P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Mikrosporidiyalar tipining vakillari juda mayda bo’lishi va sporalarining
tuzilishi bilan miksosporidiyalar tipidan farq qiladi. Mikrosporidiyalar tipiga 900 dan ortiq tur kiradi. Bu tipga 2 ta sinf va 70 dan ortiq avlod kiradi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik, ya’ni 2-10 mkm bo’ladi va ular qattiq po’st bilan qoplangan. Mikrosporidiyalar, asosan har xil xasharotlarning hujayralarida, ba’zan baliqlarning hujayralarida parazitlik qiladi. Ular sporasining katta qismini bitta otuvchi kapsula va qalin qobiq egallagan. Ikki yadroli amyobasimon murtak juda kichik bo’lib, sodda tuzilgan. Spora hayvon xazm organiga tushganida ancha uzun otuvchi tola ajratib chiqaradi va qobiqdan ajralgan amyobasimon tanacha hayvonning to’qima va hujayralariga kirib rivojlanadi, ya’ni ular jinssiz yo’l bilan ko’payib, sporalar xosil qiladi. Ichak bo’shlig’iga tushgan sporalar tashqariga chiqarib yuboriladi. Mikrospori-diyalarning ayrim vakillari, masalan, Nosema bombycis tut ipak qurtining turli ichak to’qimalarida parazitlik qilib, ularda xavfli o’lat - qoradog’, qorason (pebrina) kasalligini vujudga keltiradi. qoradog’ qo’zg’atuvchisi nozema sporalari tirik qolgan ipak qurti kapalagining tuxumi(urug’i) orqali so’nggi avlodga ham o’tadi. Ipak qurti kasalligining qo’zg’atuvchisi - nozemaning biologiya-sini 1849- 1858 yillarda fransiyalik olim L.Paster o’rgangan. Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga o’tadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o’tgan parazit qurtning barcha organlarini zararlaydi. L.Paster parazitning nasldan-naslga o’tishini aniqlab, kasallangan tuxumlardan sog’ tuxumlarni ajratib olish usulini ishlab chiqqan. Bu usuldan xozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu kasalning nomini nozematoz deyiladi. qoradog’ (pebrina) kasalligiga qarshi kurashish uchun, avvalo, ipak qurti urug’ini ochirishga qo’yishdan oldin yaxshilab tekshirish kerak. Urug’ zavodlarida faqat sog’lom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug’ olish kerak. Mikrosporidiyalarning yana bir turi - Nosema apis asalarilarning ichagida parazitlik qilib, ichak kasaliga sabab bo’ladi va ko’plab asalari oilalari qirilib ketadi. SHuning uchun bu kasallikka qarshi kurashish choralaridan biri kasallangan asalarilar oilalari dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuchli zararlangan oilalarni qirib tashlashga to’g’ri keladi. Mikrosporidiyalarning ba’zi bir turlari MDX mamlakatlarining shimoliy xududlarida ko’llarda yashovchi ayrim tur baliqlarda ham parazitlik qiladi va baliqchilik xo’jaligiga katta zarar etkazadi. Ayrim turlari xatto ovlanadigan va ko’lda boqiladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va mo’ynali hayvonlarda ham parazitlik qilib, katta iqtisodiy zarar etkazadi. 23 SHuni ham aytib o’tish kerakki, mikrosporidiyalarning ayrim vakillari zararkunanda xasharotlarda parazitlik qilib, insonga foyda keltiradi. Bularga 300 dan ortiq tur kiradi. Mikrosporidiyalarning bunday foydali turlari ko’paytirilib, zararkunanda xasharotlar ko’p uchraydigan joylarga tarqatilmoqda. Bu esa eng qulay, tabiat va inson uchun zararsiz, kelajagi porloq biologik kurash usullaridan hisoblanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling