Suyakli baliqlar sinfining turkumlarini tuzilishi Reja Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi


Download 17.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.5 Kb.
#1595941
Bog'liq
Suyakli baliqlar sinfining turkumlari tuzilishi


Suyakli baliqlar sinfining turkumlarini tuzilishi
Reja
1.Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi
2. Ganoidlar
3. Ko‘pqanotlisimonlar

Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog‘ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko‘p qanotlilar, suyakli baliqlar to‘dasi.
Shu'laqanotlilar (Actinopterygii) kenja sinfiga 19-20 mingdan 27 mingtagacha tur. ya’ni barcha baliqlaming 95 % kiradi. Ular juda ham keng tarqalgan bo’lib, okean va dengizlarda uchraydi. Ko'pgina turlari chuchuk suvlarda - daryolarda. ko‘llarda va hovuzlarda y a s h a y d i.
Shu'laqanotlilar turli-tuman sharoitda yashaganligi uchun ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha bo'ladi.
Bu sinf sistematikasi hozirgacha oxiriga yetkazilmagan. Ko‘pchilik zoologlar fikriga qo’shilgan holda shu'laqanotlilar (Actinopterygii) kenja sinfini 2 ta, ya'ni 1) ganoidlar (Ganoidomorpha) va 2) suyakdor baliqlar (Teleostei) katta turkumiga boiib o'rganamiz.

Ganoidlar (Ganoidomorpha) katta turkumi o‘z navbatida 4 ta, ya'ni
1) osyotrsimonlar yoki baqrasimonlar (Acipenseriformes) turkumi;
2) ko‘pqanotlisimonlilar (Polypteriformes) turkumi;
3) amiyasimonlar (Amiiformes) turkumi;
4) kaymanlar yoki kosali (panserli) cho'rtanlar (Lepisosteiformes) turkumiga bo'linadi.
Suyakdor baliqlar (Teleostei) katta turkumiga esa hozirgi vaqtda 36 taga yaqin turkumlar kiradi.
Ko‘pqanotlisimonlar (Potypti-’rifomws) turkumi. Ko pqanotonlar turkumining vakillari asosan. chuchuk suvlarda yashaydi. SiTming makoni tropik Afrikaning daryo va ko'llari hisoblanadi. vpqanotsimonlarning asosiy xarakterli belgilariga. avvalo terisi ha!iatchan romb shaklidagi ganoid tangachalar bilan qoplanganligidir. Orua suzgich qanoti bir qancha mayda suzgich qanotlardan tashkil un»:an. shu sababli ko'pqanotlilar deb nom olgan
Suyakdor baliqlar (Teleostei) katta turkumi. Shu’laqanotlilar kenja sinfining ko'pchilik turlari suyakdor baliqlar katta turkumiga mansubdir, ya’ni bu katta turkumga 19 mingdan ortiq tur, 30 dan ortiq turkum va 4278 taga yaqin avlod kiradi.
Bu esa J.S. Nelson, 2006; ma’lumotiga ko'ra hozirgi vaqtda uchraydigan baliqlar turining 96% ni tashkil qiladi.

Ganoidlar katta turkumi vakillari ancha sodda tuzilgan. ular mezozoy erasida juda keng tarqalgan bo'lib, turkumlari ham ko‘p bo'lgan. Bu katta turkum vakillarining xarakterli belgilariga, avvalo yonida turadi. Buyraklaming uchi juda keng bo“lib, o'rta chiziq bir-biriga qo'shilib ketadi. Har qaysi buyrakning ichki cheti boylab bittadan siydik yo'li o'tadi. Bu kanal pastroqda bir-biri bilan qo'shilib ketadi.


Orqa tomondan esa siydik pufagi qo‘shiladigan bitta umumiy kanalni hosil qiladi. Siydik pufagi siydik tanosil so'rg'ichi uchida maxsus teshik orqali tashqariga ochiladi.Jinsiy organlari. Suyakli baliqlar suzgich pufagining yon tomonlari odatda juft jinsiy bezlar joylashga Urg'ochisining tuxumdoni maydonachalar shaklida uzunchoq bo'ladj. Urg'ochilarida Myuller nayi yo'qolib ketgan. Uning keyingi cho'zilgan qismi tuxum yo'li hisoblanib. bitta teshik bilan siydik tanosil so'rg'ichiga ochiladi.
Erkak baliqning juft urug'dom silliq va g'uj uzunchoq tanachadan iborat U tana bo'shlig'ida urg'ochilanning tuxumdoni kabi joylashgan. Erkaklarida Volf nayi siydik nayi vazifasini bajaradi. Urug'donlarmng keyingi bo'limlari kalta urug' chiqarish yo'liga aylangan bo'lib, umumiy jinsiy teshik bilan siydik-tanosil so‘rg“ichiga ochiladi.Suyakli baliqlarning yetilgan jinsiy hujayralari asosan tashqariga - suvga chiqariladi va otalanish suvda ketadi.
Ayrim tur suyakli baliqlarda otalanish ichki bo'lishi ham mumkin. Ular tashqi muhitgasuvga otalangan tuxum chiqaradi. Bunday baliqlar qatoriga Amerikaning subtropik hududlaridagi suvlarda yashovchi tishli karplar oilasiga kiruvchi turlari kiradi.
Osyotrlar oilasining 3 ta urug'i va 25 ta turi bor. Shulardan 13 turi MDH da uchraydi. Bu oilaga yana uzunligi 3,5-4 metrgacha va og'irligi 380 kg cha keladigan Uzoq Sharq kalugasi, uncha katta bo'lmagan sterlyadni (uzunligi 60 sm va og'irligi 2 kg) kiritish muinkinRus osyotri Qora va Kaspiy dengizi havzalarida tarqalgan. Sibir osyotri Rossiyaning shimolidagi daryolarida uchraydi. Amur osyotri Amur daryosida tarqalgan.Sevryuga MDHda Azov, Qora va Kaspiy dengizlarida uchraydi. Tumshug‘i juda uzun sterlyad Kaspiy va Qora dengizlari daryolarida hamda Shimoliy Muz ] okeanida tarqalgan.
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling