P a r a z I t o L o g I ya
Cho’chqa tasmasimoni (Taenia solium)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Cho’chqa tasmasimoni (Taenia solium) ham qoramol tasmasimoni kabi
odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu tasmasimon chuvalchang tanasining uzunligi 1,5-3 metr, ba’zan esa 5 metrgacha borib, boshcha, ya’ni skoleks, bo’yin va 900 tagacha bo’g’imlari bor. Boshchasida 4 ta so’rg’ichi va xartumida ikki qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22-32 tadan) joylashgan. Mana shu ilmoqchalarining borligi tufayli cho’chqa tasmasimonini - qurollangan tasmasimon deb ham ataladi. Cho’chqa tasmasimoni proglottidalarining har birida yuzlab urug’donlar va uch bo’lakli bitta tuxumdon bo’ladi. Bu chuvalchangning bachadoni, qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qilib, 7-12 tagacha yon shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan to’lib turadi. Eng oxirgi etilgan proglottidalarning uzunligi 10-12 mm va eni 5 mm atrofida bo’ladi. Bundan tashqari cho’chqa tasmasimoni etilgan bo’g’imlari strobiladan birdaniga 5-7 talab uzilib, xo’jayini axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo’g’imlar harakatsiz bo’ladi. Cho’chqa tasmasimonining lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni lichinkasi kabi sistiserk deyiladi. Sistiserk har xil to’qima va organlarda maxsus po’stlarga o’ralib parazitlik qiladi. Bu lichinka (sistiserk) no’xat kattaligidagi pufakcha bo’lib, ichi tiniq suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi, uning uchida 4 ta so’rg’ichi va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan skoleksi joylashgan. Cho’chqa tasmasimonining asosiy xo’jayini odam hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida voyaga etgan tasmasimon chuvalchang parazitlik qiladi. Cho’chqa, it, mushuk, tuya va quyonlar bu chuvalchangning oraliq xo’jayinlari hisoblanadi. Bunda cho’chqa va yuqorida aytilgan hayvonlar suv va har xil oziq-ovqatlar orqali chuvalchangning tuxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo’jayin organizmida tuxumdan chiqqan olti ilmoqli lichinka (onkosfera) qon va limfa tomirlariga o’tib muskul to’qimasi, miya, ko’z va boshqa organlarga borib, o’rnashib, maxsus po’stga o’raladi va 2-4 oydan keyin ikkinchi lichinkalik davri - sistiserkka aylanadi. Sistiserk cho’chqa tanasida 3 yildan 6 yilgacha yashashi mumkin. Sistiserkni finna deb ham ataladi. Odamlar cho’chqa tasmasimonini sistiserkli, ya’ni finnali cho’chqa go’shtini yaxshi pishmagan xolda iste’mol qilishlari orqali o’zlariga yuqtiradilar. SHuni ham aytish kerak-ki, ba’zan odamlar cho’chqa tasmasimonining asosiy xo’jayini bo’libgina qolmay, balki oraliq xo’jayini ham bo’lishlari mumkin. Bunda parazitning tuxumi odamga oziq-ovqat, suv orqali yuqishi, ayrim xollarda esa ushbu gijja bilan kasallangan odamlar o’qchiganida ichagidagi voyaga etgan chuvalchanglarning tuxumga to’la proglottidalari, ya’ni bo’g’imlari oshqozonga 48 ko’tarilib, oshqozon ichiga minglab tuxumlar ajaralib chiqishi mumkin. Bunday xollarda tuxumdan ajralgan lichinkalar-onkosferalar odamlar ichagini teshib qonga o’tgach, turli organlar - yurak, muskullar, o’pka, ko’z va xatto, miyaga ham borib o’rnashishi mumkin. Bu erda ular sistiserkka, ya’ni finnaga aylanadi. Finnalarning ayniqsa ko’zga o’rnashib olishi xavflidir. Bunda odamlar ko’r bo’lib qolishlari ham mumkin. Miyaga o’rnashib olsa, odamlar o’ladi. Ana shunday o’z-o’zidan zararlanish xolatini autoinvaziya deyiladi. SHu xususiyatlarini hisobga olganda, cho’chqa tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham har bir odam agarda ichagida cho’chqa tasmasimoni borligini sezsa juda extiyot bo’lishi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt qildiradigan dori ichmasligi kerak. Cho’chqa tasmasimonining voyaga etgan shakli keltirib chiqaradigan kasallikka tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallikka esa sistiserkoz deyiladi. YUqorida aytilganidek, odamlar ham tenioz va ham sistiserkoz kasalliklariga yo’liqishlari mumkin. Cho’chqalar esa faqat sistiserkoz bilan kasallanadi. Cho’chqa sistiserkozi MDXda ayniqsa Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy noqoratuproq viloyatlarida, O’zbekistonda esa Xorazm viloyatida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini asosiy manbai tenioz bilan kasallangan odamlar hisoblanadi. Cho’chqa tasmasimoniga qarshi kurashish uchun avvalo profilaktika chora- tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya’ni cho’chqa go’shtini yaxshilab ko’zdan kechirib, sistiserk (finna) bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash lozim. Xom va chala dudlangan cho’chqa go’shtini emaslik hamda cho’chqalarga gijjalarning yuqmasligi uchun ularni sanitariya-gigiena qoidalariga muvofiq asrash kerak. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlarni ham fenasal dorisi va oshqovoq urug’i bilan davolash lozim. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling