Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Sipunkulidlar (Sipunculida) sinfi
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nereis (Nereis pelagica).
Sipunkulidlar (Sipunculida) sinfi Sipunkulidlar-dengizlarda suv tubidagi loyni kovlab eki bo’sh naychalarda va chig’onoqlarda yashaydigan chuvalchangsimon h’ayvonlar. 250 ga yaqin turi malum. Sistematik o’rni exiuridlar singari aniq malum emas. Voyaga etgan davrida eki lichinkalarida h’am h’ech qanday metamer belgilar korinmaydi. Ular h’am birlamchi segmentlashmagan tselomik h’ayvonlar h’isoblanadi. Sipunulidlar tanasi ingichkalashgan xartumga va birmuncha keng gavda qismiga bolinadi. Xartumi tanasi ichiga mah’sus muskullar erdamida tortilishi eki chiqarilishi mumkin. Og’zi xartumning uchki qismida joylashgan. Teri-muskul xaltasi yaxshi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi bolmaydi. Ayirish sistemasi nefromiksiyalardan iborat. Sipunkulidlar ayrim jinsli h’ayvonlar. Tuxumidan troxofora lichinkasi chiqadi. Sipunkulidlar deyarli h’amma dengizlarda uchraydi. Tanasining o’rtacha uzunligi bir necha santimetr, eng yirik vakili Siphonomecus multicinctus ning uzunligi 51 sm ga etadi. Ko’ptuklilar (Polychaeta) sinfi Ko’ptuklilar suvda erkin suzib yuruvchi yoki suv tubida yopishib o’troq h’ayot kechiradigan h’alqali chuvalchanglardir. Ularda h’arakatlanishga ixtisoslashgan birmuncha murakkab tuzilgan h’arakatlanish sistemasi parapodiylari rivojlangan. Bosh bo’limi esa tanadan aniq ajralib chiqqan ixtisoslashgan maxsus bo’limdan iborat. Bosh bo’limida h’ar xil organlari: paypaslagichlar, ko’zchalar va h’idlov chuqurchalari joylashgan. Ko’ptuklilar baliqlar va boshqa bir qancha h’ayvonlar uchun oziq bo’lib h’isoblanadi. Bu sinfga 8000 ga yaqin tur kiradi. Nereis (Nereis pelagica). Nereis dengizlarda keng tarqalgan ko’ptukli h’alqali chuvalchang. Tanasining uzunligi 15 sm ga yaqin bo’lib, old tomonidagi ikki bo’g’imi boshqa tana bo’g’imlaridan kengroq bo’ladi (12- rasm). Bu bo’g’imlar bosh bo’limini h’osil qiladi. Boshida ikki juftdan paypaslagichlari, mayda ko’zchalari va mo’ylov deb ataluvchi 4 juft o’simtasi bor. Boshining ostki tomonida og’iz joylashgan. Nereisning tanasi 200 ga yaqin bir xil shakldagi h’alqalardan iborat. Har bir bo’g’imning ikki yonida bir juftdan kuraksimon o’simtalar joylashgan. Bu o’simtalar bir necha tutam tuklar bilan taminlangan. Shu tufayli nereis ko’ptukli h’alqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. Kuraksimon o’simtalar h’arakatlanish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ular parapodiylar (para-o’xshash, podiy-oyoq) deyiladi. Parapodiylar yordamida nereis suv tubida o’rmalab yuradi yoki suzadi. Nereis mayda h’ayvonlar va suv o’tlari bilan oziqlanadi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling