Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy sistemasi
- Poyachako’zlilar /Stylommatophra/ turkumi Tok shilikqurtining /Helix pomatia/ tuzilishi
Muvozanatni saklash organlari. Muvozanatni saklash organlari korinoyoklilarda statotsistlar.
Ayirish sistemasi. Korinoyokli mollyuskalarning ayirish sistemasi dastlab bir juft uzun tasma shakldagi buyraklar. Kupincha buyraklarning biri reduktsiyaga uchragan buladi. Jinsiy sistemasi. Korinoyokli mollyuskalar ayrim jinsli. Korinoyokli mollyuskalar 3 ta kenja sinfga bulinadi. 1. Old jabralilar kenja sinf. 2. Orka jabralilar kenja sinf. 3. Upkali mollyuskalar kenja sinf. Old jabralilar kadimgi korinoyoklilar bulib, vakillari dengiz kulokchasi (Haliotis) va dengiz likopchasi (Patella). Orka jabralilarning chiganogi reduktsiyaga uchragan, vakili dengiz avliyosi (Clione limacina). Upkali mollyuskalar yoki shilikurtlarning ktenidiy jabralari yukolgan. Nafas olish organi – upkasi mantiya bushligidan xosil buladi. Upkali mollyuskalar kenja sinfi 2 ta turkumga bulinadi: utrok kuzlilar (Basommatophora) va poyacha kuzlilar (Stylommatophora). Poyachako’zlilar /Stylommatophra/ turkumi Tok shilikqurtining /Helix pomatia/ tuzilishi Tok shilikqurti O’zbekistonda keng tarqalgan. Uni uzumzorlarda, boglarda va butazorlarda uchratish mumkin. U o’simliklarning bargi bilan oziqlanadi va kishlok xujalik o’simliklarining zararkunandasi h’isoblanadi. Uning tanasi ustki tomonidan (Mollyuskalarga xos bo’lgan uch qatlamli chig’anoq bilan qoplangan. Ularning chig’anog’i bir bo’tun va ung tomonga qarab spiral shaklda bo’ralgan bo’ladi. Shilikkurtning tanasi bosh, ichki organlar joylashgan tana va oyoq qismidan iborat. Bosh qismida ikki juft paypaslagichlar joylashgan. İkkinchi juft paypaslagichlarning uchida bir juft kuzlari bo’ladi. Ana shu kuzlar joylashgan ung tomonidagi paypaslagichning asosida jinsiy sistemaning teshigi ochiladi. Tok shillikqurtining ovqat h’azm qilish sistemasi og’iz teshigidan boshlanadi Og’iz bo’shlig’ida xitindan iborat arrasimon radula (kirgich) bo’lib, uning yordamida o’simlik barglarini qirqib ovqatlanadi İchagi oldingi. O’rta va keyingi bo’limlardan tashqil topgan. Qon aylanish sistemasi yurak qorinchasi, yurak bo’lmasi va yurak oldi bo’shlig’idan iborat. Ayrish organlarini bitta buyrak tashqil qiladi. Uning yo’li nafas olish teshigining yonida ochiladi. Nerv sistemasi tarqoq h’olda joylashgan besh juft nera tugunidan iborat. Bir juft bosh nerv tuguni /tserebal gangliya/, bir juft ichki organlar nerv tuguni /vitseral gangliya/, bir juft oyoq nerv tuguni /pedal gangliya/, bir juft plevral va bir juft parietal gangliyalardan tuzilgan. Nafas olish organi-o’pka vazifasini uzgargan mantiya bo’shlig’i bajaradi. Tok shilikqurti ikki jinsli. Unda bitta germafrodit bez bo’lib, u tuxumdon va urug’don vazifasini h’am bajaradi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling