Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aylanish sistemasi.
- Ayirish sistemasi.
- Nerv sistemasi.
Hazm qilish sistemasi tanasining oldingi uchidagi og’iz teshigidan boshlanadi. Og’iz muskulli
h’alqumga, h’alqum esa qizilo’ngachga ochiladi. Halqum muskullari yordamida chuvalchang chirindili tuproqni yutadi. Qizilo’ngachning keyingi qismi kengayib, jig’ildonga aylanadi. Jig’ildondagi bezlarning suyuqligi chirindi oziq tarkibidagi gumus kislotani neytrallaydi. Jig’ildondan keyin oshqozon joylashgan. Oshqozon devoridagi muskullar yordamida oziq eziladi. Oziq ichakda h’azm shirasi tasirida h’azm bo’ladi. İchakning devori orqa tomondan ichak bo’shlig’iga chuqur botib kirib, tiflozolni h’osil qiladi. Tiflozol ichakning ichki h’azm qilish yuzasini kengaytiradi. İchakda h’azm bo’lgan oziq qonga so’riladi. Oziqning h’azm bo’lmagan qismi tuproq bilan birga orqa chiqaruv teshigidan chiqarib yuboriladi. Qon aylanish sistemasi. YOmg’ir chuvalchangining asosiy qon tomirlari orqa va qorin tomirlaridan iborat. Orqa tomiridan qon tananing oldingi tomoniga, qorin tomiridan esa keyingi tomoniga oqadi. Orqa va qorin tomirlari h’ar bir bo’g’imda h’alqa tomirlar bilan tutashadi. Qizilo’ngach atrofidagi h’alqa tomirlar devori ancha qalin muskullar bilan taminlangan bo’lib, qisqarish xususiyatiga ega. Bu tomirlar yurak singari qonni h’aydash vazifasini bajaradi. Katta tomirlar birmuncha mayda tomirlarga, ular esa juda ingichka kapillyarlarga tarmoqlanadi. Qon orqali kislorod va oziq moddalar tananing h’amma qismiga tashiladi, to’qimalardan esa karbonat angidrid gazi olib ketiladi. Chuvalchang qoni qizil rangli bo’ladi. Shunday qilib, qon doim qon tomirlari ichida oqadi, yani tana suyuqligi bilan aralashib ketmasdan tutash qon aylanish sistemasini h’osil qiladi. YOmg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Tuproq zarrachalari orasidagi h’avo terining shilimshiq moddasida eriydi va teri kapillyarlaridagi qonga shimilib, tananing h’amma qismlariga tarqaladi. Ayirish sistemasi. Chuvalchangning h’ar bir tana bo’g’imida bir juftdan ayirish naychalari metanefridiylar joylashgan. Har bir naychaning tana bo’shlig’ida joylashgan uchki qismida kengaygan voronkasi bo’ladi. Voronkaga tana bo’shlig’i suyuqligidan moddalar almashinuvining keraksiz mah’sulotlari ajraladi va naycha orqali teri ustiga chiqarib tashlanadi. Nerv sistemasi.Tanasining oldingi tomonida yirik h’alqum usti va h’alqum osti nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlar h’alqumni aylanib o’tadigan h’alqa tomiri bilan tutashgan. Halqum osti nerv tugunidan qorin bo’ylab ikkita yirik nerv tomirlari ketadi. Bu tomirlarning h’ar bir tana bo’g’imida bittadan nerv tugunlari joylashgan. Shunday qilib, nerv sistemasining ko’rinishi zanjirga o’xshash bo’ladi. Shu sababli h’alqali chuvalchanglarning nerv sistemasi qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan deyiladi. YOmg’ir chuvalchanglarida maxsus sezgi organlari bo’lmaydi. Ular terisidagi sezgir nerv h’ujayralari yordamida mexanik tasirni va yorug’likni sezadi. YOmg’ir chuvalchangi tashqi tasirga javoban birmuncha murakkab reflekslar h’osil qiladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling