Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja


Soxta pillali, yani soxta ot zulugi


Download 170.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana31.01.2024
Hajmi170.58 Kb.
#1830275
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
3 uz Zoologiya lek

Soxta pillali, yani soxta ot zulugi Haemopis sanguisuga juda keng tarqalgan. Markaziy Osieda bu 
zuluk tog’li xududlardagi tiniq suvli ko’l va soylarda uchraydi. Soxta ot zulugining jag’lari kuchsiz rivojlangan. 
Yirtqich h’aet kechiradi, chuvalchanglar va mollyuskalar bilan oziqlanadi.Ayrim zuluklar odamda h’am 
parazitlik qiladi. Markaziy Osieda (Toshkent, Samarqand, Ashxobod atrafida) uchraydigan Limnatis 
turkestanica suv bilan odamning h’alqumiga o’tib qolganida parazitlik qilishi mumkin.
Quruqlikda yashovchi zuluk Hae Shrilanka va Zond arxepilagi tropik o’rmonlarida tarqalgan. Odam va 
sutemuzuvchi h’ayvonlar qonini suradi. 
 Exiuridlar (Echiurida) sinfi 
Exiuridlarning sistematik o’rni aniq malum emas. kopchilik olimlar ularni h’alqali chuvalchanglarga 
yaqinlashtirishadi. Dengiz tubida loyga ko’milib h’aet kechiradi. Tanasi va tselomi segmentlarga ajralmagan. 
Lichinkasi h’alqalilarga o’xshash troxofora. 150 ga yaqin turi malum. 
Tashqi tuzilishi. Tanasi uzunligi 3 sm dan 185 sm gacha. Tanasi segmentlarga ajralmagan, oldingi 
qismida uzun xartumi, orqa qismida chiqarish teshigi boladi. Og’iz xartumi asosida joylashgan (94-rasm). bazi 
turlarning xartumi ikkiga ajralgan. Xartumining chuqurlashgan qorni tomanida kipriklari boladi. Kipriklar suv 
va undagi mayda organizmlarni og’iz tomanga h’aydaydi. Og’zidan keyinroqda 2 ta yirik qillari boladi. 
Tanasining keyingi qismida h’am koptuklilarning qillariga o’xshash 2 qator kipriklari boladi. Tanasi bir qavat 
epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy tana sirtiga kutikula ishlab chiqaradi. Epiteliy ostida 2 qator muskullar bor. 
Tselom bo’shlig’ini peritoneal epiteliy o’rab turadi. 
İchki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi uzun egri-bugri naydan iborat bolib, oldingi, o’rta va keyingi 
qisimlarga bolinadi. İchak tanadan 10 martagacha uzunroq. Orqa ichak joylashgan bir juft anal xaltachalari 12-
300 ta xilpillovchi voronkalar bilan qoplangan. Voronkalarning bir uchi tselomga, ikkinchi uchi anal 
xaltachasiga ochiladi. Anal xaltachalari nafas olish va ayirish vazifasini bajaradi. 

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling