog`lanadi.
  • Vositasiz to`ldiruvchi ko`pincha tushum kelishigidagi birliklar bilan ifodalanib, kimni? nimani? qaerni? kabi so`roqlaridan biriga javob bo`ladi: Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. (Maqol). Aqlni beaqldan o`rgan. (Maqol). U hamma qishloqlarni o`zi aylanib chiqdi. (P.Qodirov).
  • Vositasiz to`ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so`z bilan ham ifodalanadi: Temirjon quymoqdan ko`p emadi. (J.Abdullaxonov).
  • Vositasiz to`ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so`z bilan ifodanganda, harakat butunlay predmetga o`tadi, chiqish kelishigidagi so`z bilan ifodalanganda esa, harakat qisman predmetga o`tganligi anglashiladi.
  • Vositasiz to`ldiruvchi ikki xil shaklda: belgili va belgisiz shaklda ishlatiladi. Belgili vositasiz to`ldiruvchi tarkibida tushum kelishigi –ni affiksi saqlanadi: Bor borini eydi, uyatsiz orini eydi. (Maqol). Odamni po`stin emas, ish qizdiradi. (Maqol). Belgisiz vositasiz to`ldiruvchida –ni qo`shimchasi qatnashmaydi, lekin uni tiklash mumkin bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday vositasiz to`ldiruvchi belgisiz tushum kelishigi shaklidagi so`z bilan ifodalanadi: Non emoqchi bo`lsang, o`tin tashishdan erinma (Maqol). Tekin boylik axtarguncha, o`zingga bop hunar top (Maqol).
  • Vositali to`ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi birliklar bilan hamda ko`makchili ishlatilgan birliklar bilan ifodalanadi. Vositali to`ldiruvchilarning ma’nolari va so`roqlari turlichadir. Mazkur to`ldiruvchilarni jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari hamda «bilan», «uchun», «to`g`risida», «haqida» kabi ko`makchilar shakllantirib, ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? kim to`g`risida? nima xususida? kabi so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Masalan: inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so`nsa, u insoniylikdan mahrum bo`ladi. («Tafakkur gulshani»). Do`sting bilan sirdosh bo`l (Maqol). Mineral tuz, bosh miya uchun zarur bo`lgan efir moyi aksar yong`oqning mag`zidan olinadi. (J.Abdullaxonov). G`oyib endi «studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. (J.Abdullaxonov). Manna endi uning yaxshi xislatlari to`g`risida gap ketyapti. (J.Abdullaxonov).

Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling