1. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari
Download 43,82 Kb.
|
Talab va taklif elastikligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. Narxga bog‘liq talab elastikligi va yoysimon elastiklik koeffisienti.
Yoysimon elastiklik koeffisientini aniqlash formulasi:
Misol: Limonga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda, har bir limonning narxi 750 so‘mni tashkil qildi, talab 200 dona bo‘lganda, har bir dona limon 500 so‘m bo‘lsin. Talab egri chizig‘ini chizing va yoysimon elastiklik koeffisientini hisoblang. 6-rasm. Narxga bog‘liq talab elastikligi va yoysimon elastiklik koeffisienti. Bu yerda Q1 - va P1 - talabning va tovar narxining boshlang‘ich qiymatlari, Q2 - va P2 - talabning va tovar narxining o‘zgargan qiymatlari. Elastiklik koeffisienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikga ega bo‘lgan talablarga ajratish mumkin. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed>1 bo‘lsa, talab elastik deyiladi. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed<1 bo‘lsa, talab noelastik deyiladi. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed=1 bo‘lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi. Talabning narx elastikligiga ta’sir etadigan omillardan quyidagilarini alohida ko‘rsatish mumkin:
Bir tomondan, aksariyat insonlarga iste’molchilik ta’blarini o‘zgarishiga ancha vaqt talab qilinadi. (masalan, qandolat mahsulotdariga bo‘lgan narx keskin oshirilsa ham mahsulotlarni sotish hajmi bir vaqtning o‘zida pasayib ketmaydi). Boshqa tomondan, bir tovaga bo‘lgan talab boshqa bir tovarning mavjudigi bilan ham izohlanishi mumkin. Masalan, neftga va shu bilan bir qatorda benzinga bo‘lgan narxning oshib borishi qisqa muddat ichida yo‘l bosishni qisqarishiga olib kelmaydi, lekin, uzoq muddatli davr mobaynida eski avtomashinalarni yangi yoqilg‘i kam harajat qiladigan modellari bilan almashtirilishiga va shu orqali kam benzin ishlatilishiga olib keladi.
Download 43,82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling