1. Elek tron xizmatlarni takomillashtirish Elektron xizmatlar iqtisodiy ahamyati


Download 63.52 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi63.52 Kb.
#1798744
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektron xizmatlar iqtisodiy ahamiyati tarkibi Òzbekistondagi holati


Elektron xizmatlar iqtisodiy ahamiyati tarkibi.Òzbekistondagi holati tahlili.
Reja;
1.Elek.tron xizmatlarni takomillashtirish
2.Elektron xizmatlar iqtisodiy ahamyati
3.Elektron xizmat turlari


Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekistonda jadallik bilan rivojlantirilmoqda. Onlayn xizmatlarning iqtisodiyot va jamiyat hayotidagi o‘rni naqadar muhim va zururligi, ayniqsa, pandemiya sharoitida yana bir bor isbotini topdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida ushbu sohadagi ishlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Davlat rahbari bu borada real muammolar mavjudligini, aholining og‘irini yengil qilish o‘rniga, keraksiz qog‘ozbozliklar hamon davom etayotganini ta’kidladi:
«Davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish talab qilinadi. Ko‘pgina vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashgan. Hamma hokimlar, vazirlar, boshqa-boshqa tashkilotlar qog‘oz bilan majlisni qancha qisqartirsa, shuncha natija ko‘p bo‘ladi.
Yana bir jiddiy kamchilik shuki, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan xodimlar sonini va ish jarayonlarini optimallashtirish choralari ko‘rilmayapti. Shuning uchun kelgusi yil oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazishimiz zarur».
Davlat xizmatlarini rivojlantirish Raqamli iqtisodiyot va Elektron hukumatni keng joriy etish bilan bog‘liq jarayon. Shundan kelib chiqib, o‘tgan ikki-uch yil davomida Elektron hukumatni rivojlantirish borasida ancha-muncha ijobiy natijalarga erishildi.
Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da ishga tushirilgan elektron xizmatlar soni 2019-yilda — 173 tani, 2020-yilda — 218 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda ularning sonini 278 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shunga mos tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar sonida ham o‘sish tendensiyasi kuzatildi:

  • 2018-yilda — 2,4 mln.

  • 2019-yilda — 5,8 mln.

  • 2020-yilda — 9,8 mln.

Elektron xizmatlardan foydalanuvchilar doirasi esa yildan-yilga ortib boryapti.
Fazliddin Anvarov:
«Ilgari qaysidir xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lsam, idorama-idora yurishga to‘g‘ri kelardi. Lekin hozirgi kunda Elektron hukumat xizmatlari yordamida uyda o‘tirib yoki mobil ilova vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamma ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratildi. Avvallari olish uchun bir hafta ketgan ma’lumotlarni hozir Elektron hukumat portaliga kirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ldim».
Davlat xizmatlaridan elektron — onlayn foydalanish ham vaqtni tejash, ham moliyaviy tomonlama ancha qulay hisoblanadi.
Dunyo tajribasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, davlat idoralari o‘zaro integratsiyalashib, inson omilisiz hujjatlar harkatlanishiga erishilgan. Bu, o‘z navbatida, fuqarolarga davlat xizmatlaridan tez, qulay va oson foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham mazkur amaliyot anchagina rivojlandi va yaxshi natijalarga erishilyapti.
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Bahrom Ziyoyev:
«2020 yilda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi barcha davlat organlari bilan uzviy hamkorlikda ishlashi natijasida bir qancha tizimlar ishga tushirildi.
Bu tizimlar nima berdi? O‘sha davlat organlarida biznes jarayonlari avtomatlashtirilib, aholiga onlayn xizmat ko‘rsatishga o‘tildi. Shu tariqa YaIDXP orqali 50 tadan ortiq xizmatlarni joriy eta oldik. O‘tgan yili, pandemiya davrida aholi uydan chiqmasdan ham bu xizmatlardan foydalana oldi.
Dekabr oyida identifikatsiya tizimini joriy etdik. Agar shu paytgacha elektron hukumat tizimlaridan foydalanuvchilar 250 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, bir oy ichida ularning soni uch baravarga oshib 700 ming nafarga yaqinlashdi, ya’ni juda qisqa vaqt ichida juda ko‘p yangi foydalanuvchilar qo‘shildi».
Bulardan tashqari, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan 2021 yil uchun juda ko‘plab vazifalar rejalashtirilgan. Xususan:

  • doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish;

  • bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga onlayn hujjat topshirish;

  • avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • yo‘l harakati xavfsizligi kabi sohalarda davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatiladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan:

  • 2018-yilda — 38 700 kishi;

  • 2019-yilda — 77 400 kishi;

  • 2020-yilda — 380 000 kishi foydalandi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJning olis hududlarda joylashgan 50 dan ortiq pochta aloqasi bo‘limlarida Yagona portal orqali 15 turdagi elektron davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi ham muhim yangiliklardan bo‘ldi.
O‘zbekiston elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi buyicha dunyo mamlakatlari reytingida 6 pog‘ona pastladi. BMTning elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi bo‘yicha yangi so‘rovida (UN E-Government Survey, PDF) O‘zbekiston 193 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi.
Ikki yilda bir marta nashr etiladigan so‘rov natijalarida ta’kidlanishicha, infratuzilmaning sekin rivojlanishiga qaramay, O‘zbekistonda onlayn xizmatlar ko‘rsatish yaxshilandi.
O‘zbekistonning elektron hukumatning rivojlanish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) 0,66 ni (2018 yilda — 0,62) tashkil etdi, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,60 ga yuqoridir. Ushbu reytingi peshqadami — Daniyaning ko‘rsatkichi — 0,97. Osiyo mamlakatlari orasida peshqadam Janubiy Koreya — 0,95. Qozog‘iston esa Markaziy Osiyo mintaqasida peshqadamga aylangan — 0,83 (2018 yilda — 0,75).
EGDI uchta kichik indeksdan iborat: telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi, inson kapitali indeksi va onlayn xizmatlar indeksi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 0,47, 0,74 va 0,78 ni tashkil etdi.
Sharhning ikkinchi asosiy ko‘rsatkichi — Elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index, EPI) bo‘yicha O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 15 punktga yaxshiladi va 59-o‘rindan 46-o‘ringa ko‘tarildi. 0.80 indeksiga ega bo‘lgan O‘zbekiston EPI darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar guruhiga kirdi.
Elektron hukumatning rivojlanish darajasi sharhi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. Bu BMTga a’zo barcha davlatlar elektron hukumatlarining rivojlanish darajasini baholaydigan yagona global hisobotdir.
“Elektron hukumat chekka yoki nochor jamoalarda yashovchi aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, ularga xizmatlarni taqdim etishda yordam beradi. Elektron hukumat nafaqat xizmatlarni taqdim etishda, balki raqamli savodxonlikni, raqamli integratsiyani, raqamli kirish va raqamli identifikatsiyani kuchaytirishda ham muhim rol o‘ynaydi”, — deyiladi hisobotda.
Elektron hukumatni rivojlantirishda mamlakatlar resurslarining cheklanganligi, raqamli infratuzilmaning yo‘qligi va imkoniyatlarning yetarli emasligi kabi muammolarga duch kelishadi.
Hisobotda aytilishicha, COVID-19 pandemiyasi elektron hukumatlarning rolini kuchaytirdi. Chunki ijtimoiy masofani saqlash interaktiv ta’sirning kuchayishiga olib keladi va buning natijasida raqamli xizmatlar keng rivojlanmoqda. Elektron hukumat platformalaridan, shuningdek, inqirozlardan innovatsion usullar bilan chiqib ketishda ham foydalanish mumkin.
“Masofaviy faoliyat zarur hisoblanganda, elektron hukumat vositalari hayotiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Kuchli va umumbashariy elektron hukumat tizimlariga ega bo‘lgan davlatlar aniq va tegishli ma’lumotlarni jamoatchilikka, mahalliy hokimiyat organlari va sog‘liqni saqlash muassasalariga taqdim eta olishdi. Shuningdek, rivojlangan elektron hukumatlar xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan hamkorlikda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishini kamaytirish va kiberxavfsizlik, ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash kabi imkoniyatiga ega bo‘lishdi”, — deya ta’kidladi hisobot tuzuvchilari.
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Bunda, to‘langan soliqlarning 95 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

Download 63.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling