1-laboratoriya mashg’uloti. Ildizning o’sishiga geteroauksinning ta’siri


Download 0.54 Mb.
bet1/2
Sana16.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1704966
  1   2
Bog'liq
Влияние гетероауксина на рост корней


1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
Ildizning o’sishiga geteroauksinning ta’siri
Ma’lumki, o’simliklarning o’sish va rivojlanish jarayonidafitogarmonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Fitogarmon deyishimizga sabab, bu moddalar o’simlik to’qimalarida va organlarida hosil bo’lib, boshqa tuqima va organlarga o’z ta’sirini o’tkazadilar.
Fitogarmonlar o’zlarining tabiati va ta’sir mexanizmiga qarab - uksinlar, gibberelliplar, tsitokininlar va ingibitorlar (tormozlovchi) guruhlarga bo’linadi. Bu moddalar to’qima va organlardagi tsentratsiyaga, bir-birlariga bo’lgan nisbatiga va o’simliklarning logik holatiga qarab, fiziologik jarayonlarni tezlatishi yoki ularni to’xtatishi mumkin.
Dars maqsadi: Talabalarda o’simlik ildizlarini o’stirishda laboratoriya sharitida ishlash ko’nikmalarini shakllantish va fitogormonlar ta’siri ham qo’llash usullari bo’yicha bilimlarini kengaytish.
Kerakli reaktiv va asboblar:Chigit va bug’doy urug’i, geteroauksinning 0,01 % eritmasi, Petri kosachasi, o’lchov tsilindri, pipetka, filtr qog’ozi, lineyka yoki millimetrli qog’oz.
Ishning borishi.Toza yuvilgan Petri kosachasidan 10 ta olib, kosachalar ichki qismiga filtr qog’ozidan qirqib qo’yiladi. Olingan tajriba 5 tasi g’o’za chigitini, 5 tasi esa bug’doy urug’ini undirish uchun birinchi ularning bittasiga tartib raqami yozib ko’yiladi. Natijada ingichka bo’lgan kosachalarda chigit, oltinchidan o’ninchigacha bug’doy urug’i undiriladi.
Tajribaga olingan har bir o’simlik, 5 ta variait tizimida, har xil Konsentratsiyaga ega bo’lgan geterauksin eritmalarida o’stiriladi. Buning uchun birinchi variant kosalariga 10 ml dan distillangan suv, qolgan variantlardagi kosalarga esa 10 ml dan geterauksinning har xilKonsentratsiyaga ega bo’lgan eritmalari quyilib, Petri kosachalardagi filtr qog’ozi xo’llanadi. So’ngra har bir variantdagi kosachalarga 5 tadan bir xil kattalikdagi g’o’za chigitidan va bug’doy urug’idan olib undirishga qo’yiladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling