P a r a z I t o L o g I ya


Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus)ning bosh tomoni uzun qilga 
o’xshash ingichka bo’ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo’g’onlashib boradi. 
qilbosh nematodalar asosan, odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ular ayrim 
jinsli, erkagining uzunligi 30-40 mm bo’lib, orqa uchi spiral kabi buralgan bo’ladi. 
Urg’ochisining uzunligi 30-50 mm keladi. qilbosh nematodaning oldingi uchida og’iz 
bo’shlig’i va qizilo’ngach joylashgan. Tananing kengaygan orqa qismida esa o’rta va 
orqa ichaklar, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy organlar sistemasi joylashgan. 
qilbosh nematodalar bosh qismini o’z xo’jayini ichak devorining shilimshiq 
qavatiga sanchgan xolda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning urug’langan 
tuxumlari xo’jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum etarli namlik va harorat 
bo’lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg’ochi qilbosh nematoda bir kecha-


64 
kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo’yadi. qulay sharoitda tuxum 20-30 
kunda yuqumli xolatga keladi.
Odam ko’pincha yuvilmagan sabzavot-mevalarni iste’mol qilganida qilbosh 
nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda 
taxminan bir oydan keyin voyaga etadi. qilbosh nematodalar odam organizmida 5 
yilgacha yashashi mumkin. 
qilbosh nematodalar trixosefalyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik er 
sharining hamma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko’p uchraydi. 
qilbosh nematoda asosiy xo’jayini xazm organlarini yallig’laydi va bir qator 
mikroorganizmlarning tushishiga yo’l ochadi. Nerv sistemasiga ta’sir qiladi. 
Trixosefalyoz bilan kasallangan odamlarni vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, 
osarsol va timak kabi dorilar bilan davolanadi. 
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik 
qiladi. Masalan, cho’chqalarda cho’chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis), 
qo’y, echki va qoramollarda Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi 
turlari parazitlik qiladi. Trixosefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya 
qilish, meva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan 
oldin zararsizlantirish, xojatxonaga so’ndirilmagan oxak sepish kabi chora-tadbirlarni 
amalga oshirish lozim. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling