1. Tsilindrsimon zenkerlar yordamida ishlov berish Zenkovkalar yordamida ishlov berish


Download 197.75 Kb.
bet2/4
Sana16.04.2023
Hajmi197.75 Kb.
#1361410
1   2   3   4
Bog'liq
Zenkerlar yordamida ishlov berish

1. Tsilindrsimon zenkerlar


Tsilindrsimon zenkerlar mashina detallariga mexanik ishlov berishda keng qo’llaniladi. Ular quyruqli (2-a,b rasm) va o’rnatiluvchi (2-v rasm) ko’rinishida bo’ldi. Zenkerlarning asosiy konstruktiv elementlariga: kesuvchi qism, kalibrlovchi qism, kanavkalar (tishlar) soni, kanavkalar shakli, mahkamlovchi qismlari kiradi. Zenkerlarning geometrik parametrlariga cho’qqidagi burchak 2 φ, oldingi va orqa burchaklar α, kanavkalarning og’ish burchagi ω va bosh kesuvchi qirra A lar kiradi.
Kesuvchi qism. Zenkerning kesuvchi qismi qirindini kesib olish uchun hizmat qiladi. Uning uzunligi

l1=(t+a)·ctgφ=(1,5...2,0)·tctgφ,


bu erda: t – kesish chuqurligi; a – zenkerni teshikka kirishini yengillatuvchi qo’shimcha o’lchami a=(0,5...1,0)·t; φ – bosh burchak. Po’latlardan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berishda φ=60° olinadi. Zenkerlarning turg’unligini oshirish maqsadida burchaklar bo’yicha φ1=30° burchak ostida yo’nish tavsiya etiladi.
Cho’yanlarga ishlov berishda φ=60° yoki 45° bo’ladi.
Kalibrlovchi qism. Zenkerning kalibrlovchi qismi teshik o’lchamlarining kerakli aniqligini ta’minlaydi va teshikka ishlov berish vaqtida zenkerni yo’naltirib, uni qayta charxlab o’tkirlash uchun zahira bo’lib hizmat qiladi. Kalibrlovchi qismda d=10...80 mm uchun f=0,8...2,0 mm kenglikka ega bo’lgan tsilindrsimon lentalar joylashgan. Lentalarning radial tepishi 0,04...0,06 mm.dan oshmasligi kerak.

a

b

v
2-rasm. Tsilindrsimon zenkerlar: a, b – quyruqli; v – o’rnatiluvchi

Zenkerning kesuvchi qismi:
a kesuvchi qism elementlari; b – zenker tishlarini charxlanish shakllari
Ishqalanishni kamaytirish va zenkerni teshikda tiqilib qolishini oldini olish maqsadida zenkerda lentalar bo’ylab 100 mm uzunlikda kesuvchi asbobning diametriga bog’liq holda 0,04...0,10 mm
oralig’ida teskari konuslik bajarilgan. Qattiq qotishmali zenkerlarda diametrning kamayishi 0,05...0,08 mm oralig’ida kesuvchi plastinaning butun uzunligida bo’ladi, kesuvchi asbob korpusining diametri qattiq qotishmali plastina o’lchamiga nisbatan 0,01...0,02 mm.ga kichraytiriladi.
Qattiq qotishmali zenkerlar lentasining kengligini oshirish maqsadga muvofiq emas, chunki unda mayda qirindilarni yopishib qolish holatlari sodir bo’lib, asbobni turg’unligini pasayishiga olib keladi. Teskari konuslik qiymatini oshirishda titrash kuchayadi.

Download 197.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling