Shartli(orttirilgan) va Shartsiz(tug’ma) reflekslar turlari


Download 265.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.07.2020
Hajmi265.99 Kb.
#124638
Bog'liq
Shartsiz refleks


Shartli(orttirilgan) va Shartsiz(tug’ma) reflekslar turlari.

Atrofdagi

muhitning

tinmay


o'zgarib

boradigan

shart-sharoitlari

organizmning bularga beto'xtov moslashib turishini talab etadi. Ana shunday

sharoitlardagina organizm normal yashashi mumkin.

Moslashtiruvchi reaksiyalarni hayvonlar va odamda nerv sistemasining

reflektor faoliyati tufayli ta'minlab boradi. Evolutsiya jarayonida mahkam

o'rnashgan, nasldan-naslga o'tib turadigan reflekslar paydo bo'lganki, bular

organizmning moslanish imkoniyatlarini ta'minlab, uning funksiyalarini

birlashtirib turadi va bir-biriga uyg'unlashtirib, moslashtirib boradi.

Organizmning mukammal moslashuvi uchun I. P. Pavlov tomonidan

shartsiz reflekslar deb atalgan tug'ma reflekslarning o'zi kifoya qilmay-di.

Yuqori darajada turadigan hayvonlarda individual hayot jarayonida tashqi

ta'sirlarning tabiati va shartlariga qarab organizmni atrofdagi muhit bilan

muvozanatlashtirib turadigan sifat jihatdan yangi reflektor reaksiyalar vujudga

keladi. Mana shunday reflekslarni I. P. Pavlov



shartli reflekslar

deb atagan.

Shartli reflekslar harakatchan bo'ladi, zaruriyat tug'ilgan holda har qanday

retseptor apparatlarning ta'sirlanishiga organizmning har qanday faoliyatida

yuzaga kela oladi va shu sababdan moslashtiruvchi mexanizmlar sifatida

nihoyatda mukammal bo'ladi.

Bosh miya faoliyatining reflektor xarakteri to'g'risidagi tushuncha I. M.

Sechenov tomonidan uning «Bosh miya reflekslari» kitobida birin-chi raarta

maydonga qo'yilgan va rivojlantirilgan. Bosh miyaning butun faoliyati,

jumladan ruhiy faoliyati ham reflektor jarayonlardan iborat ekanligi mana shu

asarda ko'rsatib berilgan.

I. M. Sechenovning bosh miya ishi tabiatan reflektordir, degan nazariy

farazlarini tajriba yoii bilan ishlab chiqish va tasdiqlab berish I. P. Pavlovning

xizmati bo'ldi. I. P. Pavlov juda yirik bir kashfiyot yaratdi. Katta yarim sharlar

po'stlog'i faoliyatining asosiy mexanizmi bo'lmish shartli

refleksni kashf

etdi.

Shu tufayli bosh



miya fiziologiyasini o'rganishning obyektiv va

mukammal metodi shartli reflekslar metodi — shartli reflekslar metodi qo'lga

kiritiladi.

I. P. Pavlov va uning maktabi hayvonlar va odam shartli reflektor

faoliyatining asosiy qonuniyatlarini o'rganib chiqib, yangi bilimlar sohasini —

oliy nerv faotiyati to'g'risidagi ta'limotni

yaratdi.


I. P. Pavlov ta'biri bilan aytganda, oliy nerv faoliyati bosh miya yarim

sharlar po'stlog'i va unga eng yaqin po'stloq ostining birlashgan, hayvon va

odamning atrofdagi muhitga moslashuvini (unga yarasha yurish-turishini)

ta'minlab beradigan reflektor (shartli va shartsiz reflektor) funksiyasidir.

Markaziy nerv sistemasining organizmning o'zidagi fiziologik jarayonlarni

idora etishga qaratilgan funksiyasini tuban nerv faoliyati deb qaraladi.



Oliy nerv faoliyati to'g'risidagi ta'limot asoslarini bayon qilishdan awal

oxirgi miyaning tuzilishini tasvirlab o'tamiz, shartli reflektor faoliyatning

moddiy substrati shu miyaning oliy bo'limi — yarim sharlar po'stlog'idir.

Oxirgi miyaning anatomik tuzilishi. Oxirgi miya ikkita yarim shardan

iborat. Har bir yarim shar tarkibiga: yopqich yoki po'stloq, hid bilish miyasi va

asoslar tuguni yoki bazal yadrolar kiradi. Oxirgi miya ikkala pufaklari dastlabki

bo'shliqlarining qoldig'i yon qorinchalardir.

Tarixiy rivojlanish tartibiga qarab olganda oxirgi miyada quyidagi

markazlar guruhlari tafovut qilinadi:

1) eng qadimgi va shu bilan eng kichkina bo'ladigan, ventral joylashgan

qism, hid bilish miyasi;

2) yarim sharlarning bazal yadrolari, «po'stloq osti», oxirgi miyaning

ichkarida pinhon turadigan qadimgi qismi. Bazal yadrolarga quyidagilar kiradi:

medial tomonda yotuvchi dumli yadrodan va birmuncha lateral yotuvchi

yasmiqsimon yadrodan tashkil topgan targ'il tana; to'siq hamda yasmiqsimon

yadrodan tashqarida joylashgan bodomsimon tana. Mana shu po'stloq osti

yadrolari ongga aloqador bo'lmagan, avtomatik ravishda

bajariladigan harakatlarni (instinktiv yurish-turishni) boshqarib boradigan

ekstrapiramida sistemasini tashkil etadi;

3) po'stloqning kulrang moddasi yarim sharlarni go'yo yopqich kabi qoplab

turadigan eng yosh qismi (uning yopqich-mantiya degan nomi ham shundan

olingan) yoki bosh miya po'stlog'i.

Oxirgi miya ikkita kattagina yarim sharlardan — uzunasiga ketgan tirqish

bilan bir-biridan ajralib turadigan o'ng va chap yarim sharlardan hosil boigan.

O'sha


tirqishning

ichkarisida

ikkala

yarim shar



qalin

gorizontal

plastinka —

qadoqsimo

n tana bilan

bir-biriga

birikkan, qa

doqsimon


tana

bitta


yarim

shardan


ikkinchisiga

ko'ndalang

boradigan


nerv tolalaridan iborat. Yarim shar yuzasi qalinligi 1,3—4,5 mm keladigan bir

tekis kulrang modda qatlamidan hosil boigan, unda nerv hujayralari bo'ladi.

Mana shu qatlam

miya po'stlog'i

deb atala-di, go'yo burmalardan tarkib

topgandek boiib ko'rinadi, shu tufayli yopqich yuzasi har xil yo'nalishlarda bir-

biri bilan navbatlashib bo-ruvchi egatlar va ular o'rtasidagi pushtalar deb

ataluvchi ko'tarma-lardan tashkil topgan nihoyat darajada murakkab naqshga

ega boiadi (120- rasm). Hamisha uchraydigan chuqur egatlardan har bir yarim

sharni

bo'laklar

deb ataluvchi katta-katta boiaklarga bo'lish uchun foydalaniladi.

Bo'laklar o'z navbatida

bo'lakchalar

va

pushtalar

ga boiinadi. Har bir yarim

sharda beshta boiak:



peshona

,

tepa

,

chakka

,

bo'lagi

va yon egatning tubida

yashirinib yotadigan, orolcha deb ataladigan bo'lakcha bo'ladi.

Yarim sharlarning ustki — lateral yuzasi uchta egat vositasida bo'laklarga

ajralgan: lateral egat gorizontal ravishda boradi va chakka boiakni yuqorida

joylashgan peshona bo'lagidan ajratib turadi: markaziy egat tikkasiga boradi va

peshona boiak bilan (oldindan) tepa bo'laklar o'rtasidagi chegara boiib xizmat

qiladi; tepa boiakning orqa chegarasi tepa boiakni ensa bo'lagidan ajratib

turadigan tepa-ensa egatidir.

Har bir boiakda o'z navbatida yana egatlar tafovut qilinadi. Chunonchi

peshona bo'lagining ustki — lateral yuzasida: oldingi markaziy pushtani ajratib

turadigan oldingi markaziy egat va peshona bo'lagining qolgan qismini uchta

peshona pushtasiga ustki, o'rta va tepa pushtasiga ajratib turadigan ikkita

peshona egatlari — ustki va pastki egatlar farq qilinadi.

Yarim sharlarda qadoqsimon tana damidan pastroqda o'rta chiziqqa

simmetrik ravishda ikkita yon qorincha yotadi.

Yarim sharlar asosining medial yuzasidan bir qancha tuzilmalar



limbik

sistema

degan sistemani tashkil etadiki, uni «visseral miya» deb qaraladi, chunki

u ichki organlar faoliyatini idora etishda qatnashadi.

Yarim sharlarning oq moddasi. Miya po'stlog'ining kulrang moddasi

bilan bazal tugunlar o'rtasidagi bo'shlig'ining hammasi oq modda bilan band. Bu

modda har xil yo'nalishlarda boruvchi va oxirgi miyaning o'tka-zuvchi yo'llarini

hosil qiluvchi bir talay nerv tolalaridan tuzilgan.

Nerv tolalari uch turga bo'linishi mumkin:

1) bitta yarim shaming o'zidagi po'stloqning turli qismlarini bir-biriga

bog'laydigan

assotsiativ tolalar

;

2) miya komissuralari yoki bitishmalari deb ataladigan tuzilmalar tarkibiga



kiruvchi

komissural tolalar

, bular ikkala yarim sharlarning simmetrik qismlarini

bir-biriga bog'laydi;

3)

proyeksion tolalar

, bular miya po'stlog'ini markaziy nerv sistemasining

pastda yotadigan bo'limlari, jumladan orqa miya bilan harri bog'laydi. Mana shu

tolalarning biri qo'zg'alishlarni markazga intiluvchi yo'nalishda, po'stloq

tomoniga qarab o'tkazsa, boshqalari, aksincha, markazdan qochuvchi

yo'nalishda o'tkazib turadi.

Bosh miya po'stlog'ining sitoarxitektonikasi. Bosh miya po'stlog'ining

tuzilish elementlari o'zlarining o'simtalari — aksonlari va dendritlari bilan


birgalikda hisob qilinadigan nerv hujayralaridir. Miya po'stlog'ida 12 mlrd. dan

18 mlrd gacha nerv hujayralari bo'ladi. Po'stloqning hujayralar tuzilishidagi

xususiyatlari, tolalarning olgan joyi va funksional ahamiyati bilan bir-biridan

farq qiladigan turli qismlari po'stloq maydonlari deb ataladi. Ular bir-biridan

keskin ajralib turmaydi. Po'stloq maydonlari nerv signallari oliy darajada analiz

va sintez qilinadigan joylar — po'stloq yadrolaridir. Odamda 52 ta hujayra

maydoni tasvirlangan.

Po'stloq neyronlari shakli juda xilma-xil: yulduzsimon, duksimon,

o'rgimchaksimon, gorizontal va piramidal bo'ladigan multipolyar hujayralardir.

Piramidal hujayralar bosh miya po'stlog'i uchun asosiy va hammadan spetsifik

bo'lgan shaklni tashkil etadi. Po'stloqda turli nerv hujayralari notekis joylashgan

bo'lib, katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi va har xil funksional

ahamiyatga ega bo'ladi. Po'stloq neyronlari keskin ajralib turmaydigan qatlamlar

holida joylashgan. Har bir qatlami qanday bo'lmasin biror turdagi hujayralar

ko'pchilikni

tashkil


etishi

bilan,


ustun

turishi


bilan

xarakterlanadi.

Harakatlantiruvchi

po'stloqda oltita asosiy qavat tafovut

qilinadi.

I-qavat


molekular qavat

deb


ataladi. Unda nerv hujayralari kam

bo'lib,


asosiy

massasi


pastda

joylashgan qavatlardagi hujayralaridan

iborat.

II-qavat




tashqi

qavat, .dumaloq, tugunsimon,

yulduzsimon va piramida shaklidagi

mayda (10 mkm atrofida) neyronlardan

hosil boigan.

III-qavat



piramidal

hujayralar

qavati, hammadan serbar

bo'lib piramida shakliga bo'lgan har xil

kattalikdagi

(10—40

mkm)


neyronlardan tuzilgan.

IV-qavat —



ichki donador

qavat,


ba'zi maydonlarda yaxshi rivojlangan,

ba'zan


esa

bo'lmaydi.

Bu

qavat


yulduzsimon

mayda


hujayralardan

tuzilgan.

V-qavat



ganglionar



qavat

yoki


katta piramidalar qavati

,

shubilan birga markaziy pushtada unda gigant hujayralar (Bets hujayralari)



bo'ladi. Ana shu hujayralarning ustki qismidan miyaning yuza qavatlarida

tarmoqlanadigan yo'g'on o'simta — dendrit chiqadi. Katta piramidalarning



aksonlari oq moddaga qarab ketadi va po'stloq osti yadrolari bilan orqa miyaga

tomon yo'naladi.

VI-qavat —

polimorf hujayralar

qavati, har xil, asosan duksimon

shakldagi neyronlardan tuzilgan.

Po'stloq hujayralarining funksional ahamiyati har xil. Spetsifik afferent

yo'llar, uchinchi neyronlarining aksonlari tugallanadigan hujayralar birinchi

guruhga kiradi. Ular po'stloqqa keladigan sezuvchi signallarning idrok etilishini

ta'minlaydi. Funksiyani, asosan, yulduzsimon neyronlar ado etadi, miya

po'stlog'i sensor sohasining III va IV qavatlarida shunday hujayralar ayniqsa

ko'p. Bosh miyaning pastroqda joylashgan bo'limlariga impulslar yuborib

turadigan hujayralar ikkinchi guruhga mansubdir. Bularga po'stloq harakat

zonasining asosan V qavatida joylashgan piramida hujayralari (Bets hujayralari)

kiradi. Bosh miya po'stlog'idagi turli zonalar o'rtasida aloqa bog'lab turuvchi

neyronlar uchinchi guruh hujayralarga mansubdir. Funksiyasi jihatidan bular

kontakt yoki qo'shimcha neyronlar ularga mayda va o'rtacha piramida hujayralar

bilan duksimon hujayralar kiradi. Po'stloqning hozir tasvir-langan olti qavatli

hujayra tuzilishi turli zonalarida juda har xil bo'lishini aytib o'tish kerak.

Bosh miya po'stlog'ida nerv tolalari ham olti qavat bo'lib joylashadi,

ularning tuzilishi va munosabatlari nerv hujayralari qavatlaridan ko'ra ham

ancha murakkabdir.

Nerv hujayrasining tarkibiy qismi, neyronlarning o'zidan tashqari,

neyrogliyadir. Neyrogliya hujayralarining uch turi tafovut qilinadi —

ependimotsitlar

,

astrotsitlar

va

oligodendrogliotsitlar

. Ependimotsitlar orqa

miya kanali, miyaning qorinchalarini qoplab turadigan zich hujayralar qatlamini

hosil qiladi va orqa miya suyuqligini hosil etishda qatnashadi. Astrotsitlar bir

talay o'simtalari bo'ladigan mayda-mayda hujayralar bo'lib, markaziy nerv

sistemasida tayanch apparatini hosil qiladr. Oligodendrogliotsitlar — hammadan

ko'p tarqalgan hujayralar bo'lib, markaziy nerv sistemasi bilan periferik nerv

sistemasidagi neyronlarning tanalarini o'rab turadi. Ular trofik funksiyani

bajaradi va, chamasi, nerv impulslari reseptsiyasi va ularni o'tkazish

jarayonlarida qatnashadi. Xotira mexanizmlarida bu hujayralarning ma'lum rol



o'ynashi aniqlangan.

Download 265.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling