3-amaliy mashg’ulot. Boshoyoqli mollyuskalar (Cephalopoda) sinfi vakili Karakatitsa (Sepia officinalis) ning tuzilishi va yashash muhiti. Oziqlanishi va ko‘payishi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Amaliy mashg\'ulot zoo.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- 39 –rasm. Karakatitsaning tashqi tuzilishi.
- 40-rasm. Karakatitsaning ichki tuzilishi. 1-2 mantiya kesma joyi, 3-chodir, 4-ogiz teshigi, 5-farenks, 6-koz, 7-voronka, 8
- Ishning bajarilishi.
3-amaliy mashg’ulot. Boshoyoqli mollyuskalar (Cephalopoda) sinfi vakili - Karakatitsa (Sepia officinalis) ning tuzilishi va yashash muhiti. Oziqlanishi va ko‘payishi Reja: 1.Boshoyoqli mollyuskalaming karakatitsa misolida tashqi tuzilishini o‘rganish. 2. Karakatitsa misolida ichki tuzilishini o‘rganish. Kerakli jihozlar: Karakatitsaning tashqi va ichki tuzilishini aks ettiruvchi plakatlar, fiksatsiya qilingan karakatitsa, vannachalar, to'g'rilagich ninalar, to ‘g ‘n ag‘ichlar, qaychilar, jarrohlik pichoqlari, 15 - 20 sm uzunlikdagi shisha bo laklari, qo’l lupalari. Ishning maqsadi: Boshoyoqli mollyuskalaming karakatitsa misolida tashqi va ichki tuzilishini o'rganish. Ishning mazmuni. Karakatitsa (Sepia officinalis) Karakatitsaning tashqi tuzilishi. Boshoyoqli mollyuskalarning tanasi ikkita bo‘limga bo‘linadi - bosh va tana, ular bo‘yin orqali bog‘langan. Mollyuskaning bosh qismi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, besh juft paypaslagichlari mavjud, ular qo'llar ham deyiladi, og‘iz teshigi atrofida joylashgan. Paypaslagichlaming to‘rt jufti qisqaroq, muskuli yaxshi rivojlangan. Paypaslagichlar barcha qismi uzunasiga disk shaklidagi ko‘p sonli so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Bu so‘rg‘ichlar yordamida mollyuskalar substratga yopishadi. Paypaslagichlaming oldingi (birinchi) juftlari mollyuska tanasining orqa tomonida, to'rtinchi qorin tomonida joylashgan. Beshinchi juft paypaslagichlar tutuvchi qo‘llar deyiladi, ular boshqa paypaslagichlarga nisbatan uzun, o‘ljasini tutishda ahamiyati bor. Paypaslagichlar asosidagi maydoncha markazida og‘iz teshigi joylashgan. Boshining yon tomonida juft yirik murakkab ko‘zlari joylashgan, uning orqa tomonida kichik sezgi chuqurchalari bor (39 -rasm). 39 –rasm. Karakatitsaning tashqi tuzilishi. Boshoyoqli mollyuskalar tanasining keyingi qismi oval shaklda. Tananing orqa qismi oldingi tomonga kichik bo‘rtik hosil qiladi, u boshning orqa qismini yopib turadi. Tananing orqa va ikki yon tomoni bo‘ylab suzgichlari - muskulli teri burmalari bor. Boshning asosida mantiya bo‘shlig‘ining chiqarish teshigi joylashgan. 40-rasm. Karakatitsaning ichki tuzilishi. 1-2 mantiya kesma joyi, 3-chodir, 4-og'iz teshigi, 5-farenks, 6-ko'z, 7-voronka, 8- mantiyaning ichki qismida qalinlashuv, 9-voronkadagi xaftaga chuqurchaga kirish, 10-anus, 11-jigar, 12 - mushak , tortuvchi voronka, 13-jabra, 14-jabrali yurak, 15-buyrak teshigi, 16 tashqi jinsiy teshik, 17 "siyoh" sumkasi, 18 - suzgich Boshoyoqli mollyuskalaming chig‘anog‘i kuchli reduksiyaga uchragan, uning qoldig‘i oval shakldagi ohak plastinkadan iborat bo‘lib, tananing orqa tomonida teri ostida joylashgan. Bu plastinka tananing orqa tomoniga qattiqlik berib turadi. Mantiya bo‘shlig‘i va mantiya a’zolari kompleksi, Karakatitsaning tanasi mantiya bilan o‘ralgan bo‘lib, qorin tomonda mantiya bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Mantiya bo‘shlig‘ida mantiya a’zolari joylashgan. Mollyuskaning bosh va gavda oralig‘i chegarasining qomi tomonda mantiya bo‘shlig‘i ingichka yo‘li joylashgan, bu yo‘l orqali mantiya bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Mantiya bo‘shlig‘ining oldingi markaziy qismida voronka deb ataluvchi organ joylashgan. Voronkaning ingichka old qismi teshik orqali tashqi muhitga ochiladi. Orqa tomondagi ikkinchi teshik mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Voronkaning kengaygan orqa tomoni yon qismida juft yarim oysimon shaklda chuqurlik mavjud. Ishning bajarilishi. 1. Karakatitsaning tashqi tuzilishi bilan tanishing, tashqi tuzilishidagi eng muhim morfologik belgilar bilan tanishing, tana bo'limlari, ulaming shakli va joylashishi, paypaslagichlari (qo‘llar), bosh qismidagi ko‘zlari, sezgi chuqurchalari va og‘iz teshigi bilan tanishing. 2. Karakatitsaning chig‘jinog‘ini ajratib olib, uning tashqi tuzilishi bilan tanishing. 3. Mantiya a’zolari kompleksini o‘rganing. Mantiya bo‘shlig‘ini ochish uchun karakatitsani orqa tomoni pastga qaratib qo‘yiladi. Mantiya old tomondan qorin qismdan uzunasiga median chiziq bo‘ylab kesiladi. Kesmalar chekkasi vannachaga to‘g‘nag‘ichlar bilan mahkamlab qo‘yiladi. Mantiya a’zolami tashqi tomondan tekshiring: voronka, qorin tugmachaiari, ktenidiylar, anal teshik, buyrak va jinsiy organlaming teshiklarini toping va rasmini chizing. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling