Reja: Suvning asosiy ekologik omillari va ularni organizmlarga ta’sir qilish qonunlari. Suvning kimyoviy tuzilishi. Suvning faol reaksiyasi, stenobiont va evribiontlar Tayanch


Download 62.53 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi62.53 Kb.
#1349601
  1   2   3   4   5   6

3-Mavzu: Suvning kimyoviy va biologik xususiyatlari, undagi ekologik guruxlar.




Reja:

  1. Suvning asosiy ekologik omillari va ularni organizmlarga ta’sir qilish qonunlari.

  2. Suvning kimyoviy tuzilishi.

  3. Suvning faol reaksiyasi, stenobiont va evribiontlar

Tayanch iboralar: suvning kimyoviy tuzilishi, suvning termik xossalari, tabiiy suvlarning zichligi, suvning yopishqoqligi, suvning xarakati, suvda erigan kislorod, karbonad angidrid gazi, serovodorod gazi, suvda erigan mineral tuzlar.
    1. Suvning asosiy ekologik omillari va ularni organizmlarga ta’sir qilish qonunlari.


Suv to’rgan-bitgani mujiza, diniy va dunyoviy ilmlarda xamma jonli narsalar suvdan yuzaga chiqqanligi aytilgan. Ota-bobolarimiz suv bor yerda xayot bor degan ta’limotga asoslanib, uning insoniyat va tabiat xayoti uchun naqadar zarur va qimmatliligini, suvning qadriga yetish, tejab, ifloslantirmay, toza saqlash kerakligi to’g’risida ko’plab nakllar, xikmatlar yaratganlar. Suvning kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o’rganish barobarida suvning ajoyib tuzilishga ega ekanligi, unda yashovchi tirik organizmlar haqida xam bilib olasiz. Suv N2O-odatdagi va G’ayri oddiy modda. Yerda biz uchun odatdagi suvdan muximroq modda yo’q, shu bilan birga suvning xossalaridagi kabi shuncha ko’p qarama-qarshiliqlar va anomaliyalar bor birorta boshqa modda mavjud emas.

Bilamiz-ki, sayyoramiz yuzasining deyarli qismini okean va dengizlar egallagan. Quruqdikning 20% qismi qattiq suv qor va muz bilan qoplangan. Sayyoraning iqlimi suvga bog’liq. Geofiziklar fikriga ko’ra, agar suv bo’lmaganida Yer allaqachon sovib, jonsiz, xayokiz bir bo’lak toshga aylanib qolgan bo’lur edi. Suvning issiqlik sig’imi juda katta. U isiganida issiqlikni yo’tadi, soviganda qaytaradi. Yerdagi suv juda issiqlikni xam yo’tadi, xam qaytaradi va bu bilan iqlimni “tekislab” turadi. Yerni kosmik sovuqlardan xam suvning molekulalari saqlaydi; ular atmosfera bulutlarda suv bug’lari xolida tarqalgan bo’ladi...


Suvni xayotiy muxim modda deyishimizga sabab, odam tanasining deyarli 63-68% i suvdan iborat. Xar bir tirik hujayralardagi deyarli barcha biokimyoviy reaksiyalar suvdagi eritmalarda boradigan reaksiyalardir. Kimyo sanoati korxonalaridagi va dorivor moddalar xamda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishdagi ko’pchilik texnologik jarayonlar eritmalarda (asosan suvdagi eritmalardam) boradi. Metallurgiyada xam suv nixoyatda muximdir, u sovitish uchungina emas, balki boshqa maqsadlarda xam ishlatiladi. Gidrometallurgiya-rudalardan va konsentratlardan turli reagentlarning


eritmalari yordamida metallarni ajratib olish sanoatning muxim tarmogiga aylanganligi tasodifiy xol emas.

Suv xar xil: suyuq, qattiq va gazsimon; chuchuk va sho’r; erkin va bog’langan xolda bo’ladi. XX asr 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlarida maqola va kitoblarda “anomal suv” degan termin tez-tez paydo bo’la boshladi. So’ngra bu termindan voz kechildi. Bu odatdagi “normal” suvning fizik xossalaridagi juda ko’p, lekin kimyoviy xossalaridagi uncha ko’p bo’lmagan anomaliyalarni inkor etish emas edi.


Ma’lumki, kimyoviy birikmalarning xossalari ularning molekulalari qahday elementlardan tarkib topganligiga bogaik bo’lib, ma’lum qonuniyat bilan o’zgaradi. Suvni vodorodning oqsidi yoki kislorodning gidridi sifatida qarash mumkin. VI gruppasining bosh gruppachasidagi elementlar vodorodli birikmalarining suyuqlanish va qaynash xaroratlari qahday o’zgarishini ko’zdan kechiramiz:











Download 62.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling