Reja: Qattiq holatga o`tish


Download 159.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.10.2023
Hajmi159.16 Kb.
#1698508
  1   2
Bog'liq
Shohruh Fazaviy o‘tishlar



Mavzu: Fazaviy o‘tishlar. 
Reja: 
1. Qattiq holatga o`tish 
2. Holat diagrammasi. Uchlanma nuqta 
3. Birinchi va ikkinchi tur fazoviy o`tishlar 
4. Qattiq geliy 
5. Xulosa 


Biz suyuq gazsimon holatlarning qattiq holatga o`tishi, ya`ni 
kristallanish va aksincha o`tish –erish va qaynashni ko`rdik. Avval VII 
bobda suyuqlikning bug`ga o`tishini- bug`lanishni va aksincha o`tish- 
kondensatsiyani ko`rdik. Bu barcha fazaviy o`tishlarda jism yoki 
tegishli o`tishning yashirin issiqligi (Erish isiqqligi, bug`lanish issiqligi 
va h.k) sifatida energiya ajratadi yoki energiya yutadi. Energiyaning 
yoki energiya bilan bog`lik bo`lgan boshqa kattaliklar, masalan, 
zichlikning sakrashsimon o`zgarishi bilan bo`ladigan fazaviy o`tishlar 
birinchi tur fazaviy o`tishlar deb ataladi. 
Birinchi tur fazaviy o`tishlar uchun modda xossalarining 
sakrashsimon, ya`ni juda qisqa temperaturalar intervalida o`zgarishi 
xarakterlidir. Binobarin, aniq o`tish temperaturasi yoki o`tish nuqtasi 
haqida , masalan, qaynash nuqtasi, erish nuqtasi va xokazo haqida 
gapirish mumkin. 
Fazaviy o`tishlar temperaturalari tashqi parametr - p bosimga
bog`liq; berilgan temperaturada o`tish sodir buladi. Fazaviy
muvozanat chizig`i bizga ma`lum bulgan Klapeyron-Klauzius 
tenglamasi bilan ifodalanadi: 


1
2
V
V
T
L
dT
dp



bu yerda L-o`tish molyar issiqligi, V
1
va V
2
har ikkala fazaning 
molyar hajmlari. 
Birinchi tur fazaviy o`tishlarda yangi faza birato`la butun hajmda
paydo bo`lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo`lib 
so`ngra ular o`sib butun hajmga tarqaladi. 
Markazlarning hosil bo`lish protsessi bilan suyuqlikning
kondensatsiyasida duch kelgan edik. Kondensatsiya uchun chang 


zarralari, ionlar va hokazo ko`rinishida kondensatsiya markazlari 
bulishi zarur. Xuddi shuningdek, suyuqlikning qotishi uchun 
kristallanish markazlari bo`lishi zarur.Bunday markazlar bo`lmaganida 
bug` va suyuqlik o`ta sovigan holatda bo`lishi mumkin. Masalan, -10
0
S temperaturada ham, agar suv toza bo`lsa, uzoq muddat 
muzlamasligini kuzatish mumkin. 
Biroq shunday fazaviy o`tishlar ham bo`ladiki, ularda aylanish 
butun hajmda kristall panjaranining uzluksiz o`zgarishi, ya`ni 
panjarada zarralarning o`zaro qayta joylashishi natijasida darhol ro`y 
beradi. Bu ma`lum temperaturada panjara simmetriyasining o`zgarishi, 
masalan, past simmetriyali panjaraning yuqori simmetriyali panjaraga
aylanishiga olib kelishi mumkin. Bu temperaturada fazaviy o`tish 
ikkinchi tur fazaviy o`tish deb ataladi. Ikkinchi tur fazaviy o`tish sodir 
buladigan bu temperatura Kyuri nuktasi deb ataladi. Bu birinchi marta
ferromagnetiklarda ikkinchi tur fazaviy o`tishlarini kashf qilgan olim 
Per Kyuri sharafiga shunday deb atalgan.
Holat bunday uzluksiz o`zgarganida o`tish nuktasida ikki turli 
fazaning muvozanati bulmaydi, chunki o`tish butun hajmda birdaniga
sodir buladi. Shuning uchun o`tish nuktasida U ichki energiyaning 
sakrashi xam ro`y bermaydi. Demak, bunday o`tishda o`tish yashirin 
issikligining ajralishi xam, ro`y bermaydi. Birok o`tish nuqtasidan 
yuqori va past temperaturada modda turli kristall modifikatsiyali 
bo`lgani uchun ularning issiklik sig`imi turlicha bo`ladi. Demak, 
fazaviy o`tish nuktasida issiklik sig`imi, ya`ni ichki energiyadan vaqt 
bo`yicha olingan hosilasi 
dT
dU
sakrashsimon o`zgaradi.


Garchi o`tish nuqtasida hajmning o`zi o`zgarmasa-da, hajmiy 
kengayish koeffitsenti 

Download 159.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling