Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mollyuskalarning umumiy tuzilishi
Mollyuskalar tipi
1. Mollyuskalarning umumiy tuzilishi 2. Boshoyoq mollyuskalarning filogenetik sistemasi 3. İkki pallali mollyuskalarning filogenetik sistemasi 4. Mollyuskalar filogeniyasi 5. Mollyusklar filogenetik sistemasi Tayanch so’zlar: simmetriya, tselom, ktenidiy, jabra, ustritsa, midiya, chig’anoq, shilliqurt, sakkizoyoq ,kalmar, Aplacophora, Polyplacophora, Monoplacophora, Gastropoda, Cephalopoda, Bivalvia i Scaphopoda, Lamellibranchiata, Bivalvia, plastinka, Eulamellibranchia, Anadonta, Mollyuskalarning umumiy tuzilishi. Mollyuskalar xilma-xil tuzilgan eng kadimgi xayvonlar guruxi xisoblanadi. Ular kuyidagi xususiyatlari bilan boshka xayvonlardan ajralib turadi: 1. Kupchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali xayvonlar. Lekin bir kancha turlarida organlarining joylanishi uzgarib, tana simmetriyasi buzilishi natijasida assimetrik shaklga kirgan. 2. Kupchilik mollyuskalarning tanasi bugimlarga bulinmagan. 3. Tanasi bosh, gavda va oyok deb ataladigan uch bulimdan iborat.Fakt ikki tavakali mollyuskalarda bosh bulimii bulmaydi. 4. Mollyuskalar ikkilamchi tana bushlikli xayvonlar bulib, tselom koldigi yurakoldi xaltasi (perikardiy) va jinsiy bezlari bushligidan iborat. 5. Xama mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan uralgan. Mantiyasi bilan tanasi oraligida mantiya bushligi xosil buladi. Bu bushlikda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayirish, orka chikaruv va jinsiy bezlarning teshigi xam aa shu bushlikka ochiladi. 6. Mollyuskalar tanasining orka tomonida mantiyadan xosil bulgan chiganogi joylashgan. 7. Kon aylanish sistemasi ochik, kon tomirlar orkali okishi bilan birga lakunlar va sinuslar deb ataladigan naylar orkali xam okib utadi. 8. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataladigan jabralardan iborat. Fakat kuruklikda xayot kechiradigan bir kancha chuchuk suv korinoyokli mollyuskalari upka orkali nafas oladi. 9. Ayirish organi xalkali chuvalchanglarning metanefridiylariga uxshash tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. 10. Nerv sistemasi tanasining xar xil kismida tarkok joylashgan nerv tugunlaridan iborat. 11. Dengizda xayot kechiradigan mollyuskalarning lichinkalari troxofora yoki troxoforaga uxshash elkanli lichinka – veligerdan iborat. Mollyuskalar tipiga 150.000 ga yakin turlar kiradi. Kupchilik mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suvlarda xayot kechiradi. Ular orasida kuruklikda xayot kechiradigan turlari xam bor. Bu tip yonbosh nervlilar va chiganoklilar kenja tiplariga ajratiladi. Mollyuskalar mavjud tularining soni bo’yicha faqat Arthropoda lardangina ortda qoluvchi ulkan taksodir. U o’z ichiga ko’pchilikka tanish bo’lgan zamonaviy faunada keltirilgan etti sinfga bishlashuvchi ikkipallali mollyuskalar (misol uchun ustritsa va midiyalar), chig’anoq va shilliqurtlar, sakkizoyoq va kalmarlarni o’z ichiga oladi. yaqqol farqlarini bo’lishiga qaramasda ularning barchasi mollyuskalar bo’lib, ko’plab umumiy belglarga ega. Bugungi kunda 100 000 ga yaqin h’ozirgi vaqtda yashab turgan mollyuska turlari tavsiflangan. Ularning soni turli manbalarda 50 000 dan 150 000 gacha bah’olanadi. Bunday tafovutning farqi shundaki, ularning ko’pchilik turi bir necha bor tavsiflangan. Bunday tashqari taxminan 35 000 yo’qolib ketgan turlari mavjud. Mollyuskalar uzoq evolyutsion tarixga ega. Yaxshi saqlanib qolgan oxaktosh chig’anoqlar tufayli ularning paleontologik solnomasi kembriy davridan boshlanadi. Mollyuskalar asosan dengiz organizmlaridir va barcha etti sinf vakillari dengizlarda yashab ravnaq topmoqdalar. Bazi ikki pallali va qorinoyoqli mollyuskalar chuchuk suvli yashash muh’itlarini o’zlashtirganlar. Faqat gastropodalar quruqlirda kun kechiradilar. Mollyuskalarga ananaviy Linney klassifikatsiyasi bo’yicha sinf deb nomlanuvchi Aplacophora, Polyplacophora, Monoplacophora, Gastropoda, Cephalopoda, Bivalvia i Scaphopoda (12.122 rasmga qarang) taksonlar kiradi. Aplacophora o’z ichiga chig’anoq o’rniga ko’plab oxak spikulalarga ega chuvalchangsimon mollyuskalarni oladi. Polyplacophora yoki xitonlarda esa 8 ta plastinkadan tashkil topgan chig’anoq bo’ladi. Monoplacophoralar past, konussimon likopchaga o’xshash chig’onoq soh’iblari bo’lib, chuqur joylarda istiqomat qiladilar (buralmagan qolpoqsimon yassi chig’anoqli va katta taglikli oyoqlari mavjud bunday organizm shakllari mollyuskalar evolyutsiyasida ko’plab uchraydilar). Gastropoda yoki qorinoyoqli mollyulskalarning vakillari bo’lgan shilliqurtlarni dengizda, chuchuk suvlarda va quruqlikda uchratish mumkin. Kalmarlar va sakkizoyoqlarni o’z ichiga oluvchi boshoyoqli mollyuskalarda (Cephalopoda) vakillarida asosan chig’anoq kichrayib yoki butunlay yo’qolib, ko’pchilik formalarda u ichki azoga aylanib ketgan.. Bivalvia – bu chig’anog’i ikki qismdan iborat ikki pallali mollyuskalardir. Scaphopoda yoki kurakoyoqli mollyuskalarda butun naysimon chig’anoq bo’ladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling