1. elektr stansiyalarida foydali ish koeffisienti (fik) hisoblash
Download 287.23 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 ELEKTR STANSIYALARIDA FOYDALI ISH KOEFFISIENTI FIK HISOBLASH
1. ELEKTR STANSIYALARIDA FOYDALI ISH KOEFFISIENTI (FIK) HISOBLASH. Elektr stansiyalarning asosiy energetik samaradorlik ko‘rsatgichi bu ushbu stansiyaning foydali ish koeffisienti (FIK) hisoblanadi va bu elektrstansiya foydali ishining absolyut koeffisienti deb ataladi. Elektr energiyasini еtkazib berish bo‘yicha elektr stansiyalarning foydali ish koeffisienti netto FIK Bu еrda:
Wp-birlamchi energiyasaqlovchi manbaning energiyasi, kVt.soat. Birlamchi energiyasaqlovchi manba sifatida organik yoqilg‘idan foydalanuvchi elektr stansiyalar uchun FIK aniqlash uchun asosan yoqilg‘ining energiyasi (issiqligi)dan foydalaniladi: B Qs-birlamchi yoqilg‘ining energiya (issiqlik) miqdori, kDj B-yoqilg‘ining umumiy sarfi, kg Qsg-yoqilg‘i yonishining quyi issiqligi, kDj/kg. Topshiriq: IEMda bir sutka davomida jami 23 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Agar ushbu stansiyaning o‘rtacha FIK bir sutkada 32%ni tashkil etsa, u holda bu stansiya bir sutkada necha tonna shartli yoqilg‘i sarflashini hisoblab toping. Agar birlamchi yoqilg‘i turi neft bo‘lsa, u holda ushbu stansiya 23 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun qancha neft mahsuloti sarflagan? Yechish: Dastlab, bir sutkada ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Djuolga aylantirib olamiz (1 kVt=3 599 712,023 Dj) 23 000 000 kVt.soat = 23 * 106 * 3600 *103 Dj = 82,8 * 1012 Dj. Stansiyaning FIK formulasidan foydalangan holda, stansiyada bir sutka davomida necha tonna shartli yoqilg‘i sarflanganligini topamiz. Bizga ma’lumki, 1 kg qattiq (suyuq) shartli yoqilg‘i (yoki 1 m3 gaz ko‘rinishdagi) to‘liq yonganda 29,3 MDj (7000 kkal) issiqlik ajralib chiqadi. kg sh.y ≈ 8831,1 t.y.t Demak, stansiya tomonidan 23 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 8831,1 tonna shartli yoqilg‘i sarflagan ekan. Ikkinchi savolda buning uchun qancha neft mahsuloti sarflanishi so‘ralgan. Ushbu qiymatni topish uchun tonna shartli yoqilg‘ini mahsulotning tonnasiga o‘zgartiramiz. Ilovadagi javdvalda turli xil mahsulotlarni tonna shartli yoqilg‘iga aylantirish koeffisientlari berilgan. Undan foydalangan holda neft mahsuloti uchun ushbu koeffisient 1,43 ekanligi aniqlaymiz va yuqorida hisoblagan 8831,1 tonna shartli yoqilg‘ini ushbu koeffisientga bo‘lamiz: = 8831,1/1,43≈6175,6 t.n.yo Bu bilan biz, IEM tomonidan 23 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun (FIK 32% bo‘lganda) 8831,1 tonna shartli yoqilg‘i yoki 6175,6 tonna neft yoqilg‘isini sarflanishini hisoblab topdik. Topshiriq: quyidagi jadvalda 60 ta variant berilgan bo‘lib, yuqoridagi formulaga asosan еtishmaydigan kattaliklarni hisoblash talab etiladi.
Download 287.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling