Ekologiya atamasini fanga 1-marta 1866-yil nemis biologi ernest Gekkel kiritgan. "Ekologiya" so’zi yunonchada "ekos"- uy, yashash joyi, maskan, "logos"- fan demakdir


Download 29.86 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi29.86 Kb.
#1506615
Bog'liq
Ekologiya Doston


Ekologiya atamasini fanga 1-marta 1866-yil nemis biologi ernest Gekkel kiritgan. ”Ekologiya” so’zi yunonchada “ekos”- uy, yashash joyi, maskan, “logos”- fan demakdir. O’z mazmuniga ko’ra “uy haqidagi, o’zining yashash joyi haqidagi fandir” degan ma’noni anglatadi. Boshqa barcha bilimlar yo’nalishlari kabi ekologiya insoniyatning butun tarixi davomida muttasil, ammo notekis rivojlangan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarida ekologik yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi. Biroq yunonlar “Ekologiya” atamasidan foydalanishmagan.
Bizni o’rab turgan barcha o’rmonlar, muzliklar, tog’u dashtlar, havoyu suvlar, xullas tabiatning har bir shaxobchasi odamning a’zolari kabi bir-biri bilan uzviy, muvozanatli tarzda bog’langandir. Tabiatning biron-bir joyida sodir bo’ladigan o’zgarish, o’z navbatida,uning muvozanatga qandaydir ta’sir ko’rsatmay qolmaydi
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, shuningdek tabiatga antropologik (insonning bevosita qatnashishi) ta’sir etishning toboro kuchayishi natijasida tabiiy omillarning o’zaro bog’lanishi ma’lum darajada muvozanatdan chiqmoqda.
Ekologiya fani organizmlarning o’zaro va ular yashaydigan muhit bilan munosabatlarini o’rganadi, ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hudud va akvatoriyalarga to’g’ri keladigan muhitlaridan iborat tizimlari tabiatini tadqiq etadi. Populyatsiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ko’pincha umumiy ekologiya to’rt bo’lib o’rganiladi, ya’ni autekologiya, populyatsion ekologiya, sinekologiya va biosfera haqidagi ta’limotlardir
Biosfera (yunoncha “bios”- hayot, spharia – shar) tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig’idir. Uning tarkibi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera o’zida tirik notirik komponentlarni hamda bir butunlikni tashkil etadi. U litosferaning yuqori qismini, butun gidrosferani, tropasfera va stratasferaning quyi qismini o’zida qamrab olgan. Biosfera to’g’risidagi ta’limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan. Ekologiya uchun biosfera ta’limotining ahamiyati juda kattadir. Chunki biosfera tirik va notirik tabiatning oliy darajadagi o’zaro ta’siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir.
Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I Vernadskiy esa tirik va notirik organizmlarning o’zaro ta’sirini o’rganib, biosfera tushunchasini yangi ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birinchi sohasi tarzida tusuunadi.
Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo’lishi muommosiga bo’lgan qarashlarini ifodalaydi.
U bir necha variantlardan iborat:

  1. Hayot yer paydo bo’lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan.

  2. Hayot yer paydo bo’lgandan keyin yuzaga kelgan.

  3. Hayot yerning shakllanish jarayonida yuzaga kelgan.

Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlashdan iborat. Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy mummolaridan biridir, uni hal etish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”- deyao‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan.
Issiqlik elektr stansiyalari va atom elektr stantsiyalarida suvning asosiy iste’molchilari turbinali kondensatorlardir. Suv iste’moli bug’ning dastlabki va yakuniy parametrlariga va texnik suv ta’minoti tizimiga bog’liq. Qozon agregatlarining isitish yuzalarini yuvishda xlorid kislotasi, gidroksidi soda, ammiak, ammoniy tuzlari, temir va boshqa moddalarning suyultirilgan eritmalari hosil bo’ladi. IESlarning gidrosferaga ta’sirining asosiy omillari issiqlik chiqindilari bo’lib, uning oqibatlari quyidagilar bo’lishi mumkin: suv omborida haroratning mahalliy doimiy o’sishi; haroratning vaqtincha umumiy ko’tarilishi; muzlash sharoitidagi o’zgarishlar, qishki gidrologik rejim; suv toshqini sharoitlarining o’zgarishi; yog’ingarchilik, bug’lanish, tuman taqsimotining o’zgarishi. Iqlim o’zgarishi bilan birga, issiqlik chiqindilari suv havzalarining suv o’tlari bilan haddan tashqari ko’payishiga, kislorod balansining buzilishiga olib keladi, bu daryolar va ko’llar aholisining hayotiga tahdid soladi. IES ning litosferaga ta’sirining asosiy omillari uning yuzasida qattiq zarralar va suyuq eritmalarning cho’kishi – atmosferaga emissiya mahsulotlari, litosfera resurslarini iste’mol qilish, shu jumladan, o’rmonlarni kesish, yoqilg’i qazib olish, issiqlik elektr stantsiyalarini qurish va kul chiqindilarini qurish uchun ekin maydonlari va o’tloqlarni qishloq xo’jaligi aylanmasidan olib qo’yish. Ushbu o’zgarishlarning natijasi landshaftning o’zgarishidir.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta’sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o’zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o’tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto’g’ri foydalanishi natijasida XX asrning o’rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq bo’lgan har qanday hodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko’chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Global ekologik muammolar dunyo bo’yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta’sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba’zilari bilan tanishamiz: Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi S02 miqdori ortib borayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko’lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog’liq. Yer yuzasining global isishi, ya’ni atmosferaning dimiqishi S02 ning havo tarkibida ortib ketishi, o’rmonlarning kesilishi, toshko’mir va benzin kabi yoqilg’ilarning yonishidan atmosferada to’planadigan S02 gazi tufaylidir.
Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir. Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda ―xom-ashyo – ishlab chiqarish iste`mol qilish ikkilamchi xom-ashyo resurslari siklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va tabiiy atrof-muhitga yetkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara olmaydi. Ushbu ta`rifda 3 ta shart mavjud:
1.Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil etadi.
2.Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potensialidan to`liq foydalanishning majburiyligi.
Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta`sir etmasligi. Ishlab chiqarish chiqindilari. Bu xom-ashyo qoldiqlari, qisman yoki tuliq sifatini yo’qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan materiallar va yarim mahsulotlar (polufabrikatlar) dir. Bunday chikindilarga ishlov bermasdan yoki dastlabki ishlov berib, qayta ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Masalan, plastmassadan tayyorlangan mahsulotlar ( idishlar, quvurlar, plenkalar, uy-ruzgor buyumlari va boshkalar), rangini, andozalarini yuqotgan, bir marotaba ishlatiladigan mahsulotlar (shipritslar)ning sifat kursatgichlari davlat andozalariga mos kelmasa, ular ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanishi mumkin.
Hayot Yerda taxminan 3,7 milliard yil oldin, boshqa manbaga ko’ra, taxminan 4,1 milliard yil oldin boshlangan. Rivojlanish bugungi kungacha davom etmoqda. Barcha taxminlarga ko’ra, hayot kelajakda atrof-muhitga moslashib boraveradi va odamning borligi yoki yo’qligi uni to’xtata olmaydi. Avstraliyalik olimlar quruqlikda hayot belgilarini topdilar va ular 3,5 milliard yoshda. Ularning topilmalari hayot sho’r buloqlarda emas, balki chuchuk suvda shakllanganligini tasdiqladi. Olimlar ushbu faktlarga e’tiborni qaratdilar va boshqa qit’alarda ularning tasdig’ini izlamoqdalar. Hayotning asosiy muhitlariga quyidagilar kiradi: suv, yer osti havosi, tuproq, organizm (parazitlar va simbiontlar).
Quruq havo muhiti Ushbu muhit Yerdagi o’simlik va hayvonot dunyosining barcha xilma-xilligini aks ettiradi. Quruqlikda organik hayotning rivojlanishi tuproq paydo bo’lishiga imkon berdi. O’simliklar, o’rmonlar, dashtlar, tundralar va turli xil hayvonlarning turli xil yashash joylariga moslashishi bilan yanada rivojlanishi davom etdi. Organik olamning keyingi evolyutsiyasi natijasida hayot Yerning barcha ustki chig’anoqlariga – gidrosferaga, litosferaga, atmosferaga tarqaldi. Barcha tirik mavjudotlar rivojlanib, haroratning keskin o’zgarishiga va turli yashash joylariga moslashgan. Hayvonot dunyosi, har xil qushlar va hasharotlar iliq va sovuqqon vakillari paydo bo’ldi. Yer-havo muhitida o’simliklar turli xil o’sish sharoitlariga moslashgan. Ba’zilar yorug’lik, iliq joylarni yaxshi ko’radilar, boshqalari soyada va namlikda o’sadi, boshqalari past haroratlarda omon qoladi. Ushbu muhitning xilma-xilligi undagi hayotning xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Suv muhiti.Yer-havo muhitining rivojlanishi bilan bir qatorda, suv dunyosining rivojlanishi ham davom etdi.Suv muhiti bizning sayyoramizda mavjud bo’lgan barcha suv omborlari bilan ifodalanadi, okean va dengizlardan ko’llar va oqimlarga qadar. Yer yuzining 95% suvda joylashgan.
Аtmоsfеrаdа gаz bаlаnsining buzilishigа nаfаqаt u yoki bu gаzdаn fоydаlаnish, bаlkim ungа аtmоsfеrаning turli xildаgi zаhаrli vа zаrаrli mоddаlаr bilаn iflоslаnishi hаm tа’sir qilаdi. Аtmоsfеrаning iflоslаnishi hаvоgа nihоyatdа ko‘p miqdоrdа chiqаyotgаn chаng-to‘zоn, tutun, mikrоblаr, uglеrоd оksidi, vоdоrоd sulfidi, uglеvоdоrоdlаr, оrgаnik mоddаlаr, sulfidlаr, nitrаtlаr, qo‘rg‘оshin, tеmir, ftоr birikmаlаri, rаdiоаktiv mоddаlаr vа pеstisidlаr bilаn bоg‘liq. Аtmоsfеrаni iflоslоvchi mаnbаlаrni ikkigа bo‘lish mumkin: tаbiiy (biоgеn) vа sun’iy (аntrоpоgеn) mаnbаlаr. Tаbiiy mаnbаlаrgа vulqоnlаr оtilishidаn hаvоgа ko‘tаrilаdigаn kul vа gаzlаr, yyеrdаn ko‘tаrilаdigаn chаng-to‘zоnlаr, o‘rmоnlаrdа tаbiiy rаvishdа sоdir bo‘lаdigаn yong‘inlаr tutuni, dеngiz vа оkеаnlаrdаn suv bug‘i bilаn ko‘tаrilаdigаn turli xil tuzlаr hаmdа fаzоviy chаnglаr kirаdi. Sun’iy mаnbаlаrgа insоn fаоliyati bilаn bоg‘liq bo‘lgаn bаrchа iflоslоvchi mаnbаlаr kirаdi. Ulаr ikki guruhgа bo‘linаdi: ko‘chmа mаnbаlаr (trаnspоrt vоsitаlаri) vа ko‘chmаs mаnbаlаr (sаnоаt vа enеrgеtikа kоrxоnаlаri). Bu mаnbаlаrdаn chiqаdigаn chiqindilаrning hаvоgа qo‘shilishigа аtmоsfеrаning tеxnоgеn iflоslаnishi dеyilаdi. Аtmоsfеrаgа chiqаrib tаshlаnаdigаn mоddаlаrining turi ishlаb chiqаrishdа fоydаlаnilаdigаn xоmаshyoning vа ishlаb chiqаrilаdigаn mаhsulоtning kimyoviy tаrkibigа hаmdа uni ishlаb chiqаrish uchun fоydаlаnilаdigаn yoqilg‘i xiligа ko‘rа hаr xil bo‘lаdi. Mаsаlаn, mеtаllurgiya zаvоdlаri hаvоgа оltingurgurt gаzi, uglеrоd оksidi, tеmir оksidlаri, mis vа bоshqа mеtаllаr chаngini chiqаrаdi. Аlyuminiy zаvоdlаridаn аtrоfgа zаhаrli ftоr birikmаlаri, kimyo zаvоdlаridаn esа turli gаzlаr ― оltingurgurt, uglеrоd sulfidi, аzоt оksidlаri, xlоr, fоsfоr, ftоr birikmаlаri vа shungа o’xshаsh zаhаrli mоddаlаr tаrqаlаdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1 P.S.SULTONOV EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI
2 Shodimetov Y. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, Т., « 0 ‘qituvchi», 1994-y.
3 Otaboyev S h ., N a b iy ev М. Inson va biosfera, Т., « 0 ‘qituvchi», 1995-y
Download 29.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling