22-laboratoriy mаshg‘ulоti. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglarni asosiy tuzilish xususiyatlari va rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1349930
1   2   3
Bog'liq
НЕРЕИС-НИНГ ТУЗИЛИШИ.

IY4

44-rasm. Qum chuvalchangi (Arenicola marina)ning tuzilishi: 1-prostomiumi, 2-perestomiumi, 3-ag'darilgan qismi, 4-parapodiyning orqa shoxchasi, 5- parapodiyning qorin shoxchasi, 6-jabralari, I-tananing parapodiyli qismi, II- tananing parapodiyli va jabrali qismi, III-dum qismi. IV- tananing parapodiyli va jabrali qismining kattalashtirilgan ko‘rinishi.
Qum orasida o‘troq hayot kechirganligi uchun uning tana tuzilishi ancha o‘zgargan. Gavdasining tashqi tomonida ko‘rinadigan har bir 3-5 ta yonsiz segmentidan keyin bitta haqiqiy segmenti joylashgan.
Bunday haqiqiy segmentlardagi parapodiylar nereisning parapodiylariga nisbatan sust rivojlangan va ular faqat tananing oldingi qismidagina uchraydi. Ingichkalashgan dum qismida esa parapodiylari bo‘lmaydi. Gavdasining o‘rta qismidagi parapodiylari jabralar bilan qo‘shilib ketgan.
Qum chuvalchanglari xuddi yomg‘ir chuvalchanglari singari organik chirindi moddalarga (detrit) boy bo‘lgan balchiqni ichagi orqali o‘tkazib, uning hisobiga oziqlanadi. Nereis va qum chuvalchanglari ovlanadigan baliqlar va suv qushlari uchun asosiy ozuqa hisoblanadi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Formalin eritmasida fiksatsiyalangan nereislardan 1-2 tasini Petri idishiga qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida ularning tashqi tuzilishini o‘rganing. Tanasining bir xil bo‘g‘inlardan iborat ekanligiga va ularning yon tomonlarida joylashgan parapodiylarga e'tibor bering.
2. Mikroskopning kichik obyektivi orqali nereis bosh qismining mikropreparatlarini kuzating, undagi paypaslagichlarini, palpalarini va prostomiumining tepa qismidagi ko‘zlarini toping. Prostomium bilan perestomiumni bir-biridan farqlang va nereis bosh qismi tuzilishining rasmini chizing. Keyin xuddi shu usul bilan kuzatib, nereisning dum qismini, anal paypaslagichlarini toping va uning rasmini chizing.
3. Parapodiylarning bo‘yalgan mikropreparatlarini mikroskopning kichik obyektivi orqali kuzatib, uning bo‘lakchalarida joylashgan tukchalarga, atsikulaga e'tibor bering va parapodiy tuzilishining rasmini chizing.
4. Formalin eritmasida fiksatsiya qilingan qum chuvalchanglarini Petri idishiga qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida kuzating. Uning mayda va asosiy segmentlariga e'tibor bering. Ingichkalashgan dum qismini farqlang va unda parapodiylarning bo‘lmasligiga e'tibor bering.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling