Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja


Download 170.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana31.01.2024
Hajmi170.58 Kb.
#1830275
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
3 uz Zoologiya lek

 
 Zuluklar (Hirudinea) sinfi. 
Zuluklar kopincha h’ayvonlarning qonini surib ektoparazitlik qiladigan eki yirtqich h’aet kechiradigan 
h’alqali chuvalchanglar. Dengiz, chuchuk suv, bazan quruqlikda yashaydi. 400 ga yaqin turi malum. Yashash 
muh’iti zuluklarning tashqi va ichki tuzilishiga katta tasir korsatadi. Kuyida ektoparazit zuluklarning tuzilishi 
keltiriladi. 
Tashqi tuzilishi. Zuluklarning tuzilishi boshqa h’alqali chuvalchanglardan keskin farq qiladi. (91-rasm). 
Ularning tanasi dorzoventral (orqadan qorin tomanga) yo’nalishda sezilarli yassilangan. Terisida o’simtalar 
(parapodiylar, qillar, paypaslagichlar, jabralar) bolmaydi. Faqat sodda tuzilgan qadimgi zuluklar va qildor 
zuluklarning dastlabki beshta segmentlarida kamtuklilarnikiga o’xshash qillar boladi. Tanasining oldingi va 
keyingi uchida bittadan so’rg’ichlar boladi. Oldingi so’rg’ichi og’iz teshigini o’rab turadi, keyingi nisbatan 
kuchli rivojlangan so’rg’ichi ustida anal teshigi boladi. İkkala so’rg’ich h’am qorin tomaniga biroz siljigan. 
zuluklar tanasi segmentlari boshqa h’alqalilarga nisbatan doimiy boladi. kopchilik zuluklar tanasi 33 (.. 
turkumi vakillarida 30) segmentdan iborat. Ulardan dastlabki 4 tasi birga ko’shilib oldingi so’rg’ichni, oxirgi 7 
ta segmentlar esa keyingi so’rg’ichni h’osil qiladi. Lekin zuluklarning h’aqiyqiy ichki tana segmentlari soni 
tashqi segmentlar soniga mos kelmaydi.
İchki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan iborat (92-rasm). Og’zi oldingi 
so’rg’ichi tubida joylashgan bolib og’iz bo’shlig’iga , keyin h’alqum muskulli nay, yani xartumni h’osil qiladi. 
Xartum og’izdan chiqarilib, o’ljasini tutush uchun xizmat qiladi. Jag’li zuluklarning og’iz bushlig’ida 3 ta (1-
orqa, 2-en) valiklar bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar birgalikda arraga o’xshash jag’ni h’osil qiladi. 
Ayirish sistemasi ancha ozgargan metanefriydiylardan iborat. Ayirish nayi metamer joylashgan, faqat 
oldingi va keyingi segmentlarida bolmaydi. Masalan, tanasi 33 segmentdan iborat meditsina zuligida h’ammasi
bolib 17 juft metanefridiylar boladi. Zuluklar metanefridiy nayining ichki uchi berk boladi. nefridiylar 
devoridan suyuqlik diffuziyalanib o’tadi. 
Nerv sistemasi boshqa h’alqaliklarinikiga o’xshaydi. Qorin nerv zanjirida 2 eki undan koproq gangliy 
bor. Halqumosti gangliysi to’rtta,eng oxirgi gangliy esa 7 ta oddiy gangliylarni qo’shilishidan h’osil boladi. 

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling