Katta tip. Mesozoalar. Mollyuskalar tipi. Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Reja
Download 170.58 Kb. Pdf ko'rish
|
3 uz Zoologiya lek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish organlari
- Ayirish organlari
- Monoplakoforalar (Monoplacophora) sinfi
- Plastinkajabralilar yoki ikki pallalilar /Lamellibranchiata yoki Bivalvia/ sinfi/Haqiqiy plastinkajabralilar /Eulamellibranchia/ turkumi
Ovkat xazm kilish sistemasi. Ogiz teshigi boshining ostida joylashgan bulib, xalkumga ochiladi.
Xalkumda tishchalar – radula joylashgan. Xalkumdan kizilungachga utadi, kizilungach oshkozonga ochiladi. Keyin urta ichak boshlanadi, uning keyingi tomoni – orka ichak mantiya bushligiga ochiladi. Nafas olish organlari. Kalkondorlarning 4 juftdan 80 juftgacha jabralari buladi. Bu jabralar tananing ikki yonida mantiya egatchasi ichida joylashgan. Kon aylanish sistemasi. Yuragi tanasining keyingi kismida ichakning ustida joylashgan bulib, markaziy korincha va ikkita yon bulmachadan tuzilgan. Ayirish organlari. İchakning ikki yonida bittadan bukilgan naychalar joylashgan. Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Sezgi organlari. Kalkondorlarning sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Jinsiy sistemasi. Xitonlar ayrim jinsli xayvonlar. ChİG’ANOQLİLAR /CONCHIFERA/ KENJA TİPİ Chiganoklilar kenja tipi vakillarining tanasi chiganok ichida joylashgan. Chiganoklilar monoplakoforalar, korinoyoklilar, kurakoyoklilar, plastinka muylovlilar va boshoyoklilar deb ataladigan sinflarga bulinadi. Monoplakoforalar (Monoplacophora) sinfi Monoplakoforalar sinfiga neopilina kiradi, ular kazilma koldigi kembriy, silur va devon yotkiziklarida uchraydi. Ovkat xazm kilish sistemasi xalkum, kizilungach, oshkozon, urta ichak va orkadan iborat. Kon aylanish sistemasi. Yurak va kon tomirlardan iborat. Ayirish organlari. 6 juft buyraklardan iborat. Plastinkajabralilar yoki ikki pallalilar /Lamellibranchiata yoki Bivalvia/ sinfi/Haqiqiy plastinkajabralilar /Eulamellibranchia/ turkumi Anadonta /Anadonta cygnea/ ning tuzilishi. Anadonta chuchuk suv h’avzalari, daryolar va qo’llarning tubida tanasining oldingi tomoni qumga yoki balchikka qumilib yashaydi. Xuddi shunday suvlarda anadontaga o’xshash sadafdor h’am uchraydi lekin uning chig’anog’i uzunrok bo’lib, pallalari o’zaro "qo’lf" deb ataluvchi chuqurcha va tishcha bilan birikkan bo’ladi. Anadonta chig’anog’ida esa bunday moslamalar bo’lmaydi. Shuning uchun h’am uni "tishsiz" deb h’am ataydilar. Anadontaning tanasi ikki pallali chig’anoq orasida joylashgan. Bu pallalar elka tomonidan elastik paylar ligament, ikkita. Oldingi va keyingi yopuvchi muskullar-retraktorlar bilan birikkan. Chig’anoqning pastki tomoni ochik bo’lib, undan muskullik o’simta "oyoq" chiqib turadi. Oyok yordamida anadonta suv tubida juda sekin h’araktlanadi. Chig’anoq pallalarining oldingi tomoni kengrok, orqa uchi esa ingichka bo’ladi. Anadontaning chig’anog’i h’am boshqa mollyuskalarniki singari uch qavatdan iborat. Ustkisi shoxsimon moda qonxialindan iborat bo’lib. Unda yillik h’alqalarni ko’rish mumkin. Kolgan ikkala qavat-oxak va sadaf qismlari esa oxaktoshdan iboratdir. Chig’anoq pallalarining ichki yuzasini koplab turadigan mantiya pardasi anadonta tanasini ustki va yon tomonlaridan o’rab olgan bo’ladi. Mantiya pardasi bilan tana oraligidamantiya bo’shlig’i h’osil bo’ladi. Bu bo’shliq tananing oldingi qismida, qorin tomonida va keyingi uchida ochik bo’ladi. Chig’anoq pallalari yopilganda mantiya pardasining chetlari h’am bir-biriga zich birikadi. Natijada mantiya bo’shlig’i tashqi muh’itdan ajralib turadi. Mantiya pardasi mollyuskalarga xos organ bo’lib, u chig’anoqni h’osil qilish, tanaga h’ar doim suv kirib va chiqib turishini taminlash kabi vazifalarni bajaradi. Anadonta tanasining orqa tomonida mantiya ikkita naycha yoki sifon h’osil qiladi. Ularning yuqorigisi sillik devorli bo’lib, uni chiqarish yoki kloakal sifon deyiladi. U orqali suv va qoldiq moddalar tashqariga chiqariladi. Uning pastiga joylashgan naycha kirish yoki jabra sifondir. U orqali esa mantiya bo’shlig’iga suv va ozuqa (mayda suvo’tlari, organiq chirindilar) moddalari h’am kiradi. Keyin ovqat zarralari og’izoldi kurakchalari yordamida og’iz teshigiga keladi va qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tadi. Oshqozondan boshlanadigan ichak mollyuskaning orqa tomoniga qarab yunalib, sirtmok h’osil qiladi va yurak qorinchasi orqali o’tibr, kloaka sifoni yaqinida anal teshigiga ochiladi. Nafas olish organlari bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan ung va chap jabra plastinkalaridan iborat. Shunga ko’ra ikki pallalilarni plastinka jabralilar h’am deyiladi. Har qaysi jabra plastinkasi kush qavatli bo’lib, ichki va tashqi pardani h’osil qiladi. Jabra sifoni orqali kirgan suv mantiya bo’shlig’ini tuldiradi, keyin jabra plastinkalarini yuvib, jabra bo’shlig’iga o’tadi va chiqarish sifonidan tashqariga chiqadi. Jabralarda gaz almashinadi va suvda erigan kislorod qabul kilinib, karbonat angidrid ajratiladi. Anadontaning qon aylanish sistemasi ochik, yurak tananing elka tomonidagi ikkilamchi tana bushligning (tselom) qoldig’i – yurak oldi xaltasining (perikardial bo’shliq) ichida joylashgan. Yurak ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tashqil topgan. Yurak qorinchasidan oldinga va orqa tomonlarga aortalar chiqadi. Qon aortadan arteriyalarga o’tadi. U kapillyar qon tomirlari yordamida bo’tun tanaga tarqaladi. Karbonat angidridga tuyingan qon esa lakunlardan o’tibr, venalar orqali jabraga keladi va oksidlanib, yurakning bulmachalariga olib keladi. Undan yurak qorinchasiga o’tadi va aortalar orqali yana tanaga tarqaladi. Nerv sistemasi uch juft (bosh, oyoq, vitseral) nerv tugunidan iborat bo’lib, ular o’zaro konnektivalar orqali birikkan bo’ladi. Ayiruv organlari sistemasi juft buyrak yoki boyanusov organidan va yurak oldi bezi (Keberov organ) dan iborat. Anadonta ayrim jinsli juft gonadalarning yo’llari mantiya bo’shlig’iga ochiladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling