1-seminar mashg’uloti : Analitik kimyoda organic reagentlarning qo’llanilishi. Organik reagentlarning sinflanishi


Download 74.84 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi74.84 Kb.
#1120510
  1   2   3
Bog'liq
Analitik kimyoda organic reagentlarning qo’llanilishi . Organik reagentlarning sinflanishi


1-seminar mashg’uloti : Analitik kimyoda organic reagentlarning qo’llanilishi . Organik reagentlarning sinflanishi.
Organik reagentlar umuman analitik kimyoda va xususan farmatsevtik tahlilda keng qo'llanadi. Eramizning boshidanoq oshlovchi, siyohli yong'oqni damlamasi bilan temimi aniqlash ma’lum boMgan. Bir necha yuzlab yillar o'tgach (1815-yilda) kraxmal yod ishtirokida ko‘k rangga bo'yalishi aniqlangan.
Kimyoviy tahlilda qo'llangan birinchi sintetik, spetsifik, organik reagent Griss-Iloshvay reagenti (1879-yilda P.Griss taklif etgan va 1898-yilda L.Iloshvay batafsil o'rgangan) a-naftol va sulfanil kislota aralashmasi bo'lib, uni tahlilda qo'llanilishiga nitrit ioni bilan qizil rangli birikma hosil qilishi asos bo'lgan. 1885 yili
M.A. Ilinskiy va G.L. Knorre a -nitrozo-p-nafitolni kobalt ionini ochish va aniqlash uchun tavsiya etganlar. Bu reaksiya, o'sha davrda kobalt kationini ochishda qo'llanilayotgan kaliy nitritning reaksiyasidan 120 marta sezgirroq bo'lgan. 1905-yilda “Nemis kimyo jamiyatining ma’ruzalari”da chop etilgan L.A.Chugayevning
“Nikel uchun yangi sezgir reagent” maqolasida dimetilglioksim nikelga sezgir reagentligi haqida ma’lumot berildi va keyinchalik 1906 yilda o'zining doktorlik dissertatsiyasida kashfiyotiga doir tadqiqot natijalarini bayon etdi. L.A.Chugayev taklif etgan reaktiv bugungi kunda ham nikel ionini ochishda tengi yo'q reagent hisoblanadi. Bunday reaksiyalaming (hammasida bo'lmasa ham) aksariyat hollarida xelat kompleks, ayniqsa ichki kompleks birikma va metall kompleksonatlarini hosil qiluvchi ligandlar qoMlaniladi. Bunday ligandlar molekulalari tarkibida kompleks hosil qiluvchi, metall atomi bilan barqaror koordinatsion bog‘, ko'pincha, barqaror halqa, hosil qiluvchi fiuiksionaIfaol guruhlar (FFG) boMishi shart. FFG tarkibida OH, SH, NH , C = 0 , C =S azot geteroatomlari va boshqa guruhlar boMadi. Masalan, mis (II) ioni p-asiloinoksim guruhi boMgan organic birikmalar bilan besh a’zoli metallik halqa Cu2+ saqlagan yashil rangli kompleks birikma hosil qiladi:

Kadmiy ionlari Cd2+ Ar— N = N —N H — Ar' (Ar va Ar'—aril radikallari) tarkibli FFG sifatida diazoaminoguruhi saqlagan organik reagentlar bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi. Surma (III) FFG sifatida aromatik yadroda qo'shni fenol guruhlari boMgan ligandlar (masalan, pirogallol) bilan oz eruvchan oq cho'kmalar hosil qiladi. Hosil boMgan komplekslarda besh a’zolik metallik halqa boMadi:

Bugungi kunda juda ko'p FFG ma’lum. Organik birikmadan analitik reagent sifatida foydalanish uchun uning molekulasida FFG bo'lishi shart, ammo shuning o'zi kifoya qilmaydi. Ko'p hollarda yana analitik faol guruh (AFG) bo'lishi ham taqozo etiladi. AFG ko'pincha markaziy metall ioni bilan bevosita koordinatsion bog' hosil qilmasa ham, FFGning analitik samarasini kuchaytiradi. FFG va AFG aniqlanuvchi metallning markaziy
atomi bilan uyg'unlashib, tegishli analitik reaksiyada muhim ahamiyat kasb etuvchi “analitik tugun” hosil qiladi.
FFG va AFG tushunchalari L.M.Kulberg tomonidan kiritilgan. Ichki kompleks birikmalami kimyoviy tahlilda qo'llanilishining ba'zi asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
a) metallar ionlarini eritmadan cho'ktirishda kompleks birikma
oz eruvchan bo'lishi;
b) agar metallni ochish yoki aniqlash rangli birikma hosil
bo'lishiga asoslangan bo'lsa, bu rang intensiv va ayni holatni
o ziga xos bo'lishi;
d) hosil bo'layotgan komplekslar barqaror bo'lishi (barqarorlik doimiysini katta bo'lishi).
Ko'rsatilgan talablar amalga oshishi uchun quyidagi shartlar

Download 74.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling