22-laboratoriy mаshg‘ulоti. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglarni asosiy tuzilish xususiyatlari va rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1349930
  1   2   3
Bog'liq
НЕРЕИС-НИНГ ТУЗИЛИШИ.


22-laboratoriy mаshg‘ulоti. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglarni asosiy tuzilish xususiyatlari va rivojlanishi
1-ish. Nereisning tuzilishi va ko‘payishi
Nеrеisning sistematik o‘rni
Tip. Halqali chuvalchanglar-Annelides
Kenja tip. Belbog‘sizlar-Aclitellata
Sinf. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglar-Polychaeta
Kenja sinf. Kezib yuruvchi ko‘ptukli halqali chuvalchanglar-Errantia
Vakil. Nereis-Nereis pelagica
Kеrаkli mаtеriаllаr vа jihоzlаr: Nereisning bosh, gavda va dum qismlarini, shuningdek parapodiylarining tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar. Qum chuvalchangining umumiy ko‘rinishi aks ettirilgan jadval, qo‘l lupalari, mikroskoplar, nereis parapodiylari va bosh qismining bo‘yalgan mikropreparatlari, Petri idishlari, qisqichlar, fiksatsiya qilingan nereis va qum chuvalchanglar.
Mаvzuning mаqsаdi. Halqali chuvalchanglar tipining ko‘ptukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiruvchi nеrеis va qum chuvalchangning tuzilishi, ko‘payishi hamda rivojlanishi bilan tanishish.
Idеntiv o‘quv mаqsаdlаri:
1.1. Nereis va qum chuvalchangning tashqi tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni bayon qila oladi.
1.2. Ko‘ptuklilarning qon aylanish, ayirish va nafas olish organlari haqidagi ma’lumotlarni tushuntira oladi.
1.3. “Prostomium” va “peristomium” so‘zlarining ma’nosini aytib bera oladi.
1.4. Gomonom va geteronom so‘zlarining ma’nosini tushuntiradi.
Ishning mаzmuni. Nereis Qora, Azov, Oq va Barens dengizlarida uchraydi. Ular suvning tubida, ba'zan esa sohil zonasida suv o‘simliklarining orasida yashaydi. Nereis 10-15 sm uzunlikda bo‘lib, 80-100 tagacha segmentlardan iborat. Tanasi bosh, gavda va dum (pigidium) qismlarga bo‘linadi (43-rasm).




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling