1. Elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi moddalar o’tkazgichlar deb ataladi
Download 30.56 Kb.
|
Elektronika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O’tkazuvchanligi o’tkazgichlar bilan dielektriklar orasida bo’lgan moddalar – yarim o’tkazgichlar deyiladi.
- Yarim o’tkazgichli materiallar
- Yarim o’tkazgichlar tuzilishi ;
1.Elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi moddalar - o’tkazgichlar deb ataladi. O’tkazgichlarga asosan metallar kiradi. Bu moddalar solishtirma elektr qarshiligi 10-6–10-8Om m atrofida bo’ladi. 2. Elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar- bular dielektriklar deb ataladi. Rezina, plastmassa, toza suv kabilar dielektrik-lardir. Dielektriklarda solishtirma elektr qarshiligi 1010 1016 Om m atrofida bo’ladi. 3. O’tkazuvchanligi o’tkazgichlar bilan dielektriklar orasida bo’lgan moddalar – yarim o’tkazgichlar deyiladi. Ular elektr tokini yaxshi o’tkazmaydi, ammo dielektrik ham deb bo’lmaydi, chunki elektr tokini durustgina o’tkazadi. Shuning uchun bunday moddalar yarimo’tkazgichlar deb ataladi. Yarim o’tkazgichli materiallar Mendeleyev davriy jadvalining IV gruppasiga kiruvchi germaniy-Ge, kremniy-Si, selen -Se shuningdek, III va V gruppasidagi elementlarning kimyoviy birikmasidan hosil bo’lgan murakkab moddalar: arsenid-galliy-GaAs, fosfit-galliy – GaP va shunga o’xshash moddalar yarim o’tkazgichlardir. Yarim o’tkazgichlarning solishtirma qarshiligi 10-6+1010 Om· m atrofida bo’ladi. Yarim o’tkazgichlar tuzilishi ; Yarim o'tkazgichning tipik vakili bo'lgan germaniyni qaraylik. Uning tartib nomeri 32 va to'rtta elektron qobig'i mavjud: 1-qobiqda 2 ta; 2-qobiqda 8 ta, 3-qobiqda 18 ta,4- qobiqda esa 4 ta elektron joylashgan. Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turg'un bo'lib, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaydi. Oxirgi to'rtinchi qobiqdagi elektronlar esa atom yadrosi bilan juda kuchsiz bog'langan. Aynan shu elektronlar elementning boshqa atomlarining nechtasi bilan kimyoviy bog'lanishga kira olish qobiliyatini ko'rsatib, mazkur elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi qobiqdagi elektronlarga tashqi yoki valentli elektronlar deyiladi. Tashqi qobig'ida to'rtta elektroni mavjud bo'lgan germaniyning valentligi to'rtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar yaqinlashganida valent elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan oson ta'sirlashadi va kimyoviy bog'lanish hosil qiladi. Atom qobig'iga ma'lum energiya berilganda atomnig ionlashuvi ro'y berishi mumkin. Aynan so'nggi qobiqdagi elektronni ozod qilish uchun eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim o'tkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari kristall moddalar hisoblanadi. Ularning atomlari ma'lum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan bo'ladi. Download 30.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling