P a r a z I t o L o g I ya


avitellinalar (Avitellina centripunctata)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

avitellinalar (Avitellina centripunctata) chorva mollardan, asosan, qo’y va 
echkilarda, anoplosefalidalardan - Anoplocephala magna, Anoplocephala pezfoliata - 
toq tuyoqli sutemizuvchilarda (ot, eshak, qulon va zebralarda), drepanidoteniyalar 
(Drepanidotaenia lanceolata, D.przewalskii) va gimenolepidalar (Hymenolepis 
gracilis, H.paracompressa) g’oz va o’rdaklarda, raillietinozlar qo’zg’atuvchilari 
(Raillietina echinobothrida, R.tetragona) va davainealar (Davainea proglottina, 
D.meleagris) esa tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. 
Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfining turlari unchalik ko’p emas. Ular 
baliqlar va sudralib yuruvchilardan toshbaqalarning tana bo’shlig’ida parazitlik 
qiladi. 
Sestodasimonlarning 
tuzilishidagi 
ayrim 
belgilari 
tasmasimon 
chuvalchanglarga o’xshaydi, ya’ni ularning ham xazm qilish organlar sistemasi 
bo’lmaydi. Lekin, farq qiladigan belgilari ham ko’p. Sestodasimonlarning lichinkasi-
likofora deyiladi va ularda 6 ta emas balki 10 ta embrional ilmoqlari bo’ladi. 
Sestodasimonlarning 
tanasi 
bo’g’imlarga 
bo’linmagan. 
Jinsiy 
apparati 
markazlashgan, bitta bo’ladi. Ular germafrodit bo’lib, urug’donlari ko’p, bitta ikki 
bo’lakli tuxumdoni bor. Sariqdonlari rivojlangan, bachadoni aloxida teshik bilan 
tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan. 
Tanasi bargsimon yoki kamarga o’xshash, uzunligi 2-38 sm atrofida bo’ladi. 
yopishuvchi organlari bo’lmaydi. Rivojlanishi xo’jayin almashtirish yo’li bilan 
boradi. Oraliq xo’jayinlari qisqichbaqasimonlardan yonlab suzarlar (Amphipoda) va 
ayrioyoqlar (Mysidacea) turkumlari vakillari hisoblanadi. Likofora lichinkasi ushbu 
qisqichbaqasimonlar tana bo’shlig’iga kirib, o’zgarishlarga uchraydi va morfologik 
jixatdan jinsiy voyaga etgan shaklga yaqin bo’lgan lichinkalik davriga aylanadi. 
Oraliq xo’jayin orqali asosiy xo’jayin oshqozoniga tushgan lichinka xo’jayin tana 
bo’shlig’iga o’tadi va o’sib voyaga etadi. MDX mamlakatlarida osyotrsimon 
baliqlarda parazitlik qiladigan sestodasimonlarning tipik vakili amfilina (Amphilina 
foliacea) keng tarqalgan. 
Amfilinaning tanasi bargsimon, uzunligi 5 sm. Voyaga etgani ichakda emas, 
balki xo’jayinning tana bo’shlig’ida parazitlik qiladi va osyotrsimon baliqlarga katta 
zarar etkazadi. 
Umuman, amfilinalarning 8 ta turi va 6 ta avlodi bor. Sestodasimonlar sinfiga 
yana girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi ham kirib, ular asosan qadimgi 
akulasimon baliqlardan ximerasimonlarning ichagida parazitlik qiladi. Yassi 
tanasining keyingi qismida yopishish diski, oldingi qismida esa kichikroq so’rg’ichi 


56 
bo’ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Girokotilidlar monogeniyalar bilan 
tasmasimon chuvalchanglar sinflari tuzilishi belgilarini o’zida mujassamlashtirgan 
oraliq hayvonlar hisoblanadi. Bu turkumning 10 ta turi va 3 ta avlodi bor. Tanasining 
uzunligi 2-3 sm dan 20 sm gacha boradi. Xo’jayin almashtirmaydi. Butun hayotiy 
jarayonlari bitta xo’jayinda o’tadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling