Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlari tuzilishi


Download 0.65 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1544208
Bog'liq
BALIQLARNING NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARI TUZILISHI

BALIQLARNING NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARI TUZILISHI

REJA:

  • Markaziy nerv sistemasi.
  • Baliqlarning nerv sistemasi va bosh miyasining tuzilishi.
  • Sezgi organlari.
  • Reflekslari.

Markaziy nerv sistemasi.

Baliqlarning markaziy nerv sistemasi Bosh miya va Orqa miyadan tashkil topgan.

Orqa miya uzun naydan iborat bolib umurtqa pogonasi nayi Ichida joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga , suzgichlarga , teri va muskullarga nerv chiqadi.

Baliqlarning nerv sistemasi va bosh miyasining tuzilishi.

  • Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bolib, nerv nayi oldingi qismining ozgarishidan kelib chiqgan.
  • Baliqlardning bosh miyasi ham boshqa barcha umurtqali hayvonlarniki kabi bosh miyasi bolimlarga bolingan boladi: oldingi miya , oraliq miya , o’rta miya , miyacha va uzunchoq miya .

Bosh miyasi

Bosh miyaning hamma bolimlari (oldingi miya, oraliq miya, orta miya, miyacha va uzunchoq miya) baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish , uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.

Sezgi organlari

  • Sezgi organlari baliqlarga atrof-muhitni yaxshi bilib olishga imkon beradi . Ular yordamida baliq o’z ozig’ini topadi yoki yaqinlashayotgan dushmanini bilib oladi . Suvdagi sharoitni aniqlashda ham sezgi organlari katta yordam beradi . Sezgi organlari orasida ko’zlar muhim ahamiyatga ega. Ular yaqin masofadan ko’radi , narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. Ko’zlar oldida joylashgan 2 ta burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bolgan xaltachalarga ochiladi.

Eshitish va tam bilish organlari

  • Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan , suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zicj muhit bo’lganligidan tovushni yaxshi o’tkazadi . Tajribalarda baliqlar qirg’oqda yurgan odamlar qadami , suzib kelayotgan qayiq ovozi , qo’ng’iroq va o’q tovushlarini yaxshi eshitishi aniqlagan .
  • Tam bilish hujayralari baliqlarning og’iz bo’shlig’i , halqumi hamda butun tana yuzida joylashgan . Zog’ora , treska ,va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan mo’ylovlar tuyg’u vazifasini bajaradi.

Yon chiziqlar

  • Balqlar hayotida ayniqsa yon chiziqlarning ahamiyati katta. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator bo’lib joylashgan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hujayralari bo’lgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi , suv ostidagi narsalarni sezishga yordam beradi. Yon chiziqlari tufayli hatto ko’r bo’lib qolgan baliq ham to’siqlarni sezadi , harakat qilayotgan oljasini tutib oladi.

reflekslar

  • Agra baliqni biror narsa bilan turtsak , u o’zini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo’ladi. Ta’sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistemasining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi . U yerdan tasirga hosil bo’lgan javob tegishli organlarga uzatiladi . Organlardagi muskullar qisqarishi tufayli organism tasirga javob beradi. Baliqlar o’z o’ljasini sezganda ham xuddi shunga o’xshash holat sodir bo’ladi. Zog’ora baliq chuvalchangni ko’rganida hosil bo’lgan qo’zg’alish ko’rish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq o’ljasini ushlab oladi.

Shartli va shartsiz reflekslar

  • Shartsiz reflakslar tug’ma refleks hisoblanib bunga yuqorida aytib o’tgan zog’ora baliqni va yana bir qancha baliqlarni reflkslarini misol keltirish mumkin va bu instinkt deb aytiladi. Shartsiz reflekslar irsiy bo’lib , baliqlarning hayoti davomida saqlanib qoladi va nasldan naslga o’tadi. Bitta turga kiruvchi barcha hayvonlarning reflekslari bir xil boladi.
  • Shartli reflekslar bu hayvonlarning hayoti davomida hosil boladigan refleks. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan ta’sir etib , masalan, chiroq yozib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa , bu signal oziq berilmaganda ham baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bolgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o’tmaydi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling