Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayirish sitemasi
- Nerv sitemasi
- Jinsiy sistemasi.
- Rivojlanishi.
Qon aylanish sistemasi tana bo’ylab uning orqa qismidan o’tadigan qon tomiridan iborat. Qon tomiri
ikkiga ajralib, ikkita en xartum tomirlarini h’osil qiladi. Bu tomirlar xartumdan orqoroqda bitta umumiy qorin qon tomiriga birlashadi. Qorin qon tomiri ichak osti bo’ylab tananing orqa tomanigacha davom etadi. Orqa va qorin qon tomirlar ichak atrofini aylanib o’tadigan ikkita h’alqa tomirlari orqali tutashgan. Qoni rangsiz, leykotsitlari boladi. Ayirish sitemasi uch xil korinishga ega. Exiurid lichinkasi bir juft protonefridiydan iborat. Protonefridiy metamorfoz jaraenida reduktsiyaga uchraydi. Voyaga etgan exiuridlarda tselomga ochiladigan tipik nefromiksiyalar h’am boladi. Nefromiksiyalar jinsiy mah’sulotlarni chiqarish vazifasini h’am bajaradi. Nefromiksiyalar tananing oldingi qismida joylashgan bolib, qorin tomandan tashqariga ochiladi. kopchilik exiuridlarda ular 1-4 juft boladi. Nerv sitemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi qorin nerv stvoli va h’alqum atrofi nerv h’alqasidan iborat. Nerv sistemasi umumiy tuzulishi koptuklilarga o’xshasa-da nervh’ujayralarining nerv stvoli bo’ylab tarqoq joylashganligi, yani nerv gangliylarining bolmasligi bilan ulardan farq qiladi. Ayrim sezgir h’ujayralardan boshqa sezgi organlari h’am bolmaydi. Jinsiy sistemasi. Exiuridlar ayrim jinsli. Gonadalari toq. tanasi keyingi qismining qorin tomanida joylashgan. Jinsiy dimorfizm keskin rivojlangan. Bonelliyaning urg’ochisi yashil rangli, uzunligi 1-15 sm gacha, xartumining uchi ikkiga ajralgan. Erkagi juda mayda (1-3 mm) bolib, urg’ochisi nefridiylari bo’shlig’ida yashaydi. Erkagi tanasi kipriklar bilan qoplangan (95-rasm), tuzulishi juda soddalashgan, qon aylanish sistemasi bolmaydi. Erkaklarining h’aeti oziga h’os boladi. Dastlab ular urg’ochisi xartumida o’rmalab yuradi, songra uning ichagiga, keyin nefridiylariga o’tib oladi. Erkaklari nefridiylar orqali o’tadigan tuxum h’ujayralariga urug’ chiqarib, ularni urug’lantiradi. Rivojlanishi. Kuzatishlar lichinkalar yashaetgan muh’it sharoitini jins rivojlanishidagi ah’amiyatini korsatadi. Lichinkalar aloh’ida boqilganida ulardan faqat urg’ochi jins rivojlagnadi. Agar lichinka voyaga etgan urg’ochisi solingan idishda boqilsa, ular urg’ochisi xartumga o’tirib olib regressiv metamorfozga uchraydi, yani tuzilishi soddalashadi va parazit erkagiga aylanadi. Lichinkaning erkak bonelliyaga aylanishi urg’ochisi xartumi qoplag’ichi ishlab chiqaradigan moddaga bog’liq. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling