Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Ko’ptuklilar (Polychaeta) sinfi
Katta tip. Mesozoalar . Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja 1. Xalqali chuvalchangning umumiy tarifi. 2. Belbog’sizlar kenja tipi. 3. Belbog’lilar kenja tipi. 4. Exiuridlar () sinfi. 5. Sipunkulidlar sinfi 6.Halqali chuvalchanglarning o’ziga xos xususiyatlari. 7.Ko’ptuklilarning tuzilishi va muh’im vakillari. 8.Kamtuklilarning umumiy tuzilishi va ah’amiyati. 9.Zuluklarning tuzilishi va ah’amiyati. Tayanch so’zlar: Nereis, nefridiy, Arenicola marina, Oligochaeta, Lumbricus terrestris,tiflozol, metanefridiy Halqali chuvalchanglarning o’ziga xos xususiyatlari. Halqali chuvalchanglar tanasi ko’p sonli bo’g’imlar, yani h’alqalardan tashkil topgan h’ayvonlardir. Suvda erkin h’arakat qilib h’ayot kechiradigan h’alqalilarning h’ar bir tana bo’g’imida bir juftdan parapodiylari rivojlangan. Tuproqda yashaydigan turlarida esa parapodiylar yo’qolib ketgan, ularning o’rnida qilchalar saqlanib qolgan. Ayirish sistemasi h’ar bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan naychalardan iborat. Bunday ayirish sistemasi metanefridiy (meta bo’g’im, nefridiy buyrak) deb ataladi. Halqali chuvalchanglarning h’azm qilish, nerv sistemalari yassi va to’garak chuvalchanglarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Qon aylanish sistemasi bitta tutash doiradan iborat. Yuragi bo’lmaydi. Halqali chuvalchanglar dengizlarda, chuchuk suv h’avzalarida va tuproqda yashaydigan 12000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Bu tip ko’ptuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinflariga bo’linadi. Ko’ptuklilar (Polychaeta) sinfi Ko’ptuklilar suvda erkin suzib yuruvchi yoki suv tubida yopishib o’troq h’ayot kechiradigan h’alqali chuvalchanglardir. Ularda h’arakatlanishga ixtisoslashgan birmuncha murakkab tuzilgan h’arakatlanish sistemasi parapodiylari rivojlangan. Bosh bo’limi esa tanadan aniq ajralib chiqqan ixtisoslashgan maxsus bo’limdan iborat. Bosh bo’limida h’ar xil organlari: paypaslagichlar, ko’zchalar va h’idlov chuqurchalari joylashgan. Ko’ptuklilar baliqlar va boshqa bir qancha h’ayvonlar uchun oziq bo’lib h’isoblanadi. Bu sinfga 8000 ga yaqin tur kiradi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling