P a r a z I t o L o g I ya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Leyshmaniya (Leishmania) urug’ining vakillari ham tripanosomalarga
birmuncha o’xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin xosil qilmaydi, harakatsiz bo’ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo’ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi 11 odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo’l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi. Teri leyshmaniozining qo’zg’atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi marta 1882 yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar xosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho’ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o’tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida yomon yara yoki pashshaxo’rda nomi bilan ham ma’lum. Morfologik jixatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida-xivchinsiz tashuvchilarining tanasida hamda sun’iy usulda o’stirilganda xivchinli ko’rinishda yashaydi. Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davri deb ataladi. Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma’lum bir vaqtda oralab isitma chiqarish bilan davom etadigan og’ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jixatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Visseral leyshmaniozning chaqiruvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko’mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va ko’payadi. Leyshmaniyalar ko’payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 tagacha etadi. Hujayra emirilgandan keyin ular limfa bilan qonga o’tib, yangi hujayralarga kirib oladi va ularning emirilishiga sababchi bo’ladi. Ichki leyshmanioz bilan og’rigan bemor sobiq ittifoq xududida birinchi marta 1909 yilda aniqlangan. Keyinchalik Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida bu kasallikning manbalari topilgan. Ichki, ya’ni visseral leyshmaniyani (Leishmania donovani) ingliz olimi Leyshman 1903 yili shu kasallikdan o’lgan odamning talog’idan ajratib olib aniqlagan. Leyshmanioz transmissiv kasallik bo’lib, uni qonso’rar mayda xasharotlar - Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning qonini so’rganida leyshmaniyalar xasharotning xazm yo’liga o’tadi. U erda parazitlarning oldingi uchidan uzun xivchin o’sib chiqadi, ya’ni sodda hayvon xivchinli (leptomonad) ko’rinishga o’tadi. o’ziga leyshmaniozning chaqiruvchisini yuqtirib olgan bu xasharot sog’lom odamning qonini so’rganida parazitlarni unga yuqtiradi. Umuman, leyshmanioz SHimoliy Afrika, Janubiy Evropa va Junubiy-G’arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O’zbekistonning janubiy tumanlarida ham bu kasallik tarqalgan. Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi hayvonlar (qum kalamushlari va yumronqoziqlar) va itlardir, ya’ni bu hayvonlar leyshmaniyaning rezervuari hisoblanadi. Bu hayvonlarning quloqlari, burni va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin bo’lgan boshqa joylarida yaralar xosil bo’ladi. Kemiruvchilarning inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlarning qonini so’radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi. Visseral leyshmaniozning asosan 2 shakli ajratiladi: xind kala-azari hamda o’rta er dengizi visseral leyshmaniozi. Xind kala- azarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo’ladi. 12 Ayrim olimlarning fikriga ko’ra bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po’st qismidagi makrofaglarida ham uchraydi. O’rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsimon bo’lib qoladi. Bemorning jigar va talog’i kattalashib, kamqonlik hamda leykopeniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Jigari va talog’i shishib, bemor xalok bo’lishi mumkin. Kala-azar qo’zg’atuvchisi Janubiy va SHimoliy Osiyoda, Italiyada, Turkmanistonning ayrim xududlarida uchraydi. Professor N.I.Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it- flebotomus-odam ekanligini aniqlagan. Akademik E.N.Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi. Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko’proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet xosil bo’ladi. SHuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi. Kasallikni aniqlash uchun to’sh suyagi ko’migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo’qligi aniqlanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling