1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri


Jarohatlanish va kasb kasalliklarining iqtisodiy oqibatlari hamda xavfsiz ish sharoitining samaradorligi


Download 46.9 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi46.9 Kb.
#1591425
1   2   3   4
Bog'liq
1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri

Jarohatlanish va kasb kasalliklarining iqtisodiy oqibatlari hamda xavfsiz ish sharoitining samaradorligi.
Baxtsiz hodisalar tufayli yuzaga keluvchi umumiy iqtisodiy zararni hisoblash. Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi tadbirlarining o‘z vaqtida uzluksiz amalga oshirilib borilishi, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishga, ishchilarning ish unumdorligini oshishiga va natijada bir ishchi hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Aksincha, ishlab chiqarishda mehnat sharoitiga yetarli e’tibor bermaslik ish unumdorligini pasayib ketishiga, xavfli va zararli omillar ta’sirining kuchayishiga, natijada turli xil jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Albatta, har bir baxtsiz hodisa, u qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu korxonaga katta iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Tashkilot yoki korxonaning baxtsiz hodisalar tufayli umumiy iqtisodiy zararini quyidagicha aniqlashimiz mumkin:
Рjtk,
bu yerda,
Рj – jarohatlanishlar va kasb kasalliklari tufayli yuzaga kelgan umumiy zarar, so‘m;
Рk – yomon ish sharoiti tufayli yuzaga kelgan kasalliklar natijasida ko‘rilgan zarar, so‘m.
Har bir jarohatlanish tufayli yuzaga kelgan umumiy zarar quyidagi tashkil etuvchilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Рj= Sa + Sk + Sih + Ss + Skv + St + So +....+ Sya,
bu yerda, Skklinik davolanish xarajatlari, so‘m;
Sa – ambulatoriya davolanish xarajatlari, so‘m;
Sih – ishlab chiqarilmagan ish haqi xarajatlari, so‘m;
Ss – foydadan olinmay qolingan soliq miqdori, so‘m;
Skv– kasallik varaqasi bo‘yicha to‘langan mablag‘, so‘m;
St – baxtsiz hodisani tekshirishga sarflangan mablag‘, so‘m;
So – ishdan chiqqan uskuna yoki jihoz va uni ta’mirlashga sarflangan mablag‘, so‘m;
Sya – jarohatlanish tufayli ishlab chiqarilmagan yalpi mahsulot qiymati, so‘m.
Yomon va zararli ish sharoitlari orqali sodir bo‘lgan kasalla-nishlar tufayli ko‘rilgan zarar:
Pk = Sak + Skk + Spk + Sv + Skv + … + Sya.
Tibbiy xulosalarga asosan ishchi jarohatlanish yoki kasallanish tufayli o‘z ishidan boshqa ishga o‘tkazilgan bo‘lsa, iqtisodiy zararni hisoblashda bu masala bilan bog‘liq.
Download 46.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling