Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi Reja


Download 21.82 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.82 Kb.
#1039272
  1   2   3
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi(2)


Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi
Reja:
1. Ishlab chiqarish sanitariyasiga ta’rif
2. Mehnat gigiyenasiga ta’rif
3. Ishlab chiqarishga bog’liq, sanitariya va gigiena talablari

Ishlab chiqarish sanitariyasi — sanitariyaning bir boʻlimi; sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga qaratilgan sanitariya sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariya gigiyena normalariga bekamukoʻst rioya qilish, ishchi xizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va hokazolarning gigiyena talablari darajasida boʻlishini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari, ichki omillari, havodagi chang, kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya kuchi, shovqin va hokazo, shuningdek, harorat, namliklarning maromida boʻlishini nazorat qiladi. Korxona qurilishi va ishchilarga topshirilishigacha boʻlgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiyena qoidalariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchi xizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalarini qoʻllash korxona rahbariyati zimmasida boʻlib, ular davlat tomonidan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish koʻrishlari talab etiladi. Korxona, muassasa, tashkilotlarning gigiyena normalariga, sanitariya gigiyena qoidalari va boshqalarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazorati organlari, asosan, sogʻliqni saqlash idoralari va vazirliklari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat qiladi.


Mehnat gigiyenasi - ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi, ishlab chiqarish korxonalari hududlarining tozalik holatini yaxshi saqlash, obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (ventilyatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish va ulardan himoyalashda avvalambor ish joyidagi shaxsiy gigiyena masalalari asosiy rol o‘ynaydi. Shaxsiy gigiyena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda, ovqatlanganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ya’ni yashaydigan joyni ozoda tutish va boshqalar. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo‘ladi. Agar bir kishi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u o‘z oilasida va ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya me’yorlari va qoidalari yotadi, ya’ni kishilar organizmini turli sharoit va muhitlarda qobiliyati va chidamlilik chegarasi aniqlanilib ishlab chiqrish joylarida muhitning MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiya), MRM (me’yoriy ruxsat etilgan miqdor), MRD (me’yoriy ruxsat etilgan daraja)lari ishlab chiqilgan va joriy qilingan.
Bularning me’yoriy darajasini ta’minlab turish sog‘lom mehnat sharoitlariga kafolat beradi. Amaldagi sanitariya me’yorlaridan SM 245-71 korxonalarni joylashishiga hamda ularning hududini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni belgilaydi.


Download 21.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling