2-laboratoriya ishi. Oqsillar va aminokislotalarning rangli reaksiyalari


Download 377.66 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi377.66 Kb.
#1013985
Bog'liq
Oqsillar va aminokislotalarning rangli reaksiyalari

2-LABORATORIYA ISHI.   Oqsillar va aminokislotalarning rangli reaksiyalari

  • 1.Biuret reaksiyasi. Oqsilar ishqoriy sharoitda mis sulfatning eritmasi bilan murakkab kompleks birikma hosil qiladi. Reaksiya molekulada 2 ta yoki undan ortiq peptid bog‘lar
  • O N
  • P II
  • -S- N —
  • gruppalari bо‘lishiga bog‘liq. Peptidlar va oqsillarni mis natriyli tuzlari bilan hosil qilgan kompleksining tuzilishini quyidagicha yozish mumkin.

Bu yerda —R1 R2 R3 R 4... - aminokislotalarning qoldiqlari.

Reaksiya natijasida hosil bо‘lgan rangning intensivligi peptidlarning uzunligiga bog‘liq bо‘lib, kо‘k binafshadan to qizil-binafshagacha va qizil rang oralig‘ida bо‘ladi.

  • Reaksiya natijasida hosil bо‘lgan rangning intensivligi peptidlarning uzunligiga bog‘liq bо‘lib, kо‘k binafshadan to qizil-binafshagacha va qizil rang oralig‘ida bо‘ladi.
  • Siydikchil (mochevina) qizdirilganda uning ikki molekulasidan NN3 ajralib chiqib reaksiya natijasida biuret hosil bо‘ladi.

Kerakli asboblar: probirkalar bilan shtativ; 1,2 va 5 ml li pipetkalar, spirt lampasi.

  • Kerakli asboblar: probirkalar bilan shtativ; 1,2 va 5 ml li pipetkalar, spirt lampasi.
  • 1) Tuxum oqsilining eritmasi. 2) Natriy ishqorining 10% li eritmasi. 3) Mis sulfatning 1% eritmasi. 4) Siydikchil.
  • Ishning borishi. 1 . Probirkaga 100-200 mg mochevinaning kristallidan solib, ammiak hidi hosil bо‘lgungacha qizdiriladi. Hosil bо‘lgan massa sovitilgandan keyin probirkaga 2 ml natriy ishqoridan 1-2 tomchi mis sulfatdan solinadi. Reaksiya natijasida pushti rang hosil bо‘ladi.

 

  •  
  • 2) Ksantoprotein reaksiyasi.
  • Bu reaksiya aromatik aminokislotalar uchun xarakterlidir (fenilalanin, tirozin, triptofan). Oqsil va polipeptidlarni konsentrlangan nitrat kislotasi bilan qizdiriladi, bunda sariq rangli nitrobirikmalar hosil bо‘ladi.
  • «Ksantos» — bu grekcha sо‘z bо‘lib, sariq degan ma’noni beradi. Tirozin konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida dinitirozinni (sariq rangli) hosil qiladi.

Ksantoprotein reaksiyalarini oddiy aromatik birikmalar-benzol va uning gomologlari, fenol va boshqalar ham beradi.

  • Ksantoprotein reaksiyalarini oddiy aromatik birikmalar-benzol va uning gomologlari, fenol va boshqalar ham beradi.
  • Reaktivlar. 1) Tuxum oqsilining eritmasi. 2) Jelatinaning 1% li eritmasi. 3) Konsentrlangan nitrat kislotasi. 4) Natriy ishqorining 20% li eritmasi yoki konsentrlangan ammiak eritmasi (20-25%). 5) Fenolning 1% li eritmasi.
  • Ishning borishi Probirkaga 2-3 ml fenol eritmasidan solinadi va 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislotasi probirka devorlari orqali quyiladi. Ehtiyotkorlik bilan qizdirilganda sariq rang hosil bо‘ladi. Probirkaga 1-2 ml tuxum oqsilidan solib, unga 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan qо‘shib qizdirilganda chо‘kma sariq rangga kiradi. Sovutgandan keyin probirkaga ehgiyotkorlik bilan ammiak eritmasidan yoki natriy ishqorining eritmasidan qо‘shiladi, natijada tо‘q sariq rang hosil bо‘lishi kuzatiladi.

Probirkaga 1-2 ml jelatinaning 1% li eritmasi, 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasi eritmasidan qо‘shib qizdiriladi. Jelatina tarkibida aromatik aminokislotalarni saqlamaganligi uchun bunday reaksiyani bermaydi.

  • Probirkaga 1-2 ml jelatinaning 1% li eritmasi, 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasi eritmasidan qо‘shib qizdiriladi. Jelatina tarkibida aromatik aminokislotalarni saqlamaganligi uchun bunday reaksiyani bermaydi.

3.Oltingugurt tutuvchi aminokislotalar uchun reaksiyasi.

  • 3.Oltingugurt tutuvchi aminokislotalar uchun reaksiyasi.
  • Kо‘pincha oqsil molekulalari tarkibida oltingugurt tutuvchi aminokislotalar sistein, sistin va metioninni saqlaydi.
  • Oqsilga ishqor qо‘shib qizdirilganda, bu aminokislotalardan oltingugurt vodorod sulfid holida ajralib chiqadi va vodorod sulfid qо‘rg‘oshin atsetat bilan qora chо‘kma qо‘rg‘oshin sulfidni hosil qiladi.

Reaktivlar. 1) Tuxum oqsili. 2) Natriy gidroksidning 20% li eritmasi. 3) Qо‘rg‘oshin atsetatning 0,5% li eritmasi.

  • Reaktivlar. 1) Tuxum oqsili. 2) Natriy gidroksidning 20% li eritmasi. 3) Qо‘rg‘oshin atsetatning 0,5% li eritmasi.
  • Ishning borishi. Probirkaga 1-2 ml oqsil eritmasidan solinadi va teng hajmda natriy ishqoridan qо‘shiladi, qaynaguncha qizdiriladi va 1-2 tomchi qо‘rg‘oshinning atsetatli tuzi eritmasidan qо‘shiladi. Natijada qora chо‘kma RbS hosil bо‘ladi.
  •  

Ningidrin reaksiyasi

  • Ningidrin reaksiyasi
  • Oqsil eritmasi va polipeptidlarida ningidrin reaksiyasi aminokislotalarni α-holatdagi amino grudlalari hisobiga sodir bо‘ladi. Reaksiyaning mohiyati shundan iboratki, α - aminokislotalar va peptidlar, ningidrin ta’sirida dezaminlanish va dekarboksillanish jarayonlari boradi. Reaksiya natijasida SO2, NN3, aldegid va qaytarilgan ningidrin hosil bо‘ladi. Qaytarilgan ningidrin, ammiak va bir molekula ningidrin о‘zaro reaksiyaga kirishib, kо‘k-binafsha rangli birikma hosil qiladi.

Kerakli asboblar: probirkalar bilan shtativ; pipetkalar; suv hammomi.

  • Kerakli asboblar: probirkalar bilan shtativ; pipetkalar; suv hammomi.
  • Reaktivlar. 1) 0,2% li ningidrinning spirtdagi yoki atsetondagi eritmasi solinib, suv hammomida qizdiriladi. Natijada binafsha rang hosil bо‘ladi. Boshqa probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi hamda 10-12 tomchi ningidrin eritmasi solinadi. Eritmalar aralashtirilgach, bir necha minut suv hammomida qizdiriladi. Reaksiya natijasida kо‘k-binafsha rang hosil bо‘ladi.

Download 377.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling