"Oydinda yurgan odamlar" asarida mavhum tushunchalar va shaxslar orasidagi tafovutlar


Download 44.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi44.5 Kb.
#1013369
Bog'liq
Oydinda yurgan maqola (3)


Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili
va adabiyoti universiteti
O'zbek filologiyasi fakultetining 1-kurs
talabasi Muxtorova Sevinchning
maqolasi


"Oydinda yurgan odamlar" asarida mavhum
tushunchalar va shaxslar orasidagi tafovutlar

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek adabiyotida o'z o'rni va ovoziga ega bo'lgan, haqiqiy o'zbek yozuvchisi Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" qissasi haqida yozildi. Shuningdek, maqolada asardagi ayrim obrazlar shaxsiyati sharhi o’rin olgan.


Kalit so'zlar: muhabbat, sabr, hisobchi, Qimmat momo, Yo'ldosh qorovul, inonch-e'tiqodlar, ota qarg'ishi


Sokin qishning 1-kuni. Xayollarga tolaman. Inson yuragiga botguvchi, alamlarni eslatguvchi, allaqanday og'ir his meni chulg'ab oladi. Umrimning qanchadan qancha onlari hasadgo'ylar yetkazgan jarohatlardan og'rinish-u, munofiqlar boshlagan fitnalardan iztirob chekish bilan besamar o'tganiga o'kinaman.


Inson yaratilibdiki, nomini mangulikka muhrlashga intiladi, biroq tarix zarvaraqlarida nom qoldirish uchun istakning o'zi kamlik qiladi. Abadiyat ummoni el-yurt manfaati yo'lida umrini fido qilganlarnigina o'z bag'riga oladi. Tog'ay Murodni tarix zarvaraqlaridan mustahkam o'rin olgan ijodkor deya olish mumkin. "Yurakni yashirsa bo'ladi, boisi yurak ko'rinmaydi. Yurak jamiki dardlarni pinhon tutadi, Ammo ko'zlarni yashirib bo'lmaydi. Ko'zlar o'zini o'zi fosh etadi". (Tog'ay Murod. Tanlangan asarlar.1-jild. 312-bet) Ushbu misralarni asardagi " shoh misralar" deya atasak, mubolag'a bo'lmaydi. Asarni "sabrga qo'yilgan haykal" deb nomlasam... Sabr! Ba'zan qayg'uli kunlarda sabrni unutib qo'yamiz, lekin sabrning ham chegarasi bormi?!Inson Ilojsiz qolganda, farzandsizlikdan qiynalib, yo'l oxiri qorong'i ko'rinayotganda sabrni nihoyalash afzal bo'lmasmikan?! "Olam bir hovuch! Qishloq chordevor! Keng yuzli hovli tovuq katagi!" Olam inson ko'ziga tor ko'rinishi uchun inson qanchalik azoblanishi kerak? Menimcha, Oymomo farzandi bo’lmasligini Termizda bilganidayoq Qoplonbekka aytib, rishtani uzishi kerak edi. Zero, Vaqt hamma narsaga davo bo’la oladi.


Ba'zida o'ylab qolaman: yuqoriroq mansabda ishlaydigan amaldor o'zidan quyi bo'lgan tabaqadagilarni mensimaslik odatiy holmi? Asarda ushbu jumlalarni yuragida sal bo'lsa-da mehr bo'lgan kitobxon g'azablanmasdan, tomog'iga nimadir tiqilib qolmasdan o'qiyolmaydi:
- Uyingizda yig'lab qoladigan bolangiz bormidi? Oymomo opaning beldastadan boshqa nimasi bor? Er-xotinning qornidan boshqa qayg'usi yo'q...Bular kimni emizadi, bular kimni allalaydi, er-xotin bir-birovini allalaydimi?(Tanlangan asarlar, 1-jild, 275-bet) Ushbu gaplarni aytish uchun qanchalik bag'ritosh bo'lishi kerak. Tig' bilan o'ynashsalar ham, til bilan o'ynashmaydilar. Hisobchi kim bo'libdiki, birovning shaxsiyatiga tegib gapiradi. U kasbiga aloqador bo'lgan hosilni hisoblashi mumkin, ammo Olloh bergan va bermagan ne'matni hisoblashga qanchalik haqqi bor? O'zi oila qurmaganning oldida oila haqida, farzandsizning oldida farzand haqida, ne'mati yo'qning oldida ne'mat haqida gapirish qanchalik odamgarchilikka mos keladi? Qimmat momo-chi? Ismi shaxsiyatiga mos bo'lgan ushbu ayolni ( agar ayol deb atash mumkin bo'lsa) hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Oymomoga achchiq-achchiq gaplari ila ozor berib yuradigan ushbu inson ham ayol-ku. Endi, asarda oddiy qorovul bo'lgan Yo'ldoshning gaplariga qarab, siyratini bilish mumkin. Qorovullikka Qoplonning da'vogarlik qilayotganini bilib, rozi bo'ladi. Ko'ngli yarim ekanligini his qiladi. Oddiy qorovulning aqli, madaniyati yetgan narsaga, hisobchining, Qimmat momoning aqli qosirlik qilganligiga hayron qoladi kishi!
O'zbek otasi! G'afur G'ulom ushbu birikmani faxr-la qo'llab turganda, Qoplonbekning otasini oqlab bo'ladimi?
- Kosangning tagi oqarmasin! O'lsang, otamlab yig'lovching bo'lmasin, Ollohu akbar( Tanlangan asarlar, 1-jild, 250-bet) Qani, otalik mehri, aqli! Odatda, otalar og'ir-bosiq bo'ladi. Ko'p ham hissiyotlarga berilish otalarga xos emas! Fikrimcha, yozuvchi ushbu gapni qahramonning onasi tomonidan ayttirishi kerak edi.


Asar o'zining milliy ruhi, xalqona tabiati bilan boshqa asarlardan farq qiladi. Yozuvchi asar ustida qattiq ishlagani, har bir sahifa, aytish mumkin bo'lsa, har bir jumla ustida soatlab ishlagani ayni haqiqatdir. Ushbu asar bizning avlodlarga ham yetib borishi, asr oshgan asarlar safidan o’rin olishiga ishonaman.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling