1. Tsilindrsimon zenkerlar yordamida ishlov berish Zenkovkalar yordamida ishlov berish


Download 197.75 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi197.75 Kb.
#1361410
  1   2   3   4
Bog'liq
Zenkerlar yordamida ishlov berish


Mavzu: Zenkerlar yordamida ishlov berish.
Reja:
Kirish
Asosiy qism

1. Tsilindrsimon zenkerlar yordamida ishlov berish

2. Zenkovkalar yordamida ishlov berish


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Zenkerlar – o’q bo’ylama ko’p tig’li kesuvchi asbob bo’lib, dastlab parmalash, quyma, bolg’alash yoki shtamplash yo’llari bilan olingan teshiklarni aniqligini IT11…IT10 gacha oshirish va ishlov berilgan yuzalar g’adir – budirligini Ra 40…10 gacha kamaytirish uchun dastlabki yoki yakuniy ishlov berishda qo’llaniladi.
Zenkerlarni yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda keng qo’llaniladi. Yo’nib kengaytiruvchi keskichlarga nisbatan ular o’lchamli kesuvchi asbob bo’lib, o’lchamga sozlash talab etilmaydi va yordamchi vaqtni qisqartirib, teshiklarning aniqligini oshiradi.
Zenkerlarni ishchi xarakatlarining kinematikasi parmalar kabi o’xshash bo’lib zenkerlar teshiklarga ishlov berish aniqligini va yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Qo’yimlarni kichik qatlamlab kesadi (t=1,5...4,0 mm, d=18...80 mm), ko’p sonli kesuvchi qirralarga (z=3...4) va yo’naltiruvchi lentalarga ega. Qirindi kanavkalarining chuqurligi kichik bo’lganligi uchun parmalarga nisbatan ularning bikrligi yuqori.

Zenkerlarning turi: a – zenker; b,v, g – zenkovkalar
Zenkerlar quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: 1) ishlov berish turi bo’yicha – tsilindrsimon zenkerlar teshik diametrini kengaytirish uchun qo’llaniladi (4,1-a rasm); zenkovkalar – bolt va vintlarning kallagi uchun tsilindrsimon va konussimon teshiklarni kengaytirish, faska ochish (4,1-b,v rasmlar), torets qismlarni kesish (4,1-g rasm) uchun qo’llaniladi;

  1. Zenkerni mahkamlash usuli bo’yicha – quyruqli (tsilindrsimon va konussimon quyruqli (d=10...40 mm, z=3) va o’rnatiluvchi (d=32...80 mm, z=4);

  2. konstruktsiyasi bo’yicha – yaxlit, yig’ma (d=10...40 mm) va diametri bo’yicha sozlanuvchi;

  3. kesuvchi material turi bo’yicha – tezkesar va qattiq qotishmali.


Download 197.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling