P a r a z I t o L o g I ya


O’tkir dumli nematoda yoki bolalar ostrisasi (Enterobis vermicularis)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

O’tkir dumli nematoda yoki bolalar ostrisasi (Enterobis vermicularis) 
Bu ostrisa hamma joyda tarqalgan, juda mayda, ya’ni urg’ochisining uzunligi 
10-12 mm, erkaginiki esa 2-5 mm bo’ladi. Ostrisa deb atalishiga sabab shuki
urg’ochisining tanasi dum qismiga tomon o’tkirlashgan, ingichkalashgan bo’ladi. 
Erkagi tanasining keyingi uchi spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni qavarib 
chiqqan va kengaygan kutikula-vezikula bilan o’ralgan. Erkagining askaridadan farqi 
dum tomonida bitta spikulasi borligidir (askaridada spikula ikkita bo’ladi). Og’zi 
uchta lab bilan o’ralgan. qizilo’ngachi sharsimon kengaygan - bul’bus bilan tugaydi. 
Bul’busda kutikulali chaynash plastinkalari bor. 
Bolalar ostrisasi odamlarni, ayniqsa yosh bolalarni ingichka ichagining 
ikkinchi yarmida va yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Urug’langan urg’ochi 
ostrisalar tunda anal teshikdan faol harakatlanib anus atrofiga chiqadi va bu erda teri 
burmalariga 10-20 mingga yaqin tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yishdan oldin ostrisalar 
suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik yordamida tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal 
teshigi atrofiga chiqib o’zidan suyuqlik chiqarib, tuxum qo’yayotganida bu joyni 


62 
qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor qashinadi. Urg’ochi ostrisa 
tuxum qo’yib bo’lganidan keyin burishib o’ladi. qo’yilgan tuxum 4-6 soatda yuqumli 
xolatga keladi. Bu parazitning urg’ochisi 25-30 kun yashaydi. Erkagi urg’ochisini 
otalantirgach o’lib ketadi. 
Ostrisa bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo’ladi, 
ishtaxasi yo’qoladi, ko’ngli ayniydi, qorni og’riydi va boshi aylanadi. 
Bola qashigan paytda ostrisa tuxumlari ichki kiyimlarga, barmoqlariga, 
tirnoqlari orasiga o’rnashib qoladi va qo’lini yuvmasdan ovqatlansa yoki 
barmoqlarini og’ziga solsa, ostrisa tuxumi bolaning ichiga tushadi. Tuxumdan 
lichinka chiqib, o’sib rivojlanadi, 2-4 xaftadan keyin voyaga etadi. SHunday yo’sinda 
ostrisa bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Ostrisa tuxumi 
kiyimda va polda uzoq saqlanishi mumkin. Ostrisa pashshalar, suvaraklar va boshqa 
xasharotlar orqali ham tarqaladi. Ostrisa bilan kurashish uchun shifokorlar 
bemorlarga issiq suv va margansovka eritmasi bilan klizma qilishni buyuradilar, 
ammo bu yaxshi natija bermaydi. Ostrisa bilan kasallangan bemorlarni davolash 
uchun vankin, kombantrin, vermoks, piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar 
qo’llaniladi. Ostrisa yuqishi yoki qayta yuqishidan bolani saqlash uchun bolani 
yoshligidanoq sanitariya-gigiena qoidalariga o’rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini 
kalta qilib olib, kiyimlarini dazmollab kiyishga odatlantirish kerak. Ostrisani tushirish 
uchun yarim stakandan kuniga 2 maxal 2-3 xafta davomida qizil sabzining suvini 
ichish lozim.
Umuman, ostrisalar avlodining 20 ga yaqin turi bor. MDXda odamlarda faqat 
bitta turi, ya’ni bolalar ostrisasi parazitlik qiladi. Ostrisaning otlarda Oxyuris equi turi 
parazitlik qiladi, uning tana uzunligi 18 smgacha boradi va oksiuroz kasalligiin 
keltirib chiqaradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling