Reja: Suvning asosiy ekologik omillari va ularni organizmlarga ta’sir qilish qonunlari. Suvning kimyoviy tuzilishi. Suvning faol reaksiyasi, stenobiont va evribiontlar Tayanch
Download 62.53 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning
Suvning kimyoviy tuzilishi.Suvning kimyoviy tuziliish. Suvning ekologik muxit sifatidagi roli. uning fizikaviy xislati, xarakati, kimyoviy tarkibi va undagi omillardan iboratdir. Tabiiy suvlar massasi ikki atom vodorod va bir atom kisloroddan (H20) iborat. Ayrim xollarda og’ir suvlar (H2O18 ) xam uchraydi. Suvda. deyteriy bo’lsa. uning zichligi 10,8% yuqori bo’lib, suv xarorati 3,3°S darajada bo’lganda muzlasa, 101,4°S da qaynandi va katta yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’ladi. Suvda xaroratning ko’p yemirilishi bilan suvniig strukturasi asta-sekin buziladi. Suv molekulalari bir-birlari bilan yaqinlashib, jipslashib, suyo’qlik zichligi ortib boradi, lekin, xaroratning ortishi bilai suvning molekulalar tuzilishi mutlako buziladi, molekulalar sochiltan xolda joylashadi va suvning solishtirma OFirligi kamayadi. Suv 40°S daraja atrofida kizdirilganda uning tirik organizm tanasidagi speqifik funksiyasi va tuzilishi buziladi. Suvning termik xossalari. Tuproq va xavoga nisbatan suv o’zining ancha doimiy xarorati bilan farqlanadi. bu xolat suvdagi xayot uchun katta axamiyatga egadir. Suvda xararatning ma’lum darajada doimiyligiga uning katta issiq saqlash (1 kal/g) kobiliyati sababdir. Shuning uchun issiqlikni pasayishi yoki chiqib ketishi xaroratning katta o’zgarishiga olib keladi. Dunyo okeani suvida xaroratning o’zgarib turishi +30-40 S ga tashkil kilsa, tuproq va xavoda+120-140 S ga boradi. Suv mo’zlash davrida kengayadi, muz suvdan yengilligi tufayli suv yuzasiga chiqib, suvdagi issiqlikni saqlaydigan qatlam xosil qiladi. Shu sababli suvdagi gidrobiontlar mo’zlashdan xolidirlar, vaxolanki yer yuzidagi ko’pchilik organizmlari mo’zlashdan nobud bo’ladilar. O’rta Osiyo daryolari suvining xarorati mintaqalar bo’yicha balanddan pastga suvning oqimi bo’yicha o’zgarib turadi va bu o’zgarish tabiiy va suniy havzalarning xaroratiga xamda ulardagi gidrobiontlarning tarqalishiga ta’sir qiladi. Yuqori tog’lik mintaqada yoz faslida daryo suvining xarorati 1-3S darajada bo’lsa, suvning oqimiga qarab xarorat 5-6 (10S) ga ko’tariladi. Tog mintaqasida suvning xarorati 6-15 S, adir mintaqasida 10-20°S, tekislikda esa 15-30 S gacha ko’tariladi. Kanallar suvining kishdagi xarorati 1-3°, yozdagi 24-32S. Ko’pchilik yuqori tog’li ko’llar suvining xarorati yoz faslida 5-16°S, kishda ko’llarning yuzasi qalin muz bilan qoplanadi. Masalan, Pomirdagi Qorako’lda muzning qalinligi 120 sm bo’lib, mo’zlash 230-240 kun davom etadi. Sarez ko’lining yuzasi 110-120 kun, Yashil ko’lda 90-120 kun suv muz bilan qoplanib yotadi. Tog va adir mintaqalaridagi ko’llar suvining xarorati turlicha, ya’ni yoz faslida Sarichelak ko’lida o’rtacha xarorat 20-21 S, Iskandar ko’lda 15-18°S, Issiq-ko’lda 23-29'S dir. O’rta Osiyo sholi poyalarida suvning xarorati yoz faslida 40-43°S. turli balnkchilik xovuzlarida esa xarorat 28-34°S ga ko’tariladi. tunda 24-26°S ni ko’rsatadi. Suv xarorati ancha turFun, 6yF kosil qilishi vaqtida yuqori darajada isiydi (539 kal/g) va muz eriydi (80 kal/g). Suv kiziganda buvlanish kuchayadi va xarorat saqlanib turadi. Yil davomida gidrosferaning bug’lanishi natijasida chiqaradigan issiqlik taxminan 2,10 19kal/ga teng bo’lib, shu vaqt ichida Yer yuzasidagi odam yaratgan texnika energiyasidan 400 marotaba ortiqdir. Suvning xarorati (0S) pasayib, muz xosil bo’lganda xam suv qatlamlaridan ma’lum miqdorda issiqlik ajratiladi va xaroratni keskin pasayishiga xamda suvning xamma qatlamlarini muzga aylanib qolishidan saqlaydi. Suv xarorati quyosh’ radiaqiyasining intensiv ta’siri ostida o’zgaradi va bu ikki ekologik omil gidrobiontlarning yil davomida rivojlanish darajasini gekislik va tof mintaqalarida turlicha belgilaydilar Suvning issiqlik o’tkazish qobiliyati unda o’zgargan xaroratning tarqali shi ancha chegaralab qo’yadi. Buning natijasida turli xaroratli suv qatlamlari yoki suvda xorarat stratofikaqiyasi yuzaga keladi. Temperatura stratofikaqiyasining xosil bo’lishi suv xaroratining 4S dan 0°S ga pasayishi bilan uning zichligini kamayishiga sabab bo’ladi. Tabiiy suvlariig zichligi ularda erigan xoldagii moddalarning miqdori va xarorat darajasi bilan aniqlanadi. Suvda tuzlar miqdorining ortishi bilan suvning solishtirma OFirligi 1,347 g/sm3 ga yetishi Suv zichligi ekologik omil bo’lib, organizmlarga bosim sifatida tasir qiladi. Bosim suvning turli chuqurligida turlicha bo’lib, atmosfera («atm») bilan ulchanadi. Chuchuk suvlarda 10,3 m chuqurliklarda dengiz suvlarida 9,986 m chuqurlikda (xarorat 4S) suvning bosimi 1 atm.ga teng. Dengiz va okeanlarda bosim 1000 atm.dan xam ortiqdir. Bosimnin keng o’zgarishiga moslashgan organizmlarni evribat, ma’lum bosim va chuqurlikda yashaydigan gidrobiontlarni esa stenobatlar deb atashadi. Ko’pchilik gidrobiontlar bosimni ko’p ortishiga chidamlidir. Masalan, tajribada qisqichbaqa (Rashugrarsus) 900m chuqurlikka, mollyuskalar (Mvtilus edulis) 2227m, bakteriyalar (Escherichia coli) 1000atm. Qiskichbakasimonlar suvning bosimi 100atm.ga ko’tarilganida bezovtalanib, 400 atm.da ularning faolligi yo’qoladi va nobud bo’ladi, ulik xolda suv ostiga tushadilar. Infuzoriya va xivchinlilarning faolligi bosim 260-950 atm.da pasayadi. Gidrobiontlardan ayrimlari 1000atm bosimda to’rgan aktiniyalar 5-6 soat, dengiz yo’lduzlari 10-12 soatdan keyin normal xayot faoliyatiga qaytganlar. Bosimning ortishi bilan gidrobiontlarda gaz almashinish kuchayadi. Organizmlardagi gaz kameralari-baliqlardagi gaz kopchalari sodda tuzilgan xayvonlar sitoplazmasidagi, meduza, mollyuska tanalaridagi gaz bushliklari suvdagi gidrostatik bosimni kbul qilish bilan organizmlarni turli chukrliklarda moslanishga olib kelgap. Suvning yopishqoqligi 10°S qaroratda 1,31 spz (santipuaz) ga teng. Yopishqoqlikning ulcham birligi puaz (pz) bo’lib, unda tezlikning gradiyenti 1 sm./sek.ga teng (Puazning yuzdan biri-santipuaz). 10"S qaroratda gliqerinni yopishqoqligi 3950 spz.ga teng. Suvning kam yopishqoqligi organizmlarning so’zishiga imkon beradi. Xaroratning ko’tarilishi bilan suvning yopishqoqligi kamayib boradi, ya’ni: Download 62.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling