1. Экология фани вазифаси нима? Экология фани мақсади нима?


Download 22.48 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22.48 Kb.
#199363
Bog'liq
Саволлар


Саволлар

1. Экология фани вазифаси нима?

2. Экология фани мақсади нима?

3. Экология фани предмети нима?

4. “Экология” атамасини фанга ким киритган?

5. Биогеоценоз тушунчасини ким илмий асослади?

6. Ч.Дарвиннинг экология фани ривожидаги хизматларини айтинг?

7. Экологиянинг ўрганиш услубларини сананг?

8. Экологик таьлим тушунчасини ифодаланг?

9. Экологик маданиятни тушунчасини ифодаланг?

10. Филогенетика фани нимани ўрганади?

Javoblar:



  1. Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada qondirishga qaratilgan holda antropogen biostenozlarni qayta ko’rib chiqish va ularni mahsuldorligini va barqarorligini oshirilishga qaratilishi zarur. “Inson va biosfera ” deb nomlanuvchi xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda inson tomonidan atrof-muhitni o’rganishning aniq ilmiy o’ynalishlari belgilab berilgan:

----- Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish.

----- Insonni tabiiy tizimlarga va biosferaga ta’sirini bir butun holda o’rganish.

----- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

----- Inson faoliyati natijasida tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilish.

-----Biosferada kuzatilgan jarayonlarni boshqarish va insonning yashash muhitini saqlash.

----- Populyastiyalar sonini boshqarish.

----- Zararkunanda turlarga qarshi kurash uchun kimyoviy moddalarni qo’llashni minimum darajada foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

-----Sanoat majmualarini ko’rishda ekologik ekspertiza o’tkazish.

----- Buzilgan va izdan chiqqan tizimlarni qayta tiklash.

----- Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tkazish.


----- Biosferaning ayrim uchastkalarini etolon sifatida saqlash.

  1. Ekologiyaning bosh maqsadi - tabiat, jamiyat ular bog'liqligining yangi qarashlari, kishilik jamiyatini biosferaning bir bo'lagi ekanligi boshqalargao'rgatishdir.



  1. Ekologiya fanining o‘rganadigan predmeti - tirik organizmlar, populyatsiyalar, turlar, biotik va biosferik darajada tashkil qilingan ekotizim va uning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasidir.



  1. Ekologiya atamasini fanga 1-marta 1866-yil nemis biologi Ernest Gekkel kiritgan. ”Ekologiya” so’zi yunonchada “ekos”- uy, yashash joyi, maskan, “logos”- fan demakdir. O’z mazmuniga ko’ra “uy haqidagi, o’zining yashash joyi haqidagi fandir” degan ma’noni anglatadi. Boshqa barcha bilimlar yo’nalishlari kabi ekologiya insoniyatning butun tarixi davomida muttasil, ammo notekis rivojlangan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarida ekologik yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi. Biroq yunonlar “Ekologiya” atamasidan foydalanishmagan.



  1. V.N.Sukachev 1942~yil “biogeosenoz” tushunchasini ilmiy asosladi, uning fikricha, organizmlar o'ziari yashab turgan muhitdagi abiotik omillar bilan o‘zaro aloqada, barcha organizmlar va anorganik muhit bir-biriga bogliq, tabiatda modda aylanishi va energiyaning hosil boiishi biogeotsenozning asosi hisoblanadi.



  1. Ekologiyaning rivojlanishi va shakllanishida Ch.Darvin organik dunyoda evolyutsiyaning asosiy qonuniyatlarini isbotladi, “yashash uchun kurash”, abiotik muhitda tirik organizmlarning o‘zaro va bir-biri bilan bog‘liqligini asoslab berdi.



  1. Ekologiyani o‘rganishning beshta uslubi mavjud. Bular: 1) kuzatib va yozib borish uslubi - avval o'rganadigan obyektlar haqida ma’ lumot to‘planadi, keyin yozib boriladi; 2) taqqoslash uslubi - o‘rganadigan obyektlaming o ‘xshashligi va farqi tahlil qilib ko‘riladi; 3) tarixiy uslub - rivojlanish davrlarini o‘rganishga mo’ljallanadi; 4) tajriba uslubi - tabiatda boladigan jarayonlarni ma’lum sharoitda tajriba asosida o‘rganadi; 5) modullashtirish uslubi tabiatdagi murakkab hosildorlikni oddiy modullar nisbatida o‘rganish.



  1. Ekologik ta’lim - maqsadli yo'naltirilgan reja asosida tizimli ekologik bilim, madaniyat, malaka va o‘quvni rivojlanish jarayonida o‘rganib borishdir. Hozirgi kunda ekologik ta’lim tizimi uzluksiz, to‘plangan, fanlararo birlashgan xarakterli mutaxassislikdan kelib chiqib shakllanmoqda. Aholiga ekologik ta’lim beruvchi markazlar tashkil qilinib, bu joyda oddiy aholi ekologiya sohasida o‘z bilimlarini kengaytirib va chuqurlashtirib bormoqdalar.



  1. Ekologik madaniyatning shakllanishi - ekologik ong va tushunchani shakllanishi bo’lib, atrof-muhit bilan chambarchas bogliq bo’lishdir. Ekologik madaniyatning asosiy g‘oyasi - inson va tabiat o‘rtasidagi bog’liqiik moddiy tomondan emas, balki ma’naviy jihatdan bolishi kerak. Tabiatga zarar bermaslik va global o‘ylash har bir insonning burchi bolishi lozim. Yerda abadiy hayot bo’lishi uchun insoniyat o‘zi yashaydigan yerni doimo asrashi, qayta yashartirishi va ekologik madaniyatni rivojlantirishi zarur.



  1. Filogenetika — organizmlar va ular populyatsiyalari o‘rtasidagi genetik qarindoshlik darajasini, evolyutsion divergensiya va tur paydo bo‘lish genetikasini tadqiq qiladi.

Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling