Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana tuzilishi
- İchki tuzilishi
KOPTUKLİLAR (Polychaeta)SİNFİ.
koptuklilar tanasi h’ar xil o’simtalar bilan taminlangan h’ayvonlar. Ularning bosh qismi - akronida bir juft palpalari buladi. O’troq yashovchi kuptuklilarning palpalari juda kop sonli shoxlangan o’simtalarni h’osil qiladi. Bu o’simtalar jabralar deyiladi. koptuklilar tanasining h’ar bir segmentida bir juftdan sodda tuzilgan h’arakat organlari - parapodiylari boladi. Tana tuzilishi. Tanasi chuziq, tsilindrsimon eki biroz yassilongan, 5 dan 800 gacha h’alqalar, yani segmentlardan iorat. Oldingi og’iz oldi segmenti - prostomium va oxirgi anal segmenti pigidium boshqa tana segmentlaridan farq qilib, tananing metamerlashgan (segmentlashmagan) qismi h’isoblanadi. Erkin yashovchi tuban tuzilgan vakillarida tana h’alqalari bir xil tuzilgan va bir xil kattalikda bulib gomonom deyiladi. O’troq h’aet kechiradigan h’alqalilar tanasining turli qismlari h’ar qil sharaitda bolishi tufayli segmentlarining kattaligi va tuzilishi h’am h’ar xil buladi. Chunonchi, o’troq koptuklilar tanasining oldingi qismida naydan chiqib turadigan juda kup o’simtalari buladi, tananing keyingi nay ichidagi qismida esa o’simtalar rivojlanmaydi. koptuklilar bosh bolimi og’izoldi - prostomiumdan va bosh peristomiumdan iborat. Peristomium kopincha bir necha tana segmentlarining qo’shilishidan h’osil buladi. Uning qorin tomanida og’iz teshigi joylashgan. Bitta eki bir necha tana segmentlarini bosh bolimiga qo’shilish jaraeni tsefalizatsiya deyiladi. Bu jaraen bogimoyoqlilarda h’am sodir buladi. Prostomiumda bir juft paypaslagichlar, yani palpalar va bir juft koproq tuyg’u organlari - antennalar joylashgan. Peristomiumda h’ar xil mug’dorda mo’ylovlar, yani tsirrilar buladi. Tana segmentlaridagi - parapodiylar o’simtalar juda sodda tuzilgan h’arakatlanish organi bulib, h’alqasi chuvalchanglarda birinchi marta paydo buladi. Parapodiylar muskulli, kalta tana o’simtalari bulib, tananing ikki enida h’ar bir bug’imda bir juftdan joylashgan. Har bir parapodiy yaxlit bazal va ikkiga bulingan ustki bolaklardan iborat. Ustki bulaklarining orqa shoxi notopodiya, qorin shoxi nevropodiya deyiladi. Orqa va qorin shoxlari asosidan bittadan sezgir muylovlar chiqadi. Har bir shoxda bir tutamdan xillar joylashgan. Qillar ingichka va elastik bulib, ularning asosida parapodiylarning xaltasimon chuqurchasi joylashgan. Qillardan biri juda yug’onlashgan bolib, tayanch vaziyfasini bajaradi. Parapodiylar oldindan orqaga surilganida qillar substratga tegib, h’ayvonni oldinga suradi. Parapodiylar erkin yashovchi koptuklilarda yaxshi rivojlangan. İchki tuzilishi. Tselom ichak bilan tana devori oralig’ini egallaydi. Bu bushliq yaxlit bulmasdan metamer joylashgan juft xalchalardan iborat. Tselom faqat prostomium va pigidiumda bolmaydi. Tselom xaltachalari devori ichak ustida va ostida ozaro qushilib, mezenteriy deb otaladigan tana buylab joylashgan ikki qavatlito’siqni h’osil qiladi. İchak ana shu to’siq orqali tana devoriga osilibturadi. Qo’shni tselomik xaltachalar devori h’am segmentlar chegarasida ikki qavatli ko’ndalang to’siq - septa yani dissepiment h’osil qiladi. Septalar tselomni segmentlar soniga teng miqdordagi ko’ndalang qismlarga bolib turadi. Tselom suvga o’xshash suyuqlik bilan to’lgan. Suyuqlikda amebasimon h’o’jayralar suzib yuradi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling