P a r a z I t o L o g I ya
Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis) voyaga etgan davrida
baliqchilar, loyxo’raklar va boshqa suvda suzib yuruvchi hamda suv bo’yida botqoqliklarda yashovchi qushlar ichagida parazitlik qiladi. Ligulalarning tanasi proglottidalarga bo’linmaydi, ammo ularning tanasida uzunasi bo’ylab ko’p marta takrorlanadigan germafrodit jinsiy organlari bo’ladi. Tanasining uzunligi 15-100 sm atrofida, ikki uchi ingichkalashgan. Tanasining oldingi tomonida ikkita botiridiyasi bor. Ular ikkita oraliq xo’jayin orqali rivojlanadi. Tuxumi qush tezagi bilan birga suvga tushadi. Tuxum suvga tushgach 5-9 kunda etiladi. Tuxumdan kipriklar bilan qoplangan lichinka "korasidiy" chiqadi. Korasidiylar suvda 1-2 kun yashaydi. Uni birinchi oraliq xo’jayin diaptomus, sikloplar yutib yuboradi. qisqichbaqasimonlar tana bo’shlig’ida korasidiylarni qobig’i yorilib ichidan 6 ilmoqli onkosfera chiqadi. Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana bo’shlig’ida proserkoid degan lichinkaga aylanadi. Proserkoid 10-15 kunda etiladi. Ligulaning ikkinchi oraliq xo’jayini chuchuk suv baliqlarining har xil turlari bo’lib, ular siklopalar bilan ovqatlanganda parazitni o’zlariga yuqtiradi va bu baliqlarning gavda bo’shlig’ida 12-14 oydan keyin uchinchi lichinkalik davri pleroserkoidga aylanadi va bu erda 2-3 oy parazitlik qiladi. Pleroserkoidning uzunligi 2 metr atrofida bo’ladi. Dastlab, baliqlarning terisini teshib 55 tashqariga chiqadi va baliqlarning ko’plab qirilib ketishiga sababchi bo’ladi. Ligulalardan ko’pincha karpsimon baliqlardan o’zbekiston suv xavzalarida qora baliq (marinka), zog’ora baliq, leshch, qizil ko’z baliqlar zararlanadi. Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan kasallikni ligulyoz deb atalib, bu kasallik suv xavzalaridagi baliqchilik xo’jaliklariga katta zarar etkazadi. Suvda va botqoqliklarda yashovchi qushlar (ko’k qo’ton, baliqchilar, loyxo’raklar, o’rdaklar va boshqa qushlar) baliqlarni eb bu chuvalchangni o’zlariga yuqtiradi. Pleroserkoid qush ichagiga tushgandan 2-5 kundan keyin jinsiy voyaga etadi va tuxum qo’ya boshlaydi. Parazit qush organizmida qisqa, ya’ni 3-4 xafta parazitlik qiladi, so’ngra organizmdan tabiiy xolda chiqarib tashlanadi. Tasmasimon chuvalchanglardan yana tizanieziya (Thysaniezia giardi) va Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling