Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja


Qum chuvalchangi (Arenicola marina)


Download 170.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana31.01.2024
Hajmi170.58 Kb.
#1830275
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
3 uz Zoologiya lek

Qum chuvalchangi (Arenicola marina). Qum chuvalchangi dengiz tubidagi qumga ko’milib yashaydi. 
Chuvalchang tanasi sirtidagi parapodiylar butunlay o’zgarib, tashqi teri o’simtalari shaklidagi jabralarni h’osil 
qilgan. Jabralar juda ko’p mayda qon tomirlari kapillyarlar bilan taminlangan. Jabralar orqali suvda erigan 
kislorod qonga o’tadi va karbonat angidrid gazi qondan suvga chiqariladi. 
Kamtuklilar (Oligochaeta) sinfi 
Kamtukli h’alqalilar sinfining 3500 ga yaqin turi malum. Ko’pchilik vakillari chuchuk suvlarda va 
tuproqda, ayrim turlari esa dengizlarda h’ayot kechiradi. Ularning bosh qismi kuchsiz rivojlangan, bosh 
o’simtalari va parapodiylari bo’lmaydi. Tana bo’g’imlarida parapodiylari o’rniga oz miqdorda tuklar 
rivojlangan. Tanasining o’rta qismiga yaqin joyidagi bir nechta bo’g’imida belbog’chasi bo’ladi. Kamtuklilar 
germafrodit jinsiy sistemasi juda murakkab tuzilgan. 
Kamtuklilardan h’isoblangan yomg’ir chuvalchangi (Lumbricus terrestris) 8-15 sm uzunlikdagi 
h’ayvon, tuproqda in kavlab yashaydi, tuzilishi tuproqda h’arakat qilishga moslashgan. Bosh bo’limi 
konussimon bo’lib, h’ech qanday o’simtalar yoki sezgi organlarga ega emas. Har bir tana bo’g’imida 
parapodiylar o’rniga 4 juftdan kalta tuklar bo’ladi. 
Teri-muskul xaltasi. Chuvalchangning tanasi tashqi tomondan yupqa epiteliy teri bilan qoplangan. 
Terisining sirti shilimshiq modda bilan qoplangan. Shilimshiq modda chuvalchangning tuproqda 
h’arakatlanishini osonlashtiradi va teriga kislorod o’tishiga imkon beradi. Epiteliy ostida h’alqa va bo’ylama 


muskullar joylashgan. İchki tomondan tana devorini bir qavat epiteliy h’ujayralari qoplab turadi. Shunday qilib, 
tashqi va ichki epiteliy, h’alqa va bo’ylama muskullar teri-muskul xaltasini h’osil qiladi. Halqa muskullar 
chuvalchang tanasining cho’zilishiga, bo’ylama muskullar esa qisqarishiga yordam beradi. Halqa va bo’ylama 
muskullarning navbat bilan qisqarishi tufayli chuvalchang h’arakatlanadi. 
Teri-muskul xaltasi suyuqlik bilan to’lgan tana bo’shlig’ini o’rab turadi. Bo’shliqda ichki organlar 
joylashgan. Halqali chuvalchanglar tana bo’shlig’iko’ndalang to’siqlar yordamida aloh’ida bo’lmalarga 
bo’lingan. Bu bo’lmalar soni tashqi tana h’alqalari soniga teng keladi. 

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling