5-mavzu. Baliq yetishtirishni o‘rganish metodlari Reja: Baliq jinsini va jinsiy yetukligini organish 2
Download 30.92 Kb.
|
.trashed-1674276581-Мав.5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy sistemasi.
5-mavzu. Baliq yetishtirishni o‘rganish metodlari Reja: 1. Baliq jinsini va jinsiy yetukligini organish 2. Gonadalarni yetuklik darajasi aniqlash 3. Gistologik metodlar Сув манбаини ўрганишда: 1.Сув муҳитининг аниқ плани, 2.Унинг катталиги, чуқурлиги, сув оқими, ҳарорати, фитопланктон, зооопланктон кабилар тўғрисида маълумот, 3.Сув манбаининг ихтиофаунаси тўғрисида маълумотлар бўлиши зарур. Балиқлар ёшини аниқлашда кўкрак сузгич орқасидаги ён чизиқ органининг устидаги тангача олинади.Ҳар бир балиқ учун тайёрланган тангача дафтарига (қоғоз қути) солинади унга тананинг меристик ўлчамлари, узунлиги, вазни жинси, жойи, йиғувчининг фамилияси ёзилади. Ayirish organi. Barcha tuban umurtqalilarnikiga o’xshash akulalarda ham birlamchi buyrak — mezonefros bo’ladi. U ikkita uzunchoq tanacha shaklida bo’lib, umurtqa pog’onasining ikki yonida tana bo’shlig’ining deyarli ko’krak suzgichlari atrofidan to kloakasigacha cho’ziladi. Har buyrakdan bittadan ingichka siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’llari urg’ochilarida siydik so’rg’ichining va yerkaklarida siydik-jinsiy so’rg’ichining tepasidan o’tib kloakaga ochiladi Jinsiy sistemasi. Yerkak akulaning urug’donlari bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pinset bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, qorin yu-zasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ yo’Harming keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ yo’llari siydik yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi. Yerkaklik jinsiy hujayralari urug’donning kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan spyermatozoid urug’ chiqarish yo’li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug’don ortig’iga tushadi va bu yyerda ular to’liq yetilgach, urug’ pufagiga yig’iladi. Otalantirish vaqtida urug’ pufakchalarining devorlari qisqarib, spyermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so’ngra bu yyerdan kopulyativ organ orqali urg’ochisining kloakasiga to’kiladi. Urg’ochilarining juft tuxumdoni ham qizilo’ngachning ikki yonboshida joylashgan. Juft tuxum yo’llari (myullyerov kanallari) esa qorin (ventral) qismida yotadi. Tuxum yo’llarining oldingi uchi jigar atrofidan o’tib, jigarning qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joy-lashgan umumiy voronkaga qo’shiladi. Tuxum yo’llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda bittadan yumaloq bo’rtma bo’lib (sekreti tuxum qobig’ini shakllantiradi), qobiq bezi ana shu bo’rtmaning ichiga o’rnashgan. Tuxum yo’llarining pastidagi ancha kengaygan qismi bachadon deb ataladi. U kloakaga mustaqil teshik bilan siydik so’rg’ichining yonida ochiladi. Yetilgan iuxumlar tuxumdon devorini yorib, tana bo’shlig’i orqali tuxum yo’lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, urg’ochi akulaning tuxum yo’llari tuxumdon bilan qo’shilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri tana bo’shlig’iga ochiladi. Tuxum yo’llarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish akulasimon baliqlarga xos, bunda spyermatozoid bilan tuxum hujayra tuxum yo’lining yuqori bo’limida qo’shiladi. Tirik tug’uvchi vakillarida embrion to’liq shakllangunga qadar tuxum yo’lining bachadon bo’limida saqlanib turadi. Tuxum qo’yib ko’payadigan turlarida esa qalin pardaga o’ralgan tuxumlar tashqariga chiqariladi. Baliq jinsini va jinsiy yetukligini aniqlashda, вазни, жинсий органлар тузилиши, Populyasiyalardagi jinslar nisbati, Gonadalarning yetuklik bosqichlari va yetuklikni turli shkalalarini bir paytda va proporsional ravishda nisbiy baholash мумкин. Gonadalarni yetuklik darajasi K.A.Kiselevich va V.A, Meyen bo‘yicha va Gistologik metodlar erdamida aniqlanadi Балиқ увилдириқлари(икралари) K.A.Kiselevich va V.A, Meyen (1959) шкаласи бўйича таҳлил қилиш беш босқичли шкала билан баҳоланади 1-босқич жинсий органлар ип шаклида, кўзга ташланмайди; 2-босқичда жинсий безлар яшил-сариқ тусга кирган, лупа ёрдамида кўриш мумкин. 3-босқичда тухумдон шаклланган тухумлар ва қон томирлар яққол кўринади; 4- ва 5-босқичларда тухумлар яққол кўринади. Кўпинча 1-2 ва 3-4 қилиб босқичлар оралиғи белгилаб қўйилади.Тухумлар сальфеткага солиниб этикетка ёзилади, 4% формалинда ёки 70% спиртда сақланади. Одатда О-эркак; О-урғочи П, Ш белгиланади. Вояга етмаган ёш балиқлар Juvenil деб ёзиб қўйилади. Ҳайвонларни (Juvenis, adultus, subadultus, senex ) га ажратиш қабул қилинган. Агар балиқ тайёр етилагн гонадаларга эга бўлса ёриш шарт эмас, озгина сиқилса, жинсий маҳсулотлар чиқа бошлайди., бошқа ҳолатларда ёриб кўрилади ва лаборатория шароитида гистологик усулда аниқланади. Baliqlarning ko‘payishi, ya’ni uvildiriq tashlashi suv muhitida hayot kechirishi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik baliqlarning uvildirig‘i, odatda suvda, ona organizmidan tashqarida urug‘lanadi. Shuning uchun rivojlanayotgan uvildiriq embrionining nobud bo‘lish xavfi birmuncha ortadi. Biologik tug‘ilishning davomini ta’minlash uchun baliqlarda, odatda, ulkan serpushtlik yoki avlodi haqida qayg‘urish hosil bo‘ladi. Baliqlarning ayrim turlarida ichki urug‘lanish va tirik tug‘ish hollari paydo bo‘lgan. Baliq qanchalik serpusht bo‘lsa, avlodi haqida g‘amxo‘rlik qilish shunchalik kam bo‘ladi. Turli baliqlar har xil miqdorda uvildiriq tashlaydi va bu miqdor keskin o‘zgarib turadi: akulada bir necha dona bo‘lsa, oybaliqda 30 mln. donagacha boradi. Uvildiriq tashlash davrida (ko‘pchilik baliqlar (zog‘orabaliq, leshch, plotva va boshqalar) nikoh libosini kiyadi: tanasida va boshida tiniq g‘uddalar paydo bo‘ladi. Baliqning xulq-atvori keskin o‘zgaradi, ba’zan ko‘plab to‘da hosil qiladi va minglab kilometr masofaga ko‘chib yuradi. Baliqlarning tuxum qo‘yish vaqti va xarakteri ularning turiga qarab har xil bo‘ladi. Bizdagi ko‘pchilik baliqlar asosan bahorda: zog‘orabaliq va leshch odatda ertalab, boshqa turlari, aksincha, kechqurun va tunda tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yish davri ham har xil baliqlarda turlicha. Qizilko‘z va olabug‘a baliq qisqa muddat ichida (ertalab) tuxum tashlaydi. Leshch va zog‘orabaliqlarning tuxum qo‘yish davri (hatto ayni o‘sha individning o‘zi) bir necha sutkagacha davom etadi. Bu porsiyalab tuxum tashlash deb ataladi. Birgina suv havzasining o‘zida zog‘orabaliq va qorabaliqlarning tuxum qo‘yish davri ba’zan bir oydan oshib ketadi. Baliqlar tuxum tashlash -urchish joyiga ko‘ra ham bir-biridan katta farq qiladi. Baliqlar tuxumini sayoz (20- 40 sm) va katta chuqurlikdagi (500-1000 m) suv havzalariga qo‘yadi. Ko‘p baliqlar (zog‘orabaliq, tovonbaliq va boshqalar) tuxumini o‘simliklarga yopishtirib qo‘yadi. Aksari baliqlar (masalan, bizdagi ship) tez oqar suvlarga tuxum tashlab, ularni toshlarga ilashtiradi yoki toshlar orasiga yashiradi. Baliqlar tana temperaturasi doimo bir xil bo‘lmay, atrofdagi suv temperaturasiga qarab o‘zgarib turadigan hayvonlar qatoriga kiradi. Durust, zo‘r harakatga va ba’zi boshqa sabablarga ko‘ra (masalan, yorug‘lik, ximiyaviy ta’sirlarga ko‘ra) baliq temperaturasining tempuraturasi bir oz (tunets baliqning temperaturasi atrofdagi suv temperaturasidan hatto 100 ortiq) ko‘tarilishi ham mumkin, lekin temperatura keyin tez past tushadi. Shuning uchun atrofdagi muhit temperaturasi baliqning barcha hayotiy protsesslarining borishiga katta ta’sir etadi. Umumiy qoidaga qaraganda atrofda suv temperaturasi ko‘tarilsa, baliq ko‘p ovqat yeydi, gazlar almashinuvi kuchayadi, o‘sish sur’ati, jinsiy mahsulotlarning yetilishi tezlashadi va hokazo. Shunday bo‘lsada, har qanday tur baliq uchun ma’lum temperatura chegaralari bor, shu chegaralarning narigi yog‘ida ham berigi yog‘ida ham baliq yasholmaydi, shu bilan birga, mazkur turning hamma hayotiy protsesslari juda yaxshi borishi uchun hammadan bop (ortimal) temperaturalar ham bo‘ladi. Boyagi eng utski chegaralar bilan optimal temperaturalar, baliqlar sinfida juda ham o‘zgarib turadi. Masalan, ko‘pgina tropik baliqlar suvning 310S gacha isishiga bemalol chidaydi, ba’zi bir baliqlar temperaturasi 450 gacha boradigan qaynar buloqlarda yashaydi, Cyprinodon macularius esa Kaliforniyaning temperaturasi 520 ga baravar keladigan buloqda hayot kechiradi. Ikkinchi tomondan, ba’zi bir baliqlar, masalan, karas va daliya muzlashga chidaydi va gavda suvi yaxlab qolmaydigan bo‘lsa, ya’ni temperaturasi past deganda 0,2-0,3C0 bo‘lsa, botqoqda muzlaganicha qishlay oladi. Bizning sharoitimizda karplarni tuxum qo‘yish muddati (harorat 17-200 S ga yetganda) aprel-may oylariga to‘g‘ri kelib, bir martalik uvildiriqlar soni, ularning yoshiga bog‘liq xolda 100 000-500 000 o‘rtacha taxminan 300 000 ni tashkil etib karp zotlari, jumladan oyna karp sun’iy sharoitda tez rivojlanadi, hammaxo‘rligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Бизнинг шароитимизда карпсимонлар вакилларидан кенг тарқалган турларга сазан, қора балиқ, оқсла, лаққа, карп, иқлимлаштирилган оқ амур, дўнг пешона балиқ ва олабуғасимонларга мансуб илонбош кабилар кириб, улар ҳам турлича яшаш шароитларига мослашган. Download 30.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling